Bobo Tavakkul – Andijon atrofidagi langar nomi. 908/1502 y. Ahmad Tanbal Farg‘ona hokimiyatini zo‘rlik bilan egallab oladi. Unga qarshi Boburning tog‘alari Sulton Mahmudxon [Ulug‘ xon] va Sulton Ahmadxon [Kichik xon] bilan birga Ahmad Tanbal tomon harakat qilgan paytlarida Andijonga yaqinlashgan Ulug‘ xon Qo‘shtegirmon bog‘iga, Kichik xon esa Bobo Tavakkul langari yaqiniga tushishib, u manzillarni muvaqqat qarorgoh qilib olgan edilar: «Xonlar Tanbalning so‘ngicha-o‘q ke- lib Andijonning navohisiga tushtilar. Ulug‘ xon qo‘ruqning yonida (108 a) mening ulug‘ onam – Esan Davlatbegimning bog‘igakim, Qo‘shtegirmonga mavsumdur, tushti. Kichik xon Bobo Tavakkul langarining yovug‘iga tushti. Ikki kundin so‘ng O‘shdin keldim. Ulug‘ xonni Qo‘shtegirmonda ko‘rdum».
Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi / Tahrir hayʼati A. Qayumov va boshq. Bosh muharrir: A. Aʼzamov. – T.: “Sharq”, 2014. – 744 b. – B. 102. (O‘zbekcha); Бобо Таваккул – каравансарай, находящийся вокруг Андижана.
Fikr qoldirish#