«Asiatic Quaterley Review» jurnalining 1901 yil aprel sonida Annetta Beverij xonimning turmush o‘rtog‘i Henri Beverijning pashtu hamda forsiy tildagi 581 raqamli ikki muhim qo‘lyozma haqidagi maqolasi chop qilinadi.
Afg‘oniston va Pokistonning «Subai Sarhad» viloyatidagi pashtunlarning folklor asarlarida Bobur Mirzo nomi alohida ehtirom bilan tilga olinadi. Ayniqsa, Yusuf Zayn qabilasi orasida «Bobur va Bibi Muborika» nomli afsona qadimdan hikoya qilib kelinadi. Mazkur asarda naql qilinishicha, yoz kunlarining birida Bobur podshoh darvesh libosida Yusuf zayi qabilasi orasida to‘satdan paydo bo‘ladi. U tog‘ yon-bag‘ridan oqib chiqayotgan buloqdan ko‘zachada suv olayotgan Bibi Muborikaga nogahon ro‘para kelib qoladi. «Darvesh» bilan go‘zal qiz orasida otashin va pok muhabbat paydo bo‘ladi. Pashtun malagining chiroyiga mahliyo bo‘lgan «darvesh» ertasiga uning ota-onasiga sovchi yuboradi. Shundan so‘ng Bobur podshoh bilan Bibi Muborikaning to‘yi bo‘ladi. Keyinchalik Bobur podshoh Bibi Muborikani o‘zi bilan birga Hindistonga olib ketadi. Afg‘onistonlik tarixchi Habibiyningtmaʼlumotiga qaraganda, Bobur podshoh bilan Bibi Muborikaning nikohi 1516 yili bo‘lgan. Bibi Muborika Yusuf Zayn qavmidanorikaMansur Bajavriyning qiziuedi. Gulbadan begimning «Humoyunnoma» asarida Bibi Muborikani «Afg‘oniy og‘acha» deb berilgan. Bibi Muborika Sher Shoh Suriy zamonasida Boburning hokini Kobulga keltirib, dafn ettiradi. So‘ngra u Hindistondagto Akbar podshoh zamonasigacha yashagan. Bibi Muborikaning Bobur podshohdan farzandi bo‘lmagan.
A.S. Beverij xonim «Boburnoma»ni to‘ldirish jarayonida 1921 yilda nashr qilingan tarjimaning (The Bābur-nāma in English (Memoires of Bābur) by Zehired-din Muhammed Bābur Pādshah Ghāzi, translated from the original Turki text by A.S. Beveridge. London, 1921, Appendices. K. -An Afgan Legend, P. XXXVI-XLI) «Ilova» qismida, o‘n sahifaga yaqin ushbu «Afg‘on afsonasi»ni keltirib, asarda mavjud bo‘lmagan yil voqealarini tiklashga harakata ni ni kelAfsona katta bo‘lgani uchun muxtasar mazmuni berildi. Bunday afsona va rivoyatlar adadi o‘ttizdan ortiqni tashkil etadi va ular alohida tadqiqot mavzui bo‘lishi mumkin. Bu afsonalarning ko‘plari haqiqatga yaqin bo‘lib, Bobur hayotidanhaqiqatga A.S. Beverij xonim mazkur afsonani bunday yakunlaydi: «Bibi Muborika duo olgan ayol edi. Uni Gulbadan begim ham tez-tez yo‘qlab turgan. U dunyodan befarzand o‘tdi. Umri davomida haqiqatni yuzaga chiqarishga intilgan. Tarixning bizga shahodat berishicha, u Akbarshoh hukmronligining avvalida olamdan o‘tgan. Bibi Muborikaning akasi Mir Jamol ham Bobur, Humoyun ham Akbar hukmronligikaning gining avvuchun kurashib yashagan».
OTAJONOV N., HOSHIMOVA D.
Otajonov N. "Boburnoma" – sharq elchisi / Otajonov N., Hoshimova D. ; masʼul muharrir: H. Boltaboyev, H. Qudratullayev; [O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent viloyati Davlat pedagogika in-ti]. – Tsh.: Mumtoz so'z, 2010. – B. 48-49. (O‘zbekcha); Бабур и Биби Мубарика. В кн. Отажонов Н., Хошимова Д. "Бабур-нама" – посол Востока.
Fikr qoldirish#