Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Kobul

Afg‘onistonning poytaxti. Kobul viloyatining ma’muriy markazi. Kobul daryosi vo- diysida, o‘rtacha 1820 m balandlikda, Asmon va Sherdarvoza tog‘lari orasidagi vohada joylashgan. Iqlimi subtropik kontinental iqlim. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi 1°, iyulniki 26°, yiliga 317 mm yog‘in tushadi. Aholisi 750 ming kishi (2000). Ptolemey asarlarida K. Kobur shaklida uchraydi. Yunon-Baqtriya podsholigi, Kushon podsholigi, keyinchalik eftaliylar davlati tarkibida bo‘l- gan. Eftaliylar davlati tanazzulga uchragach (6-asr), K.ni buddizm dinidagi mahalliy hokimlar (Kobul shohlari) idora qilgan. 7-asrda arablar, 9-asrda safforiylar bosib olgan. K. Somoniylar, G‘aznaviylar, Temuriylar davlatlari tarkibiga kirgan. Shahar 1221 yilda Chingizxon qo‘shinla- ri tomonidan vayron qilindi. 1504-yil Bobur Kobulni o‘zi asos solgan davlatning poytaxtiga aylantirdi. 1738 yil Eron shohi Nodirshoh Afshar egalladi. K. 1747 yil Durroniylar davlati tarkibiga qo‘shib olindi. Temurshoh Durroniy davrida (1773-93) Kobul poytaxtga aylantirildi. Durroniylar davlati tugatilgach (1818), K. Kobul amirligining markazi bo‘lib qoldi. 1825 yilda amir Do‘stmuhammad afg‘on yerlarini bir butun qilib birlashtirishga harakat qildi, bu esa keyin- chalik Afg‘oniston davlatini vujudga kelishida muhim rol o‘ynadi. Birinchi (1838-42) va ikkinchi (1878-80) Angliya-Afg‘oniston urushlari davrida shaharning ko‘p qismi buzildi. Sobiq sho‘rolar qo‘- shinining 1979 yil dekabrida Afg‘onistonga tajovuzkorona bostirib kirishi va 1992 yilda bo- shlangan ichki fuqarolar urushi davrida Kobul jiddiy zarar ko‘rdi. Shaharni 1996-2002 yillarda mutaassib «tolibon» ichki muxolifat kuchlari egallab turdi. Ulardan ozod qilish uchun olib bo- rilgan aksil-terror harbiy harakatlar tufayli K.da yana vayronagarchiliklar bo‘ldi. K. – mamlakat- ning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Avtomobil yo‘llari tuguni. Bagrom harbiy aerodromi, xalqaro aeroport bor. Avtomobil yo‘llari orqali Pokiston, Hindiston, Eron, O‘zbekiston va bo- shqa davlatlar bilan bog‘langan. Afg‘onistonning eksport va import mollarining asosiy qismi K. orqali o‘tadi. K. va uning atrofida to‘qimachilik (ip gazlama kombinati, jun va ipak gazlamalar, trikotaj fabrikalari), oziq-ovqat, harbiy, yog‘ochsozlik, mashinalarni ta’mirlash va metall buyumlar tayyorlash korxonalari, gugurt, ko‘n poyabzal, gilam to‘qish fabrikalari, lak-bo‘yoq, chinni, qurilish materiallari z-dlari, issiqlik elektr stansiyasi, shahar yaqinida GES bor. Mayda hunarmandchilik korxonasi ko‘p. K. – qorako‘l teri bilan savdo qilinadigan markaz. K.da FA, Tarix jamiyati, bir necha oliy o‘quv yurti, jumladan, universitet, bosmaxona, teatr, Kobul tarix-etnografiya muzeyi, jamoat kutubxonasi ishlab turibdi. K. ikki qismdan iborat: eski shahar va yangi shahar. Yangi shahar qismida ko‘plab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning ko‘hna qismi Kobul daryosining janubiy sohilida. Me’moriy yodgorliklaridan Bolo-Hisor qal’asi, Bog‘i Bobur, Temurshoh maqbarasi, Chihil Sutun bog‘i va saroyi, Muhammad Nodirshoh maqbarasi (20-asr) va boshqalar saqlangan.


O‘zbekiston mil- liy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.:

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti,

T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. – B. 642-643. (O‘zbekcha); Кабул, столица Афганистана.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0