Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bihar

Bihar – Hindistonning shim.-sharqidagi shtat. Nepal b-n chegaradosh. Mayd. 174 ming km². Aholisi 86,3 mln. kishi (1990-y.lar o‘rtalari). Ma’muriy markazi – Patna sh... B. tarixiy viloyat, hind madaniyati va davlatchiligning muhim markazi. Mil. av. 6-a. da B.ning jan.da Magadxa davlati vujudga kelgan. O‘sha davrda B. iqtisodiy va madaniy jihatdan Hindistonning eng rivojlangan qismi sanalgan. Rivoyatlarga ko‘ra buddizm va jaynizm o‘sha yerda paydo bo‘lgan. 6-a.dan B. mustaqil siyosiy ahamiyatini yo‘qota boshlagan. 12-a. oxirida Dehli sultonligi tarkibiga kiritilgan. 16-17- a.larda Boburiylar davlati, 18- a.da Bengaliya davlati (navobligi) tarkibida bo‘lgan. 1757-65 y.larda inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga bo‘ysungan. Ingliz mustamlaka hukmronligi davrida B. mamlakatning eng qoloq r-nlaridan biriga aylangan. 1911 y. provinsiya (viloyat huquqini olgan. 1950 y.dan B. Hindiston respublikasining shtati.


O‘zME, T, 2000-2006, t.2.2001, 704 b. – B. 67. (O‘zbekcha); Бихар.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0