Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Golkonda

Golkonda – 16-asrlarda Hindistonning janubi-sharqidagi qudratli feodal davlati. G. shimolda bobiriylar imperiyasi, g‘arbda Bijopur, janubda Karnatik b-n chegaradosh bo‘lgan. Unga bahmaniylarning Varangal shahridagi noibi Quliy Qutb shoh asos solgan (1512). Poytaxti dastlab Golkonda qal’asi edi, 1589-yili Bhagnagar (hozirgi Haydarobod)ga ko‘chirilgan. G.da sug‘oriladigan dehqonchilik, kosibchilik, tikuvchilik, kemasozlik, temir rudasi, ayniqsa olmos qazib chiqarish va tarashlash rivojlangan. Olmos, yuqori sifatli temir va po‘lat, shuningdek po‘latdan tayyorlangan buyumlar va qurollar 16-17- asrlarda boshqa sultonliklarga chiqarilgan. Mamlakatda ichki va tashqi savdo keng rivojlangan... 1646-47-yillarda Bijonagarning Karmandal qirg‘og‘idagi Orissadan Maduragacha bo‘lgan terr-yasi G. tarkibiga kirdi. 1687-yilda Avrangzeb G. yerlarini o‘z davlatiga qo‘shib oldi.


O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi. 14 tomlik. Bosh red. O‘zSSR FA akademigi I.M.Mo‘minov. –T. O‘zSE Bosh redaksiyasi. -1971-1980. -630-640 b. t.3. 1972. – B. 380-381. (O‘zbekcha)

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0