Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bayramxon

Bayramxon (asl ismi Muhammad Bayramxon ibn Sayf Alibek) (?–1561.1.2) – boburiylar davri siyosiy arboblaridan, shoir. Akbarnint otalig‘i (q. Otaliq). Turkmanlarning qora qo‘yunli urug‘idan. Yoshligida Badaxshonda boburiylar xizmatiga kiradi. 1534 y. muhrdorlik mansabiga tayinlanadi. 1540 y. Shershoh isyoni sababli Humoyun bilan Eronga ketadi va 1545 y. Humoyunning inilari Mirzo Askariy va Komronlardan Qandahor hamda Kobulni qaytarib olish uchun qilingan urushda qatnashadi. Bayramxon shundan so‘ng 10 yilcha Qandahorda yashaydi va badiiy ijod bilan shug‘ullanadi. 1555 y. «Xoni xonon» (bosh xon) unvoniga sazovor bo‘ladi. Bayramxon hajga ketayotib Gujarotning Patton degan joyiga yetganda lohani urug‘idan bo‘lmish Muborakxon tomonidan o‘ldirilib, dastlab Shayx Husomiddin maqbarasiga dafn etilgan, keyinchalik uning xoki Dehliga, 1563 y.da esa Mashhadga keltirilib, Imom Rizo maqbarasi yoniga qo‘yilgan. Bayramxonning turkiy, forsiy tillardagi she’rlaridan iborat devoni bizgacha yetib kelgan.

 

Ad.: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob (Do‘stlar yodnomasi). Tazkira (fors tilidan I. Bekjon tarjimasi), T.., 1993.


O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 736b.–B.585.(O‘zbekcha); Байрамхан (Наст. имя Мухаммад Байрамхан ибн Сайф Алибек).

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0