Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bahodirshoh II

Bahodirshoh II (1775-1862) – Hindistondagi boburiylar sulolasining so‘nggi vakili. U 1837-58 y.lari ramziy jihatdan toj va taxt vorisi bo‘lsa ham uning na siyosiy, na ijtimoiy va na iqtisodiy mustaqilligi qolgan edi. O‘sha paytdagi ingliz general-gubernatori Bahodirshohga ogohnoma yuborib, unda Dehlidagi Qizil qal’ada yashayotgan oxirgi podshohsan deb xabar beradi. Bu esa Boburiylar saltanatining nihoyaga yetganini bildirardi. 1857 y.da mamlakatda inglizlar hukmronligiga qarshi sipohiylar qo‘zg‘oloni ko‘tarilishi bilan xalq Bahodirshohni qo‘zg‘olon rahbari va Hindistonning oliy hukmroni deb e’lon qiladi va undan ommani ingliz mustamlakachilariga qarshi muqaddas kurashga da’vat etishni talab qiladi. Mustamlakachilardan qo‘rqib qolgan va ular ustidan g‘alaba qozonishga ko‘zi yetmagan shoh xalq talabini rad etadi. Ammo qo‘zg‘olonchilar o‘zlari yozgan murojaatnomaga Bahodirshohni imzo chekishga majbur qiladilar. Bahodirshohning nomiga bo‘lsa ham kuzg‘olonga boshchilik qilishi mamlakatda ingliz hukmronligiga katta xavf tug‘dirdi. Inglizlar Bahodirshohni asir olib, umrbod Myanma (Birma)ga surgun qildilar. Bahodirshoh urdu tilida Zafar taxallusi bilan ijod etgan mashhur shoir ham edi.


Ad.: Hoshimov I., Hindistonda Boburiylar sulolasi saltanati, T., 1996.


O‘zME, T, 2000-2006,t.1.2000,736b.–B.663. (O‘zbekcha); Бахадур-шах II.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0