Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Agra

Agra – Hindistonning shim.dagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Jamna (Yamuna) daryosining o‘ng sohilida. Aholisi 899 ming kishi (1991). Yirik t.y. tuguni. Agra – Bombay avtomagistralining oxirgi manzili.


Agra 16-19-a.larda Boburiylar qarorgohi (poytaxti) bo‘lgan, ayniqsa Akbar va Shoh Jahon davrida ravnaq topgan 16-17-a.lar). Agrada 16-17-a.larga doir musulmon me’morchiligining ajoyib yodgorliklari saqlanib qolgan.


“Agra-Fort” (16-a.) qasri va uning ichida “Marvarid masjid” (17-a), bir qancha saroylar bor. Agra yaqinida Shoh Jahon va uning xotini (Mumtoz Mahal) maqbarasi – Tojmahal joylashgan (17-a o‘rtalarida qurilgan). Tojmahal Sharq me’morchiliginning ajoyib namunasidir. Jome masjid (1628), E’timod ud-Davla maqbarasi (1628) kabilar jahon me’morchiligi durdonalaridan hisoblanadi. Bularni qurishda hind ustalari b-b birga Buxoro va Samarqand ustalari ham qatnashgan.


19–20-a.larda Agra qayta tiklandi. Shahar tashqarisidagi bog‘da alohida ansamblni tashkil etgan un-t binosi (1927 O‘rta Osiyo me’morchiligi uslubida qurilgan. Agra binolari marmarga ishlangan o‘yma va qadama naqshlari, fil suyagidan ishlangan buyumlari b-n mashhur. Agra sanoati asosan ko‘n poyafzal, oziq-ovqat, qog‘oz, oyna-shisha korxonalari, Hindistonnning shim.dagi eng yirik “Jons-Mils” yigiruv k-ti, elektr-texnika va b. korxonalaridan iborat. Qo‘lda gazlama to‘qish va badiiy buyumlar yasash hunarmandchiligi taraqqiy etgan. Agrada un-t (1927) va Mahatma Gandi asarlarining maxsus kutubxonasi bor.


O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 108-109. (O‘zbekcha);

Агра – город на севере Хиндустана.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Muhammad Yoqub Chingiy

17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar...

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt...


Maqolani baholang
0.0