Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Avrangzeb Olamgir

Avrangzeb Olamgir (asl ismi Muhyiddin Muhammad) (1618-1707 y. mart, Ahmadobod) – Hindiston podshosi (1658-1707), Boburiylar sulolasidan, Shoh Jahonning uchinchi o‘g‘li, Zebunniso begimning otasi. Onasi – Mumtoz Mahal nomi bilan mashhur bo‘lgan Arjumand Bonubegim.


Avrangzeb inisi Murodbaxsh bilan ittifoq tuzib, Dehlida taxtni egallagan (1658). Avrangzeb podsholik yerlarini qo‘shni xonliklar – Bijapur va Golkonda hisobiga kengaytirdi (1686-87). Lekin soliqlarning ko‘payishi, hindlarning davlat ishlaridan uzoqlashtirilishi, butxonalar mol-mulkining musodara qilinishi, hindlar orasida islomni joriy ettirish jarayoni natijasida mamlakatda g‘alayonlar ko‘tarilib turdi (Maxarashtra, Panjob, Dehli – Agra viloyatlarida). Shivaji (1630-80) boshchiligidagi kurash natijasida Maxarashtra alohida xonlik bo‘lib ajraldi (1674). Avrangzebning hukmdorlik davrida Janubiy Hindiston bir necha xonliklarga bo‘linib ketdi. Bu esa Hindistonda boburiylar saltanatining yemirilishini boshlab berdi.


O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 75. (O‘zbekcha);

Аврангзеб, Аламгир (наст. имя Мухйиддин Мухаммад) – падишах Хинустана.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Muhammad Yoqub Chingiy

17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar...

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt...


Maqolani baholang
0.0