Iqlimshunoslik – iqlim haqidagi fan. I. 2 tarmoqqa bo‘linadi: turli xil iklimlarning tarkib topish sabablarini o‘rganadigan genetik I. (bu, odatda, umumiy I. deb ataladi) va iklimning inson faoliyati obyektlariga va insonning o‘ziga, shuningdek, turli tabiiy hodisalarga ta’sirini o‘rganadigan amaliy I. .. O‘rtaosiyolik buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur va b.ning asarlarida meteorologiya va I. nazariyasiga doir juda ko‘p noyob fikrlar mavjud. Mas, Beruniy fikriga ko‘ra, havoning holati «..mazkur joyning tabiatiga bog‘liq, uning tog‘larda yoki dengiz bo‘yida turganligiga (bog‘liq), shuningdek, joyning baland-pastligi va qaysi kenglikda – shimolroqdami yoki janubroqdami, o‘rnashganligiga bog‘liq»...
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. –B.331-332. (O‘zbekcha); Наука о погоде.
Fikr qoldirish#