Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobur avlodlari bilan uchrashuv

Hindistonda istiqomat qilayotgan Boburiy sulola vakillari O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurganlariga hali ko‘p vaqt bo‘lganlari yo‘q. Ikki yil muqaddam Boburiy sulola vakillaridan Ziyovuddin Tusiy mehmonlar yurtimizga kelib ketgach, ular bilan muntaz amaloqalar yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Tusiylar xonadoni-ning olti farzandi Respublika Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi ko‘magida O‘zbekistonda tahsil ola boshladi. Ular o‘zbek tilini sevib o‘rganmoqdalar. 

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasida Ziyovuddin Tusiy boshchiligidagi Hindiston Boburiylar jamiyati vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning madaniyat ishlari bo‘yicha kotibi Masihiddin Tusiy hamda ko‘p yillar YUNESKOning ekspertlaridan biri bo‘lib ishlagan va bugungi kunda Londonda yashab Boburiylar merosini o‘rganishga katta hissa qo‘shayotgan Habib Zubaydiy, shuningdek, Tusiylarning Toshkentdagi tahsil olayotgan farzandlari ham ishtirok etdilar. Qabul marosimida O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasi raisi M. Mirqosimov mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqi o‘z milliy qadriyatlarini, bobokalonimiz Amir Temur madaniy merosini tiklashva ehtirom ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgani haqida so‘zladi. Boburiy avlodlar vakillarining O‘zbekistonga tashrifi, o‘zaro bordi-keldilar ham ana shu buyuk imkoniyatning samarasidir.

Uchrashuvda Ziyovuddin Tusiy, Habib Zubaydiy, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov, Bobur jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, yozuvchi Hayriddin Sultonov o‘z so‘zlarida mustabid tuzum zamonida Amir Temur va Zahiriddin Bobur haqidagi asl haqiqatlarni aytish qiyin bo‘lganligini, tariximizda temuriylar davridan so‘ng eng yaxshi oydin davrlar mustaqillik yillarida boshlanganligini, o‘zbek xalqi ulug‘ avlodlari ruhidan madad olib, yangi buyuk davlat qurayotganligini, Boburiy sulola vakillari bilan ana shunday ulug‘ kunlarda ota yurtda uchrashish baxtiga muyassar bo‘lganliklari haqida dil so‘zlarini aytdilar. Hindistondagi Boburiylar jamiyati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasi o‘rtasida bitim imzolandi. Unga binoan har ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikka amaliy hissa qo‘shish uchun Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy merosi, tarixning oltin davrlari mavzusida xalqaro ko‘lamda ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar o‘tkazildi. Mehmonlarga milliy uyushma nomidan sovg‘a-salomlar topshirildi. O‘zbek sanʼatkorlari ijrosida mumtoz kuy va qo‘shiqlar dillarga huzur bag‘ishladi. O‘z navbatida Z. Tusiy boshchiligidagi jamiyat nomidan ham Xalqaro milliy uyushma va Bobur jamg‘armasiga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ziyovuddin Tusiy boshchiligidagi Hindistonlik Boburiy sulolalarning vakillari shu kuni «O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetasi tahririyatiga tashrif buyurishdi. Haftalik bosh muharriri Ahmadjon Meyliboyev O‘zbekiston ijodiy jamoatchiligi o‘tmish madaniy qadriyatlarini tiklash yo‘lida amalga oshirayotgan ishlar, mustaqillik tuyg‘usini, milliy g‘ururni kamol toptirish borasidagi saʼy-harakatlari xususida so‘zlab berdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasi raisi M. Mirqosimov ishtirok etdi. 


O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati. 1996. 17 may. (O‘zbekcha); Встреча с потомками Бабура.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0