Bangladesh, Bangladesh Xalq Respublikasi (Gono Projatontri Bangladesh) – Jan. Osiyodagi davlat. Hind okeanining Bengaliya qo‘ltig‘i bo‘yida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 4 viloyatga bo‘linadi, ular 19 okrug (distrikt)ni o‘z ichiga oladi. Mayd. 143,988 ming km². Aholisi 122 mln. kishi (1977). Poytaxti – Dakka sh... Tarixi. B. hududi (sobiq Sharqiy Bengaliya)da dastlabki davlat mil. av. 7–6- a.larda paydo bo‘lgan. Vanga davlati (keyinchalik Bangla; davlatning hoz. nomi ham shundan kelib chiqqan) shularning biri bo‘lgan. Mil. av. 4- a.dan mil. 5- a.gacha B. hududi turli hind saltanatlari tarkibida bo‘ldi. 6- a.da u G‘arbiy Bengaliya b-n yagona Bengaliya davlati bo‘lib shakllandi. 13- a. boshlarida Dehli sultonligining musulmon sultonlari uni bosib olishdi. Shu tufayli bu yerda musulmon dini tarqaldi (ilgari hindu dini ustun edi). 16- a.da boburiylardan Akbarshoh uni Hindistonga qo‘shib oldi. 18- a. boshlarida B. hududi mustaqil bo‘ldi, 1757 y.dan inglizlar qo‘liga o‘tdi, so‘ngra Angliyaning Hindiston mustamlakasi tarkibidagi Sharqiy Bengaliya viloyatiga aylandi...
O‘zME,T,2000-2006,t.1.2000,736b.–B.612.(O‘zbekcha); Бангладеш.
Fikr qoldirish#