Geografiya (yun. geo... va ...grafik) – Yerning geografik qobig‘i, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar bo‘yicha o‘zaro ta’siri va taqsimlanishini o‘rganadigan fanlar majmui. Antik dunyo g‘arb olimlari Yer yuzasining manzarasini G. so‘zi b-n ifodalaganlar. G. terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276-194 y.larda yashagan) kiritgan. O‘rta Osiyoda 9-10-a. lardan boshlab G. so‘zi ma’nosida «surati arz», «yetti iqlim», «Kitob al-masolik va-l-mamolik» («Mamlakatlar va masofalar kitobi») iboralari qo‘llanilgan. 19-a.da va 20-a. boshlarida o‘zbek tilida G. arabcha talaffuz b-n «jug‘rofiya» shaklida yozilgan. Keyinroq G. shakli rasmiy tus oldi. Hoz. davrda «G.» o‘rniga «G. fanlari sistemasi» iborasini qo‘llash ilmiy jihatdan to‘g‘riroqdir... Ali Qushchi Samarqandda va Istanbulda geografik asarlar yozdi. 16-a. boshida Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kelib, mashhur tarixiy-geografik asar – «Boburnoma»ni yaratdi...
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006. t.2. 2001, 704 b. –
B. 627. (O‘zbekcha); Geografiya.
Fikr qoldirish#