Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bahouddin Naqshband

Bahouddin Naqshband, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy (ko‘proq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xo‘jai Buzruk, Shohi Naqshband nomlari b-n mashhur) (1318 – Buxoro viloyati, hoz. Kogon tumani – 1389) – mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi. U tug‘ilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik B. N. sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin B. N. Muhammad payg‘ambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan. Otasi to‘quvchi hamda o‘yma naqsh soluvchi (naqshband) bo‘lgan. B. N. taqdirida bobosining alohida xizmati bor. U sufiylar b-n yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta qiziqish uyg‘otdi. B. N.ning birinchi piri – ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi… B. N. vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. 15-a. da Xo‘ja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar. Ular ijodida naqshbandiya g‘oyalari keng va atroflicha targ‘ib etildi...


 O‘zME,T,2000-2006,t.1.2000,736b.–B.663.(O‘zbekcha); Бахоуд-дин Накшбанд.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0