XVIII asrgacha Iskimisht, Sikimisht) – Afg‘onistonning shim.-sharqida joylashgan tarixiy shahar. Oqsaroy (Qunduzdaryo) daryosi irmog‘ining yuqori oqimida, Qunduz sh.dan 190 km jan.-sharqda joylashgan. Xitoy yilnomasi – «Tanshu» da Si-ki-mi-si-ti sh. deb qayd etilgan (659 y.). «Hudud ul-olam»ta ko‘ra, 10-a.da I. dehqonchilik rivojlangan, mo‘l-ko‘l don yetishtiruvchi keng nohiya bo‘lgan. 19-a.da mahalliy aholi o‘rtasi-da I. atrofidagi tog‘li viloyatni «Esk-mushk» yoxud «Eshk-mushk» deb atash urf bo‘lgan. I. tekis yerlar, ko‘plab yaylov, o‘tloqlari bo‘lgan keng vodiyda joylashgan. I.ning aholisi, asosan, o‘zbeklardan iborat bo‘lib, ular dehqonchilik, chorvachilik va to‘qimachilik, shuningdek, tuz savdosi b-n shug‘ullangan. Tabariyning yozishicha, 8-a.da I.da Vaxsh Xashon deb ataluvchi chashma bo‘lgan. 709 y. shu chashma yonida Qutayba ibn Muslim Bodxiz sh.ning turkiylardan bo‘lgan hokimi, Tohariston aholisining arablarga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Nizak tarxonning oyoq-qo‘lini dorga mixlash yo‘li b-n qatl etgan. Amir Temur va Temuriylar davrida I. butun Badaxshon kabi Temuriylar saltanatiga vassal qaramlikda bo‘lgan. 15-a. oxiri – 16-a. boshlarida (1445-96), so‘ngra (1507-08) bu yerda temuriy Badiuzzamon b-n Xusravshoh, Boburning ukasi Nosir Mirzo b-n Badaxshon beklari o‘rtasida harbiy harakatlar sodir bo‘lgan. 16-a. boshida I.ni Shayboniyxon egallagan, uning vafotidan so‘ng Badaxshon 80 yil mobaynida temuriy mirzo Sulaymonshoh qo‘lida bo‘lgan... Shundan buyon I. yoriylar, keyinchalik, Durroniylar davlati va Afg‘oniston tarkibida. Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. –B. 306. (O‘zbekcha); Ишкамиш г., (до 18-в. Искимишт, Сикимишт).
Fikr qoldirish#