Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Barang‘ar

Barang‘ar, barang‘or, burong‘or (turkcha – o‘ng) – qad. turk-mo‘g‘ul xalqlarida harbiy-ma’muriy istiloh; 1) Chingiziylar saltanati barpo etilgunga qadar mo‘g‘ullar mamlakati o‘ng qanot – barang‘ar va so‘l qanot – juvang‘arga taqsimlangan. Chingizxon asos solgan ulkan saltanatda ham bunday bo‘linish aynan saqlangan. 14- a.ning 40- y.larida Jo‘ji ulusi o‘ng va chap qanotlarga bo‘lingan. O‘ng qanot – Oq O‘rda Botu va Shaybon, so‘l qanot – Ko‘k O‘rda Jo‘jixonning to‘ng‘ich o‘g‘li O‘rdaga tegishli mulklardan iborat bo‘lgan; 2) Temur va temuriylar, o‘zbek xonliklari davrida qo‘shinning o‘ng qanoti. Boburning so‘zlariga qaraganda, B. qo‘shinning markaz qismi (qavl (manbada: “qavl” tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi: “qo‘l”. (Sh.R.), g‘o‘l)ga bo‘ysunmagan va oliy bosh qo‘mondon (podshoh, xon yoki amir ul-umaro)ning buyrug‘i b-n ish ko‘rgan. Eski o‘zbek tilida B. b-n bir qatorda o‘ng, o‘ng qo‘l kabi turkiycha; maymana, yamin singari arabcha nomlar ham ishlatilgan.


O‘zME, T, 2000-2006,t.1.2000, 704b. – B.625. (O‘zbekcha); Барангар, барангор, буронгор (по-тюркски – правый) – у древн. тюрк.- могольских народов – военно-админ. термин.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0