Britaniya muzeyida saqlanayotgan forsiy qo‘lyozmalar katalogidan iborat uch qismli to‘plamga (Ch. Rigo. Britaniya muzeyida saqlanayotgan forsiy qo‘lyozmalar katalogi (English) London, 1879, 1881, 1883 (1-2-3-kismlar)) sharqshunos olim Charlz Riyo asos solgan bo‘lib, bu nodir jamlama 2586 qo‘lyozmani o‘z ichiga oladi. Bu ulkan ishni amalga oshirishda 20 dan ortiq sharqshunos olim ishtirok qilgan. Katalogning kirish qismida sharqshunos olimlar, ular to‘plagan turli qo‘lyozmalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan. Bu sohada, ayniqsa, Jon Malkolm, Jeyms Rich, Charlz Murrey, Henri Vilson, Henri Elliot kabi olimlarning xizmatlari katta.
Shu qo‘lyozmalarning yirik to‘plovchilaridan biri sharq tillari bo‘yicha mutaxassis olim, fors adabiyotiga doir besh dissertatsiyaning muallifi, hind nodir nusxalarining to‘plovchisi Uilyam Erskindir. U. Erskin to‘plagan qo‘lyozmalar «Temurdan Boburgacha, Boburdan Avrangzebgacha» bo‘lgan nodir manbalarni o‘z ichiga oladi.
Charlz Riyo katalogining birinchi jildini, asosan, Boburshoh va boburiylar sulolasiga doir to‘plangan qo‘lyozmalar tashkil kiladi.
1. ADD. 24.416 raqamli qo‘lyozma XVI asrga tegishli bo‘lib, Mirza Abdurahim Bayramxon «Boburnoma»ni shu nusxadan fors tiliga o‘girgan.
2. ADD. 26.324 raqamli qo‘lyozma asosida N. Ilminskiy asarni 1857-yilda Qozonda nashr qildirgan. Pave de Kurteyl o‘zining fransuzcha tarjimasiga shu Qozon nashrini asos qilib olgan.
3. ADD. 26.200. U. Erskin o‘zining inglizcha tarjimasida mazkur qo‘lyozmadan foydalangan. Bu qo‘lyozmaning 26-, 27-, 30-, 34-betlariga dabdabali hind uslubida miniatyuralar ishlangan. Varaqning hoshiyasiga Erskin qalam bilan qayd etgan 1807-yil 7-aprel – 1812-yil 9-mart yozuvi mavjud.
4. ADD. 16.623. Bu raqamli qo‘lyozma ham avvalgisi bilan bir xilda bo‘lsa-da, bunda hind uslubida ishlangan miniatyuralar soni 20 ga yaqin bo‘lib, har biri alohida varaqni egallagan.
5. ADD. 16.691. Bu raqamli qo‘lyozma ham avvalgilari bilan bir xil.
6. ADD. 16.690. Bu qo‘lyozma ham avvalgilari bilan bir xil bo‘lsa-da, so‘nggi varag‘iga: «V. Yul. Laknav – 1800» deb yozib qo‘yilgan.
7. ADD. 26.201. «Boburnoma»ning Leyden-Erskinlar yaratgan inglizcha tarjimasining so‘zboshi qismida bu qo‘lyozmani U. Erskin Dehlidan janob Metkalf orqali olganligini aytib o‘tgan. U ADD. 26.200 ga qaraganda ancha batartib.
8. OR. 167. Bu ham oldingilari bilan bir xil qo‘lyozma.
9. ADD. 26.317. Bu qo‘lyozma inglizcha tarjimaning 14-179-betlariga to‘g‘ri keladi. V. Erskin «Boburnoma»ning inglizcha tarjimasini so‘zboshi qismida «bu nusxa J. Leyden foydalangan manba bo‘lsa kerak», degan fikrni bildirgan.
10. ADD. 26.202. Mazkur raqamda «Boburnoma»ning qo‘lyozmalaridan parchalar berilgan. Bu «Voqe’oti Boburiy»ning tarjimasi bo‘lsa-da, ayrim joylari haddan tashqari kengaytirib yuborilgan, bundan tashqari, muallifning birinchi shaxsi uchinchi shaxsga aylantirib yuborilgan (U. Erskin).
11. OR. 1999. Bu raqamli qo‘lyozma naqshinkor bo‘lib, dabdabali uslubda miniatyuralar ishlangan. Professor E. Davson «Hindiston tarixi» kitobining 288-betida ta’kidlashicha, mazkur tarjima Shayx Zaynga tegishlidir. Bu forscha tarjima V. Erskin tarjimasining 290-342- betlariga to‘g‘ri keladi. ADD. 26.202 raqamli qo‘lyozmaga o‘xshab uning 63-betidan keyin orada ancha uzilishlar bor. Bu Erskin tarjimasining 308-322-betlariga to‘g‘ri keladi.
