Bastakor (fors – bog‘lash, bog‘lov, mashg‘ulot, ish) – an’anaviy, mumtoz musiqa asarlari muallifi. Musulmon Sharqida musannif, mullahhin, ohangsoz kabi atamalar b-n tanilgan. Odatda bunday san’atkorlar o‘z faoliyatida ijrochi (xonanda, ko‘proq sozan-da)lik va ijodchilikni uzviy bog‘lashgan. Abu Nasr Forobiydan boshlab Darvishali Changiy va b.ning musiqiy risolalari, Abulfaraj Isfahoniy («Kitob ul-ag‘oni»), Aruziy Samarqandiy («Chohor maqola»), Alisher Navoiy («Majolis un-nafois», «Holoti Pahlavon Muhammad»), Davlatshoh Samarqandiy («Tazkirat ush- shuaro»), Zayniddin Vosifiy («Badoye’ ul-vaqoye’»), Zahiriddin Bobur («Boburnoma») va b.ning asarlarida o‘nlab B.lar haqida tarixiy-ta’rifiy ma’lumotlar mavjud...
O‘zME,T,2000-2006,t.1.2000,704b.–B.644.(O‘zbekcha); Сочинитель музыки.
Fikr qoldirish#