Gilamchilik – gilam to‘qish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik bilan shug‘ullanadigan ko‘chmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. O‘simlik (paxta, zig‘ir, jut) tolasi, jun (qo‘y, echki, tuya juni)dangina tayyorlangan. Gilam to‘qish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Shuning uchun gilam ranglari o‘zgarmaydi va o‘zining sifatini yo‘qotmaydi. Hozirda sun’iy tolalardan ham to‘qilmoqda... G. Turkiya, Boburiylar davrida Hindistonda («Mo‘g‘ul», «Agra» va b. gilamlar), Misr, Suriya, Kavkaz ortida taraqqiy etdi...
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006. t.3. 2002, 704 b. – B. 11. (O‘zbekcha); Ковроткачество.
Fikr qoldirish#