Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobirga bag‘ishlangan ilmiy sessiya

Andijon (O‘z muxbirimizdan). Bu yerda 14- 15 aprelda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi ijtimoiy fanlar bo‘limi tomonidan uyushtirilgan ko‘chma ilmiy sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiya Zahiriddin Muhammad Bobirning tug‘ilganiga 475 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazildi.

Andijon – atoqli o‘zbek shoiri, mohir prozaik, mashhur lashkarboshi va davlat arbobi Bobirning vatanidir. Bobir shu yerda tug‘ilgan, temuriylar sulolasining birlashgan hokimiyatini vujudga keltirish va mustahkamlash uchun qattiq kurash olib borgan edi. Andijon Madaniyat uyi binosida o‘tkazilgan bu sessiyani O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining vitse- prezidenti I. Mo‘minov qisqacha kirish nutqi so‘zlab ochdi va «Bobir yashagan davr» degan temada doklad qilish uchun O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining korrespondent-aʼzosi R. Nabiyevga so‘z berdi. O‘rtoq R. Nabiyev o‘z dokladida Bobir yashagan davrni keng analiz qilib, Bobir o‘z davrining ilg‘or kishisi, xalqining ulug‘ farzandi ekanligini tarixiy faktlar bilan isbotladi.

Sesciya qatnashchilari O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining korrespondent-aʼzosi V. Zohidovning «Bobir merosini o‘rganishning ahamiyati» degan temadagi dokladini katta eʼtibor bilan tingladilar. Bobir ijodini o‘rganishda uning o‘z zamonasining farzandi ekanligini, bu holat uning asarlarida, butun faoliyatida o‘z ifodasini topganligini unutmaslik lozim ekanini dokladchi alohida uqtirdi. Bobir o‘z lirikasida muhabbatni kuylashdan tashqari, qabohatga nafrat bilan qarab, zamonidan norozi bo‘lganligi, vatanni katta ehtiros bilan sevib din shaʼniga fosh etuvchi misralar to‘qiganligi alohida ahamiyatga ega, dedi dokladchi. / Filologiya fanlari kandidati A. Qayumov «Bobir – lirik» degan temada doklad qildi. Dokladchi, Bobirning Lutfiy, Navoiy singari yirik shoirlar bilan bir qatorda turishi, uning asarlari chet ellarda ham mashhur ekanligini, revolyutsiyadan oldinoq Petrogradda nashr etilganligini aytdi. Bobirning sheʼriy merosi hajm jihatdan uncha katta bo‘lmasa ham, badiiy mahorat darajasi bilan, tiran mazmuni va ohangdorligi bilan har tomonlama chuqur ilmiy asosda o‘rganishga loyiqdir, dedi u. – Bobir asarlari orasida uning estetik fikrlari bilan birga, filosofik qarashlarini ham aks ettiruvchi asarlar ko‘p uchraydi. Bobir o‘z zamonasida islom ideologiyasi prinsiplarini propaganda qilar edi. Ammo, Bobir shariat dogmalariga astoydil ishonmadi, ko‘proq dunyoviy nshlar bilan band bo‘ldi, o‘z sheʼrlarida insoniy fazilatlarni, real mahbubning go‘zalligini ulug‘ladi. Bobir sheʼrlarida goho qarama-qarshi fikrlar ham uchraydi. Bu qarama-qarshiliklar shoir hayotida ro‘y bergan baʼzi voqealarning natijasi edi. 

Filologiya fanlari kandidati H. Razzoqov «Bobir lirikasining badiiy xususiyatlari va tili» temasidagi dokladida shoirning eng ko‘pi 16 misradan oshmaydigan g‘azallari, ruboiylari, tuyuqlari badiiy, soda va ravon ekanligini, Bobir klassik poeziya va xalq og‘zaki ijodi traditsiyalarini davom ettirganini, badiiy tasvir vositalaridan mohirlik bilan foydalanganini, ajoyib obrazlar yaratganini konkret misollar bilan isbotlab berdi. 

Sessiyada tarix fanlari kandidati S. Azimjonova Bobirning «Mubayyin» va «Xatti Bobiriy»si to‘g‘risida doklad qildi. Bobirning merosi, dedi dokladchi, tarix va iqtisod sohasida ham katta ahamiyatga egadir. Masnaviy tarzida yozilgan poetik asar «Mubayyin» O‘rta Osiyo tarixchilari va ekonomistlarning eʼtiborini o‘ziga jalb qiladi. Kitobda og‘irlik o‘lchovlari, dinar va diramning solishtirma qimmati xalq tabaqalarining xarakteristikasi beriladiki, bular fan uchun muhimdir.

