Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Azimjonova Sabohat

Azimjonova Sabohat (1923 y. dek., Toshkent) – sharqshunos olima, O‘zbekiston FA akad. (2000), tarix fanlari d-ri (1969). Toshkent pedagogika in-tini tamomlagan (1942). O‘zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida katta ilmiy xodim (1949), in-t direktori (1950-77), bo‘lim boshlig‘i (1977- 95), yetakchi ilmiy xodim (1995 y.dan). Asosiy ilmiy ishlari Boburning Kobul va Hindistondagi faoliyati, O‘rta Osiyo xalqlarining o‘rta asrlarda qo‘shni xorijiy mamlakatlar b-n o‘zaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlariga bag‘ishlangan. Asarlari Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma"sini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan, A. bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati.


Ас.: "К истории Ферганы второй половины XV века", Т., 1957; "Бобурнинг Ҳиндистон девони", Т., 1966; "Государство Бабура в Кабуле и в Индии", М., 1977. 

ЎзМЭ, Т, 2000-2006. т.1. 2000, 735 б. – Б. 146. (Ўзбекча);

Азимжонова Сабохат. Ученый- востоковед, академик АН Узбекистана, д-р исторических наук.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Muhammad Yoqub Chingiy

17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar...

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt...


Maqolani baholang
0.0