Solnoma – tarixiy asar. Y., odatda, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi bo‘lgan qalam ahli tomonidan yoziladi. Y. muallifi muarrix (tarixchi) deb nomlangan. Y. yozish Sharq mamlakatlarida qadimdan mavjud bo‘lib, 8-a. dan boshlab 242 hijriy yil hisobi tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan. Hijriy yil 2 xil usulda hisoblanadi. Oy kunlari asosida hisoblansa – «hijriy qamariy», quyosh kunlari asosida hisoblansa – «hijriy shamsiy» nomi b-n yuritiladi. Qamariy yil 354 kun, shamsiy yil 365 kundir (yana q. Kalendar). Bayon qilinayotgan voqea qaysi yilda sodir bo‘lgani, ya’ni qamariy yil yoki shamsiy yil ekani Y.da ta’kidlanadi. Arab va Eron Y. (solnoma)chilari arab yozuvi qabul qilingan vaqtdanoq voqealarning yilma-yil bayonini yoza boshlaganlar. 17-19-a. larda yaratilgan Y. larning mualliflari hukmron doiralarning faoliyatini, maqsad va manfaatlarini nazarda tutib ish ko‘rganlar. Tarixiy hujjatlarning mohiyati, sabablari, odatda, ilohiy kuchlarga bog‘lab izohlangan. Y. lar uslub jihatdan har xil – ba’zilari tantanavor, ba’zilari soddaroq bo‘ladi. Mas, Boburning «Boburnoma», Mirxondning «Ravzat us-safo» («Soflik bog‘i»), Abulg‘oziy Bahodirxonning «Shajarayi turk»,«Shajarayi tarokima», Munis Xorazmiy va Ogahiyning «Firdavs ul-iqbol» asarlari Y. ning eng yaxshi namunalaridir.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. – B.350.(O‘zbekcha); Хроника.
Fikr qoldirish#