Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ichkilar

Movarounnahrda (temuriylar, shayboniylar) va Hindistonda (boburiylar) hukmdor saroyida xizmat qiluvchi navkarlar, xos qo‘riqchilar, mulozimlar va beklar. Asosan, hukmdorga yaqin va sodiq zodagonlar safidan o‘rin olgan I. zarur vaqtlarda harbiy harakatlarda ham ishtirok etgan: «G‘o‘lda Qosimbek va yovuq ichkilar edi» (Boburnoma). I. ba’zan ichki beklar istlohi b-n ham yuritilgan. Boburning ta’kidlashicha, I. davlat oldidagi ulkan xizmatlari evaziga ulug‘ beklar darajasiga ko‘tarilgan hamda saltanatdagi mavjud imtiyozlarga ega bo‘lgan. Hukmdor saroyidan uzoqdagi viloyat va tumanlarda faoliyat ko‘rsatuvchi beklar – tashki beklar yoki sarhad beklari deb yuritilgan.


O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T,2000-2006, t.4,2002,704b.–B.306.(O‘zbekcha);

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Zahiriddin Muhammad Bobur xorijlik tadqiqotchilar tadqiqotlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga mashhur yetuk shaxs, buyuk shoh va...


Maqolani baholang
0.0