Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi

Adabiyot muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent sh.) – madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa. 1940 y.da Alisher Navoiy tavalludining 500-yilligi munosabati b-n Respublika ko‘rgazmasi tariqasida tashkil topgan. 1944-68 y.larda O‘zbekiston FA Til va adabiyot in-ti bo‘limi, 1968-78 y.larda O‘zbekiston FA Adabiyot muzeyi, 1978-91 y.larda O‘zbekiston FA H.S. Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar in-tining muzey bo‘limi. 1991 y.dan O‘zbekiston FA Adabiyot muzeyi.


Muzey ekspozitsiyasi 40 xonaga joylashgan, 8 bo‘limdan iborat. Jamlanmasida qariyb 34 ming ko‘rgazma bor (1997). Muzeyda o‘zbek adabiyotiga oid asarlar, qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, xalq hofizlarining ovoz yozuvlari, naqqoshlik san’atiga doir ko‘rgazmalar (yog‘ochdan ishlangan panjara, A. Fayzullayev, 1968), 10-a.ga oid sopol buyumlar mavjud.


Muzey ko‘rgazmalari temuriylar davri ekspozitsiyasi b-n, o‘zbek adabiyoti tarixi ekspozitsiyalari esa Alisher Navoiy ijodidan boshlangan: «Xamsa»ning qo‘lyozma, foto va ko‘chirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, rasm va bezaklar, shoir hayotiga oid portretlar, haykallar, xarita, kitob, har xil sovg‘a va albomlar, lagan, ko‘zachalar bor. Buxorolik 14 qiz tomonidan Navoiy, Farhod va Shirin, Layli va Majnun rasmlari zar b-n tikilgan gilam (1968) muzeyga alohida ko‘rk bag‘ishlaydi. Jomiy xonasiga shoir asarlarining turli davrda kuchirilgan nusxalari qo‘yilgan.


Muzeyning boshqa xonadagi ko‘rgazmalari orasida Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Xusrav Dehlaviylarning bir qancha qo‘lyozmalari bor.


Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi ko‘rgazmalar ichida «Bobur haykali» (haykaltarosh A. Grishchenko, 1968) va ipak b-n tikilgan «Bobur portreti» (chevar F. Saydaliyeva, 1974) alohida o‘rin tutadi. Muzeyda Zebunniso, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna va b. she’rlaridan namunalar, qo‘lyozmalar va asarlariga ishlangan tasvirlar, namoyonlar bor. Muzeyning hoz. zamon adabiyotiga bag‘ishlangan xonalariga «20-a. o‘zbek adabiyoti», «Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti» ekspozidiyalari joylashtirilgan. 200 dan ortiq o‘zbek shoir va yozuvchilari ijodiy yo‘lini yorituvchi ko‘rgazmalar qo‘yilgan.


ЎзМЭ, Т, 2000-2006, т.1. 2000, 736 б. – Б. 121. (Ўзбекча); Государственный музей литературы им. Алишера Навои (г. Ташкент).

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Muhammad Yoqub Chingiy

17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar...

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt...


Maqolani baholang
0.0