Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Abulfazl Allomiy

Abulfazl Allomiy (to‘liq ismi: Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak) (1551-1603) – davlat arbobi, tarixchi va adib. Akbarning vaziri, bosh munshiysi va eng yaqin do‘sti. Uning “Akbarnoma”, “Oyini Akbariy” (“Akbarshoh qonunlari”) kabi yirik tarixiy asarlari Akbarga bag‘ishlangan. “Mukotaboti Allomiy” (boshqa nomi “Inshoyi Abulfazl”) asarida Akbarning 12 viloyat hokimlari, Buxoro xonlari va Turkiya sultonlari b-n yozishmalari jam qilingan. Bu maktublar boburiylarning qo‘shni Sharq mamalakatlari b-n bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi.


Abulfazl Allomiy tarjimon sifatida ham nom qoldirdi. U qad. hind faylasufi Pilpoyk asarlaridan ayrim parchalarni fors tiliga tarjima qilib, “Iyori donish” (“Bilim o‘lchovi”) nomi b-n bir kitobga jamladi.


Abulfazl Allomiy 1603 y. Bundala qabilasining boshlig‘i Singxa Devu tarafidan o‘ldirilgan.


ЎзМЭ, Т, 2000-2006. т.1. 2000, 735 б. – Б. 56. (Ўзбекча); 

Абу-л Фазл Аллами – государственный деятель, историк и литератор.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Muhammad Yoqub Chingiy

17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar...

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt...


Maqolani baholang
0.0