Balujiston – Osiyodagi tarixiy viloyat, Eron yassitog‘ligining jan.-sharqida. Mayd. 0,5 mln. km² dan ko‘proq. Sharqiy Balujiston (347 ming km²) Pokiston hududida, G‘arbiy B. esa Eron hududidadir... 17-a. boshlarida B. hududida bir necha hokimliklar vujudga kelib, ularning hokimlari safaviylar va boburiylarga qaram bo‘lgan. Bu hokimliklardan eng qudratlisi bo‘lgan Kolot hokimligi hokimi (Sharqiy B.) Nosirxon Baluj (1750-95) butun B. hududini o‘z qo‘l ostiga olib, o‘zini afg‘on shohlari – durroniylar vassali deb e’lon qilgan. 19- a. boshlaridan B.ga Angliya o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi...
O‘zME,T,2000-2006,t.1.2000,736b.–B.605.(O‘zbekcha); Белуджистан.
Fikr qoldirish#