Ulug‘ shoir bobomiz Bobir Mirzo – “Havosi xo‘b va oqar suvi farovon” deb aytgan O‘sh bugun juda go‘zal bo‘lib ketdi. Bir paytlar baʼzi amalparast rahbarlarning qarori bilan Sulaymon tog‘i ustidagi «Bobir»ning «Oq uy»i buzib tashlangan edi. «Oq uy»ini qayta tiklash borasidagi o‘shliklarning tashabbusi nafaqat O‘sh oblastidagi, shuningdek, O‘zbekistondagi mehnatkashlar ham qo‘llab quvvatladilar. Bu ish uchun maxsus 000700123 raqamli hisob daftari ochildi. Bu haqda «O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati» ham o‘tgan yilgi sonlaridan birida shoir Shavkat Rahmonning maqolasi eʼlon qilingan edi. Mana, nihoyat orzu ushaldi. Yaqinda Bobirning «Oq uy»i qayta tiklandi.
O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati. –1989 y. 25 avg. (O‘zbekcha); Восстановлен “Белый дом” Бабура.
Fikr qoldirish#