Bobir o‘zining iijodiy faoliyati, bizga qoldirgan adabiy merosi va u merosning ahamiyati jihatidan feodalizmning mustahkamlanishi davri adabiyotining eng yirik vakillaridan hisoblanadi. Bobir dunyoviy adabiyotning go‘zal va mazmundor namunalarini yaratgan lirik shoir va zo‘r ilmiy-tarixiy qimmatga ega bo‘lgan mashhur “Bobirnoma” avtoridir. Bobir bolaligidayoq adabiyotga qiziqar edi. U usta shoirlarning sheʼrlarini ko‘p o‘qidi, yodladi va o‘zida ham sheʼr yozishga havas juda erta uyg‘onib, mashq qilishga kirishdi. Bobir 16-17 yoshlarida esa, mustaqil baytlar va ruboyilar yozaboshladi. Zahiriddin Muhammad o‘z asarlarida Bobir taxallusini qo‘lladi. Bobir so‘zi tojikcha “babr” (yo‘lbars) so‘zidan olingan. Bobir keng maʼlumoti va sheʼr yozish qobiliyati bilan tez shuhrat qozonaboshladi. U uzoq yillar davomida urush va yurishlar blan qattiq band bo‘lishiga qaramay, birnecha asarlar yaratdi. Bobirning asarlaridan bizgacha sheʼrlar devoni, “Bobirnoma” va sheʼr blan yozilgan “Mubayyin” degan diniy temada yozgan kitobi yetib kelgan. Bulardan tashqari uning aruz vazni va sheʼr qofiyasiga doir “Mufassal” nomi blan asar yozgan, muzika va harbiy sanʼat haqida ham kitob yozgani to‘g‘risida maʼlumotlar bor. Ammo, bu kitoblar bizgacha yetib kelmagan. Bobirning yuqoridagi asarlari o‘z davridagi fan, sanʼat va adabiyotni rivojlantirishda katta rol o‘ynagan.
O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 204. (O‘zbekcha); Творчество Бабура.
Fikr qoldirish#