Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bastakorlik

Bastakorlik – Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida an’anaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy an’ana, ijodiy kasb turi, musiqa ijodchiligi. Quyidagi ijod sho-xobchalarini o‘z ichiga oladi: 1) xalq orasida tanilgan muayyan kuy yoki ashu-la yo‘lining o‘zgacha mustaqil ko‘rinishi (qayta ohangga va usulga solib, mualliflashtirilgan namunasi)ni yaratish. Mas., Rost maqomining «Ushshoq» sho‘balari asosida yaratilgan «Ushshoqi Hoji» yoki «Samarqand Ushshog‘i I-II» (Hoji Abdulaziz Abdurasulov), «Toshkent Ushshog‘i I-II» (Mulla To‘ychi Toshmuhamedov), «Ushshoqi Sodirxon» (Sodirxon Bobosharifov) kabi asarlar; 2) ma’lum cholg‘u kuylarning – ashula, ashula yo‘llarining – cholg‘u variantlarini yaratish (I. Ikromov ashu-lalashtirgan «Munojot», «Cho‘li Iroq» singari); 3) bir necha kuy, qo‘shiq yoki ashulalarni umumlashtirib bir asar yaratish (H.A Abdurasulovning «Bozurgoniy», «Bebokcha» asarlari kabi); 4) mustaqil asarlar (o‘tmishda asosan kuy, qo‘shiq va ashula yo‘llari, hoz. davrda boshqa janrlarda ham) ijod etish. O‘rta Osiyoda B. tarixi qadimdan boshlanadi... O‘zbek xalki orasida B. ayniqsa Amir Temur va temuriylar, xususan, Bobur hamda boburiylar davrida mukammallashib, ilmiy va badiiy adabiyotda atroflicha o‘z tarixi va ta’rifini topgan. B. san’ati, ayniqsa, 15-16-a.larda ommaviylashgan: qator shoir, olim va b. ayni paytda bastakor ham bo‘lgan. Abdurahmon Jomiy «Imoma» naqshi (yoki «Naqshi Mullo»)ni, A. Navoiy bir qancha naqsh va peshravlar, Bobur «Chorgoh savti» yo‘llaridagi asarini ijod etgan. Bu davrga kelib B.ning asosiy janr va shakllari, uslub va usullarining rivoji o‘z qiyomiga yetdi.


O‘zME, T, 2000-2006, t.1. 2000, 704 b. – B. 644-645. (O‘zbekcha); Занятие композиторством.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0