Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Akbar Jaloliddin Muhammad

Akbar Jaloliddin Muhammad (1542.14.10, Amarkot – 1605, Agra yaqinidagi Sikandra qishlog‘i) – Hindistondagi boburiylar saltanati hukmdori (1556 y.dan). Boburning nabirasi. Humoyunning o‘g‘li, 13 yoshida taxtga o‘tirgan (1556 y. 15 fev.). Dastlab vaziri turkman Bayramxon otaliq yordamida taxtni boshqargan, so‘ngra balog‘at yoshiga yetgach, mamlakatni qattiqqo‘llik bilan idora eta boshlagan. Saltanatini kengaytirish uchun muttasil kurashgan.


Akbar davrida Boburiylar saltanati shim.da Balxdan tortib janubda Godovari daryosigacha (Kashmir va Afg‘oniston hududlari b-n), g‘arbda Arabiston dengizidan sharqda Bengaliya qo‘ltig‘igacha bo‘lgan ulkan hududni qamrab olgan. Markazlashgan saltanat tuzish maqsadida 1574 y.dan ichki islohotlar o‘tkazishga kirishadi: qo‘shin ustidan nazoratni kuchaytiradi va uni qayta tashkil etib, yangidan qurollantiradi, mamlakatni yangi ma’muriy tumanlarga bo‘ladi. Nikoh rishtalari orqali Rajput knyazliklari bilan aloqalarni mustahkamlagan. Rajputlar otliq qo‘shini Akbar qo‘shinining asosini tashkil qilgan. Yirik yer egalari – jogirdorlarning o‘zboshimchaligiga qarshi bir qancha chora-tadbirlarni o‘tkazgan, 1574 y. dehqonlar, sarkardalarga yer in’om etish o‘rniga xazinadan ularga maosh to‘lashni, mamlakatdagi yerlardan soliq to‘plashni o‘z xizmatchilari zimmasiga yuklagan. Akbarning bu siyosati jogirdorlarning qattiq qarshiligiga duch kelgan.


Akbar aholi orasida diniy jihatdan o‘zaro birdamlikka erishish maqsadida hindlarni yuqori mansablarga tayinlay boshlagan va yangi din – «dini ilohiy» joriy etgan. Bu din o‘zida islom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining qorishmasidan iborat bo‘lgan.


Akbar dunyoviy va diniy hokimiyatni o‘zida mujassamlashtirgan. Bu dinga e’tiqod qilganlar Akbarning marhamatiga sazovor bo‘lganlar. Keyinchalik Akbar vafotidan so‘ng bu yangi din kichik bir mazhabga aylanib qolgan.


Akbar dehqonchilik va savdoga katta e’tibor bergan, Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo-sotiq olib borgan. Akbar ilm-fan, san’atga ham homiylik qilgan. Akbarning vaziri va do‘sti Abulfazl Allomiy A. saltanati tarixiga oid «Akbarnoma» asarini yozib qoldirgan.


Akbar buyuk davlat arbobi, quvvai hofizasi kuchli, jasur, iqtidorli sarkarda bo‘lgan.


 Ad.: Qodirov P., Humoyun va Akbar, T., 1994.


ЎзМЭ, Т, 2000-2006, т.1. 2000, 736 б. – Б. 170. (Ўзбекча); 

Акбар Джалалид-дин Мухаммад (1542-1605) Император династии Бабуридов с 1556. Внук Бабура.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Muhammad Yoqub Chingiy

17-asr 2-yarmi – 18-asr boshlari, Hindiston) – lug‘atshunos olim. Boburiylar...

Muhammad Temur Sulton (?-1521, Samarqand)

Shayboniylardan. Shayboniyxonning o‘g‘li. Shayboniylar Movarounnahrni egallaganlarida Muhammad Temur Sultonga poytaxt...


Maqolani baholang
0.0