Bobir o‘zbek grafikasi tarixiga ham hissa qo‘shishga intilib, «Xatti Bobiriy» deb atalgan yozuvni tuzgan. Bu alifbe – arab alifbesining ancha osonlashtirilgan yangi variantidir. Bu alifbe yo‘qolib ketgan deb hisoblanib kelinardi. Yaqinda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondidagi «Atayib-at-tabaqat» nomli kitobda Bobirning ana shu alifbesi topildi. Umuman, arab alifbesidagi zeru zabarlardan, nuqtalarning noto‘g‘ri ko‘yilish orqasida so‘z maʼnosi o‘zgarib ketishi kabi kiyinchiliklardan qutulishning yo‘lini topmoqchi bo‘lgan. 

O‘sha kungi dokladlarning muhokamasida qatnashgan Andijon Pedagogika institutining o‘qituvchilari O. Xolbotirova Bobir lirikasidagi nafislik haqida, S. Jalilov «Bobirnoma»ning ruscha tarjimalari haqida, 29-maktab o‘qituvchisi O. Valixonov Bobirning so‘zdan foydalanishdagi mahorati haqida so‘zladilar.

15 aprelda sessiya o‘z ishini davom ettirdi.

Tarix fanlari kandidati N. Baykova Bobirning Hindistondagi faoliyati haqida doklad qilib, bu tema olimlarimiz tomonilan yaxshi o‘rganilmaganligi, uning qizi Gulbadan Begim tomonidan otasi to‘g‘risida yozib qoldirilgan esdaliklar «Humoyunnoma»da ajoyib fikrlar borligini aytdi. Bu asar XVI asr sharoitida, xotin- qizlar din tomonidan qattiq taʼqib ostiga olingan bir sharoitda yaratilgan. Umuman, bu kitob XVI asrda musulman ayollari tomonidan yaratilgan birinchi kitobdir. 

Geografiya fanlari kandidati H. Hasanovning «Bobir – olim geograf sifatida» degan temada qilgan dokladi ham katta eʼtibor bilan tinglandi. Dokladchi, Bobirning mutaxassis geograf sifatida ham o‘z qobiliyatini namoyish etganini, o‘sha davrda O‘rta Osiyoni juda yaxshi bilganini qiziqarli faktlar asosida gapirib berdi. 

Filologiya fanlari kandidati R. Rasulev va Alisher Navoiy nomli o‘zbek Davlat universitetining starshiy o‘kituvchisi B. Valixo‘jayev Bobir asarlarining tili haqida doklad qildilar. Bobir asarlarining tili sodda va xalqqa tushunarli ekanligini ular yorkin dalillar bilan isbotlab berdilar. Ayniqsa, «Bobirnoma»da ishlatilgan so‘zlarning juda katta qismi hali ham adabiy tilimizda mavjudligi Bobir asarlari tilining xalqqa yaqinligidan dalolat beruvchi faktordir.

Filologiya fanlari kandidati B. G‘ulomov bu sessiya anlijonlik olimlar uchun katta maktab bo‘lganligini, oblast mehnatkashlari o‘z vatandoshlari Bobir haqida ancha to‘la tasavvurga ega bo‘lganliklarini aytdi. 

O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti I. Mo‘minov oblast partiya va sovet tashkilotlariga sessiyani uyushtirishda yaqindan yordam berganliklari uchun olimlar nomidan tashakkur bildirdi.

Shu bilan sessiya o‘z ishini tamomlali.

Kechqurun oblast ijroiya komiteti sessiya qatnashchilari sharafiga qabul marosimi o‘tkazdi. Sessiya qatnashchilari Bobir bo‘lgan tarixiy joylardan biri O‘sh shahridagi Taxti Sulaymon tog‘iga ekskursiya qildilar.

Poytaxt olimlari oblastdagi bir necha kolxozlarda bo‘lib qishloq xo‘jalik xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. 


N. TURMUHAMMEDOV

O‘zbekiston madaniyati. 1958. 19 apr. – B. 4. (O‘zbekcha); Научная сессия, посвященная Бабуру.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0