Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobir lirikasi. Maʼrifatparvar va murabbiy shoir

Ilm-maʼrifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan shoir ilm o‘z o‘zidan bunyod bo‘lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo‘la oladi deydi:


Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,

O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak.

Men tolibi ilmu tolibi ilm yo‘q,

Men bormen ilm tolibi, ilm kerak.


Shoir o‘zi va boshqalarga qaratib:

Davlatqa yetib mehnat elin unutma,

Bu besh kun uchun o‘zungnu asru tutma, - deydi. 


Yaxshi xulq atvor, kishilarga yaxshilik qilish ezgu xislat va olijanob fazilatdir:


Xulqingni rost etgil har sorig‘aki borsang,

 “Ahsanta” deb bori el, gar yaxshi ot chiqorsang. 

Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo‘q, 

Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘.


Bobir xalqimizning “qilmish qidirmish” degan gapiga amal qilib, yaxshi kishi yaxshilik, yomon kishi yomonlik ko‘radi mazmunidagi misralarni bitadi: 


Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz,

Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.


Bobirning maʼrifatparvarligi va ahloqiy taʼlimiy fikrlari, shubhasiz, progressiv ahamiyatga ega edi. Biroq feodal klerikal muhit bu taraqqiyparvarona fikrlarni amalga oshirishga imkon bermas, maʼrifatparvarlikka va yaxshi xulq odobga qarshi jaholatni, yaramas va jirkanch xislatlarni vujudga keltirar edi. 


Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi, 1, 1960. – B. 582-583; Ayni: Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi, 2, 1965. – B. 582-583; Ayni: Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi, 2-a, 1965. – B. 650-651; Ayni: Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi, 3, 1976. – B. 582-583. (O‘zbekcha); Лирика Бабура. Просветитель и поэт-воспитатель.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0