Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobirning ijodi. Bobir lirikasidagi qarama-qarshiliklar

Bobir lirikasida hayotiylik va turmush zavqlarini ko‘ylash ustun bo‘lishiga qaramay, uning ayrim g‘azal va ruboiylarida hayotdan norozilik, shikoyat hamda hasrat ifodalanadi. Bobirning dunyoqarashidagi, poeziyasidagi bu qarama-qarshi motivlar shubhasiz, tasodifiy bir hol bo‘lmasdan, balki ular Bobirni o‘rab olgan feodal muhitdagi qarama-qarshiliklarning ifodasidir. Bobir O‘rta Osiyoda markazlashgan davlat tashkil etish va mamlakatda tinchlik o‘rnatish uchun kurashadi. U, Afg‘oniston va Hindistonda ham bu maqsadidan voz kechmadi va Andijonga qaytib kelishni orzu qildi. Lekin feodal muhitdagi sinfiy qarama-qarshilik va ekspluatator sinf vakillarining taxt-toj kurashi, o‘zaro raqobatlar bunga imkon bermas edi. Shularning natijasida u umidsizlik, xasrat, shikoyatlanish kayfiyatlariga tushib qoladi. U yozadi: 


Ko‘ngli tilagan murodga yetsa kishi, 

Yo barcha murodlarin tark etsa kishi,

Bu ikki muyassar o‘lmasa olamda, 

Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.


Bobir o‘z davridagi iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar natijasida ko‘p muvafaqiyatsizliklarga uchradi. U, o‘z vatani Andijon va Samarqanddan voz kechishga majbur bo‘ldi, Afg‘oniston va Hindiston taraflarda g‘urbatda yurdi, u yerlarda feodallarning isʼyoniga, g‘alayonlariga qarshi kurashda, yaqin do‘stlarining xiyonatini ko‘rdi, dushmanlarini goh yengdi, goh ulardan yengildi. Bobir hayotidagi bu hodisalar uning ahvol-kayfiyatiga, shubhasiz, taʼsir etgan. Bu taʼsir uning lirikasida ko‘rinib turadi. Bobir «Bobirnoma»da turmushdagi o‘z kurashlariga va boshidan kechirgan “alamlar”iga ishora qilib, quyidagi baytlarni yozadi:


Bu olam aro ajab alamlar o‘rdim,

Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum.

Harkim bu «Vaqoyiʼ»ni o‘qur bilgaykim, 

Ne ranju, ne mehnatu, ne g‘amlar ko‘rdum - deb dunyodan shikoyat qiladi. U, turmushdagi muvaffaqiyatsizliklari natijasida o‘zini yakka, yorsiz, ko‘ngli yarali baxtsiz, deb hisoblaydi: 


Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,

Ko‘nglimdan o‘zga mahrami asror topmadim. 

Jonimdan o‘zga joni dilafgor ko‘rmadim. 

Ko‘nglim kabi ko‘ngulni giriftor topmadim... 

Bobir, o‘zingni o‘rgatako‘r yorsizki, men, 

Istab jahonni muncha qilib, yor topmadim. 


Ammo Bobir muvaffaqiyatsizliklarining haqiqiy sababini tushunmay, o‘z toliʼining yomonligida, deb biladi: / Toliʼ yo‘qi jonimga balolig‘ bo‘ldi.

Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yub Hind sari yuzlandim

Vah-vah, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. 

Shoir dunyodan shikoyat qilib qolmay, ayrim vaqtlarda, hatto bu olamdan bezib, “narigi olam”ni istaganligini bildiradi: 


Charxning men ko‘rmagan jabru jafosi qoldimu? 

Xasta ko‘nglim chekmagan dardu balosu qoldimu?…

Ey ko‘ngul, gar Bobir ul olamni istar, qilma ayb, 

Tangri uchun de, bu olamning safosi qoldimu? 


Biroq, Bobir lirikasida pessimistik va tushkunlik kayfiyatlariga qaraganda, dunyo va hayotga muhabbat blan bog‘langan g‘oyalar ustundir. Shunga ko‘ra, Bobir lirikasi adabiyot tarixi taraqqiyotida progressiv rol o‘ynadi. Chunki, u o‘z ijodiyoti blan sufizimga qarshi kurashib, dunyoviy adabiyotning mustahkamlanishi va taraqqisiga xizmat etdi. 


O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 206-207. (O‘zbekcha); Творчество Бабура. Противоречия в лирике Бабура.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0