Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Azfariy

AZFARIY (taxallusi; asl ismi Mirza Alibaxt) (1760, Dehli – 1819, Madras) – shoir, olim, tarjimon. Boburiylar sulolasidan.


Musiqa, harb va tabobat ilmini mukammal o‘rgangan, turkiy, urdu, forsiy va arab tillarida ijod qilgan. 3 devoni, «Voqioti Azfariy» va b. tarixiy- biografik asarlari; «Farhangi Azfariy» («Azfariy lug‘ati»), «Mezoni turkiy», «Nasabi turkiyi chig‘atoyi», «Nasabi turkiy» kabi 15 dan ortiq kitoblari bor. Ularda bobo til (turkiy til) va uning grammatikasini o‘rganishga da’vat etgan, uning lug‘aviy boyligini namoyish qilgan.


Navoiyning «Mahbub ul-qulub» va Boburning «Aruz risolasi»ni «Aruzzoda» nomi bilan fors tiliga nazm va nasrda tarjima qilgan.


«Aruzzoda»ning 1836 y.da kotib Mahmudali Said ko‘chirgan qulyozmasi Madras davlat sharq qo‘lyozmalari kutubxonasida saqlanadi.


ЎзМЭ, Т, 2000-2006, т.1. 2000, 736 б. – Б. 153. (Ўзбекча); Азфари (псевдоним; наст. имя Мирза Алибахт)

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Mutasavvif hukmdor

Amir Shohmurod Buxoroda hukmron bo‘lgan mang‘itlar sulolasining ikkinchi hukmdoridir. U...

Mus’hafi Boburiy

Turklar xati nasibing bo‘lmasa Bobur netong, * Boburiy xati emasdur,...


Maqolani baholang
0.0