Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Badiuzzamon mirzo

Badiuzzamon (1458, Hirot – 1515, Istanbul) – Xuroson hukmdori (1506-07). Husayn Boyqaroning to‘ng‘ich o‘g‘li, onasi – Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim (1488 y. v.e.). B. 1473 y.dan Seyiston, keyinchalik Mozandaron hokimi. Astrobod hokimi amir Mo‘g‘ul xiyonatidan so‘ng, Husayn Boyqaro uni Astrobodga tayinlagan (1493 y.dan). So‘ng u 1496-1506 yillarda Balx hokimi bo‘lgan. Boburning yozishicha, «Sulton Husayn Mirzo Balxga kelganida Movarounnahr foydasini ko‘zlab Balxni B.ga beradi, uning mulki – Astrobodni esa Muzaffar Husayn Mirzoga topshiradi. B. shu tufayli arazlagandi. Shuncha yillar davom etgan dushmanlik va isyon sababi ayni shu holat edi». Otasi vafot etgach, ukasi Muzaffar Husayn Mirzo b-n birgalikda taxtga o‘tiradi. 1506 y. Shayboniyxon Balxni qamal qilganda B. Muzaffar Mirzo b-n unga qarshi otlanib boshqa ukalarini ham yordamga chaqiradi. Bodxizda B. qo‘shiniga Abulmuhsin Mirzo va ibn Husayn Mirzo kelib qo‘shiladi. Zahiriddin Muhammal Bobur ham ularga yordamga keladi. Ammo ular to‘plangunga qadar oradan 3-4 oy o‘tadi, bu orada Shayboniyxon Balxni egallab, B. qo‘shin to‘playotganidan xabar topgach, kech kuzda Samarqandga qaytib ketadi. Shayboniyxon 1507 y. Smaraqanddan Xurosonga qo‘shin tortadi. B. ukasi b-n Hirotni tashlab qochadi, so‘ng Eronga Ismoil Safaviy huzuriga boradi. 1514 y. B.ni turk sultoni Salim I Istanbulga olib ketadi, u o‘sha yerda vaboga chalinib vafot etadi. B. Husayn Boyqaroning o‘g‘illari orasida eng oqili va tadbirkori bo‘lib, taqvodor, adolatpesha hamda ilmu ma’rifat va hunar ahliga muruvvatli hukmdor edi. U o‘z saroyida olim, shoir, san’atkor va b.ni yig‘ib anjumanlar o‘tkazib turardi. Shuning b-n birga, u o‘zi ham go‘zal g‘azallar bitgan, mamlakatda qurilish–obodonchilik ishlariga katta e’tibor bergan. A. Navoiy B.ni quyidagicha ta’riflagan «Sulton Badiuzzamon Mirzo husni surat va husni siyrat ila orasta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila piyrosta yigitdur. Razm atvoridin ota-tutarda dilpisand va bazm asbobidan ichmak va bag‘ishlamakda bemonand. Ta’bi ham nazm uslubida muloim tushubtur…».


Ad.: Fayziyev T., Husayn Boyqaronning sirli o‘limi. T., 1995.

O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 577. (O‘zbekcha); Бадиуззаман – правитель Хорасана.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0