Safaviy (1487.17.7 – 1524.23.5) Eron shohi (1502 y.dan), Safaviylar davlati asoschisi, sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (1500-01), Tabrizni (1502) egallab, o‘zini shoh deb e’lon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahrning bir qismini bosib olgan (1503-10). I. I davrida Safaviylar davlati ancha kengaygan. 1512-yil I. I qo‘shinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam beradi. Lekin, 1513-yil boshida o‘zbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qo‘shinidan qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar bilan bo‘lgan urushda I. I yengilgach (1514), o‘z qo‘l ostidagi G‘arbiy Armaniston, Kurdiston va Iroqning bir qismidan ajradi. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishga intilgan; ma’muriy idoralar faoliyatini mustahkamlagan; mustaqil bo‘lishga harakat qilgan ko‘chmanchi zodagonlar bilan urush olib borgan. Islomning shia mazhabini davlat dini deb e’lon qilgan. Turkiyzabon she’riyatning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan. I. I o‘qimishli kishi bo‘lib, olim, shoir va musavvirlarga homiylik qilgan, Xatoiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. I. I g‘azallar, «O‘nta xat» epik dostoni (1506), «Nasihat kitobi»ning muallifi.
Эфендиев О.А., Образование азербайджанского государства Сефевидов в начале XVI в., Баку, 1961.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti,T,2000-2006,t.4,2002,704b.–B.248.(O‘zbekcha); Исмаил I – Сафави, шах Ирана.
Fikr qoldirish#