Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Badouniy – Abdulqodir ibn Malikshoh

Badouniy – Abdulqodir ibn Malikshoh (1541-1596) – Hindistonda Akbar davri (1556- 1605)da yashagan tarixchi olim va saroy imomi. Badouniy Akbar va bosh vazir Abulfazl Allomiy tomonidan joriy qilingan “dini ilohiy”ning muxoliflaridan bo‘lgan. Badouniy saroy tarixchisi Nizomuddin Ahmadning “Tabaqoti Akbarshohiy” asari asosida “Muntaxab ut-tavorix” nomli asar yozgan. Asar 3 qismdan iborat: 1-qismida Akbar davrigacha bo‘lgan, 2-qismida Akbar davridagi (to 1595 yillargacha) tarixiy-siyosiy voqealar bayon qilinadi, 3-qismida esa Hindistonda yashagan ulamo va fuzalolar, shoirlar haqida turli ma’lumotlar beriladi, har qaysi davr siyosatini talqin etishda tanqidiy mulohazalar yuritiladi.


O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736 b. – B. 578. (O‘zbekcha); Бадауний Абдулкадир ибн Маликшах.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0