Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Barlos, barulas, ballos

Barlos, barulas, ballos – o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-a. 2-yarmida Ila (Ili) daryosi bo‘ylaridan Qashqadaryo vohasiga ko‘chib kelgan. 14-15-a.larda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan. Amir Temur B. qabilasidan bo‘lib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. B.larning bir guruhi temuriylar va boburiylar davrida Afg‘oniston va Hindiston hududiga ko‘chib o‘tgan. 19-a.da birgina Dehli sh. atrofida 15 ming B. yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo B. qabilasining asosiy qismi O‘zbekistonning jan. hududlarida qolib dehqonchilik va chorvachilik b-n mashg‘ul bo‘lgan. B.lar turkiy tilning qorluq- chigil lahjasida so‘zlashgan.


O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 704 b. – B. 635. (O‘zbekcha); Барлос, барулас, баллос – один из племен в составе узб. народа.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0