Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bobur (Bobir) Zahiriddin Muhammad

Bobur (Bobir) Zahiriddin Muhammad (1483-1530), davlat arbobi, lashkarboshi, shoir, o‘zbek klassik adabiyotining yirik vakili


Otasi Umar Shayx Mirzo Amir Temur avlodidan, onasi Qutluq Nigorxonim T. hokimi Yunusxon (1413-1497) ning qizi bo‘lgan. Shuning uchun ham u T. ni ona shahrim deb bilardi. Otasining vafotidan so‘ng (1494), 12 yoshida Farg‘ona viloyati hokimi taxtiga o‘tirgan. 1495-1512 yillarda Movarounnahrda Temuriylar saltanatini tiklash, markazalshgan kuchli davlat tuzish uchun kurashgan. Moliyaviy va harbiy kuchini mustahkamlash maqsadida 1498, 1501-1502 yillarda T. da bo‘lgan. 1504 y. Shayboniyxon qo‘shinidan yengilgach, Movarounnahrni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. O‘sha yili B. Kobulni bosib oldi. 1512 ga qadar Buxoro va Samarqandga qaytishga birnecha bor urinib ko‘rdi. 1519 dan B. Hindistonni zabt etishga kirishdi va Boburiylar imperiyasiga asos soldi (1526). Agrada vafot etgan. Vasiyatiga ko‘ra, jasadi Kobul sh.ga ko‘chirilgan. B. bizgacha yetib kelgan 100 dan ortiq g‘azal, 200 dan ziyod ruboiy, bir qancha tuyuq, masnaviy, qitʼa va fardlar muallifi. Sheʼrlari alohida devon qilib to‘plangan. 

Asosiy asari – "Boburnoma". Bu asar tarjimai hol tarzida bo‘lib, unda 1493 dan 1529 gacha yuz bergan turli voqealar bayon qilinadi. "Boburnoma"da o‘sha davrning turmush tarzi, urf-odatlari, mamlakatlarning geografik tuzilishi, davlatlarning ijtimoiy-siyosiy ahvoli va b. mahorat b-n tasvirlangan. "Boburnoma"da B. ning T. b-n bo‘lgan aloqalari, ko‘p o‘rinda T. hokmlari b-n uning munosabatlari zikr etilgan. U shunday yozadi: "Shohbegimni va xon dodamni va urug‘-qayashni ko‘rgali men ham Toshkand azimati qildim. Borib Shohbegim va xon dodamg‘a mulozamat qilib, bir necha kun anda bo‘ldum. Mening onamning tuqqon egachisi Mehr Nigorxonim ham Samarqanddin keldilar". T.ga kelib yozgan sheʼrini xonga ko‘rsatganini shunday qayd etadi: "... xon qoshig‘a, Toshkandg‘a bordim. Bu ruboiyni aytib edim, maʼmul qofiyasida taraddudim bor edi, ul mahalda sheʼr mustalaqotig‘a shuncha tatabbuʼ qilmaydur edim, xon xushtabʼ kishi edi, sheʼr aytur edi... bu ruboiyni xong‘a o‘tkarib, taraddudimni arz qildim". B. aruz vazni va nazariyasiga bag‘ishlangan "Aruz risolasi" (1958), huquqshunoslikka oid "Mubayyin" (1521), muzikaga oid "Asrori musiqa" asarlarini ham yaratdi. Bu asarlar o‘z davrida juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. 

Turkiy xalqlar uchun yangi yozuv – xatti Boburiyni ixtiro qilgan (1503-04). Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida B. hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus bo‘lim bor. T. dagi ko‘cha, bog‘, 121- maktab B. nomi b-n ataladi. 121- maktabda B. haykali va adabiy-tarixiy muzeyi mavjud. B. ning "Boburnoma"asari T.da o‘zb. va rus tillarida bir necha marta nashr qilingan. 


Toshkent. Qomus, 1992. – B. 73. (O‘zbekcha); Бабур, Захириддин Мухаммад.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0