O‘zbek adabiyoti tarixida Bobir ruboiy janrining usta sanʼatkorlaridan biri hisoblanadi. Uning ruboiylari o‘z tematikasining rangbarangligi, hayotiyligi, sodda va tushunarli tilda yozilganligi, ohangdorligi blan zamondoshlarining ruboiylaridan ajralib turadi. Shoir o‘z ruboiylari orqali johillikni, nodonlikni qoralaydi, ilm va maʼrifatni ulug‘laydi. U, ilimli bo‘lish uchun “tolibi ilm” (ilm o‘rganuchi) bo‘lishi, fanga nisbatan muhabbat, g‘ayrat va intilish bo‘lishi kerakligini takidlaydi:
Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,
O‘rgangali ilm, tolibi ilm kerak.
Men tolibi ilmu tolibi ilm yo‘q.
Men bormen ilm tolibi, ilm kerak.
Mazmuni: (Ilmli kishiga ilmni xohlovchi kishi kerak. Ilmni o‘rganish uchun ham ilmga chanqoq kishi kerak. Men ilmga chanqoqmanu ilmni xohlovchi (boshqa kishi) yo‘q. Men, yaʼni ilm talabgori, bormen, ilm kerak).
Bobir o‘z ruboiylarida vafosizlik va jafokorlik kabi kishilardagi yomon xislatlarni qoralaydi:
Harkimki vafo qilsa vafo topqusidur.
Harkimki jafo qilsa jafo topqusidur,
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Harkimki yomon bo‘lsa jazo topqusidur.
Shoirning bir necha ruboiylari zohidlik – tarkidunyochilikni qoralashga bag‘ishlangandir. Hayot va dunyo lazzatini sevgan Bobir zohidlarning tarkidunʼyochiligini qoralaydi. Hatto iyd (hayit) va ro‘za kabi baʼzibir diniy xurofotlarga eʼtiborsizlik blan qaraydi:
Keldi ramazonu, men taqi bodaparast.
Iyd o‘ldiyu, zikri may qilurmen payvast,
Ne ro‘zayu, ne namoz yillar, oylar
Tun-kun mayu-maʼjun bila devonayu mast.
O‘zbek adabiyoti tarixi, 1950. – B. 205-206. (O‘zbekcha); Творчество Бабура. Рубаи Бабура.
Fikr qoldirish#