12. ADD. 16.711. raqamli qo‘lyozma Humoyunning tarjimasinidir.
13. ADD. 26.200. Ushbu qo‘lyozmaning tarjimasi haqida U. Erskin shunday deydi: «Mayor Styuartning tarjimasini tarjima deyishga ham tiling bormaydi. Tarjimaning turgan-bitgani qo‘pol xatolardan iboratdir. Tarjimon o‘zgacha yo‘l tutgan: qo‘shgan, olib tashlagan va o‘z holicha o‘zgartirish kiritgan. Bu tarixni, mamlakat jo‘g‘rofiyasini, qolaversa tilni, tarjimonlik burchini poymol qilishdir».
14. OP. 166. Bu raqamli manbada Boburshohning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan «Humoyunnoma» saqlanadi.
15. ADD. 27.247. Raqamli manbadan boshlab «Akbarnoma»ning 27 qo‘lyozmasi saqlanadi.
Bugungi kunda jahon qo‘lyozma fondlarida «Boburnoma»ning fors-tojik tilidagi 68 qo‘lyozmasi mavjud. Mazkur qo‘lyozmalar, bir tomondan, Bobur merosini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, 500 ga yaqin rasmlar XVI-XVII asrdagi hindagi o‘rgan san’ati tarixini o‘rganishda bebaho obidalardir.
BOBURSHOH QO‘LYOZMALARI XORIJIY FONDLARDA
Boburshoh asarlari qo‘lyozmalari jahon kutubxona, muzeylarining deyarli hammasida saqlanmoqda. Bu o‘rinda biz faqat Hindiston, Fransiya va Angliya fondlari ustida fikr yuritamiz. Qo‘lyozmalar, ayniqsa, Hindistonda ko‘p saqlanadi.
1. Parij Milliy kutubxonasida 1230 tartib raqami ostida «Devon»ning 1515-yili ko‘chirilgan qo‘lyozmasi saqlanadi. Ko‘chirilgan joyi, xattot nomi ko‘rsatilmagan. Varaqlar haftrang. Sathi 14x21 sm., matn 8x13,5 sm., 49 varaq. Kitob o‘qilaberib nihoyatda uringan. Bitta mo‘jaz rasmi bo‘lib, u ham buzilgan, artib o‘chirilgan. Xati o‘rtacha nasta’liq.
2. Boburshoh «Devon»ining qo‘lyozmasi Hindistonning Haydarobod shahridagi Salarjang muzeyida 4 tartib raqami ostida saqlanadi. Kotibi, tarixi, ko‘chirilgan joyi qayd etilmagan. Xat uslubi va qog‘oziga ko‘ra Devon XUSH asrda Hndistonda ko‘chirilgan bo‘lsa kerak. 26 varaq bo‘lib, g‘azallar va ruboiylardan tartib etilgan. Sathi 17,5x29,5 sm.
3. Salarjang muzeyida yana bir «Devon» qo‘lyozmasi 18 tartib raqami ostida saqlanadi. Kitob hijriy 1188/1774/1775-yillari Hindistonda Ali janob tomonidan ko‘chirilgan. 29 varaq. Qog‘ozi sarg‘ish, Hindistonda jamlangan, sathi 14,5x27 sm. Har sahifada 20 misra she’r bor. To‘plam g‘azal va qator ruboiylardan tartib etilgan. Ba’zi o‘zbekcha so‘zlarning tagiga forsiy tarjimasi berilgan. Kitob namda qolib mog‘or bosgan va picha uringan.
4. Rampur shahridagi Rizo kutubxonasida «Devon»ning mo‘tabar qo‘lyozmasi 19 tartib raqami ostida saqlanmoqda. Qo‘lyozma qayerda va kim tomonidan ko‘chirilgani qayd etilmagan. Tarixi hijriy 935/1528/1529-yillar. Qog‘ozi novvotrang ipak qog‘oz, sathi 10x16,5 sm., matn 6x9 sm. 16 va 2a varaqlar bezaklik. Muqovasi asli, charmdan ishlangan. Kitob 20 varaq, xati go‘zal nasta’liq. Qo‘lyozmaning 39 betida yozilgan quyidagi Boburning bayti mavjud:
Har vaqtki ko‘rgasen mening so‘zumni,
So‘zumni o‘qub eslagaysen o‘zumni.
5. Fransiyada, Parij Milliy kutubxonasida 1308 tartib raqami ostida Boburning «Aruz» risolasining 1533-yili Samarqandda ko‘chirilgan mo‘tabar qo‘lyozmasi saqlanadi. Xattot nomi ko‘rsatilmagan. Sarg‘ish, Samarqand ipak qog‘ozi, xati ravshan nasta’liq. Sathi 13,5x22,5 sm. Kitob yaxshi saqlangan.
6. Madras Davlat Sharq qo‘lyozmalari kutubxonasida Boburning «Aruz» risolasining qisqacha forsiy tarjimasi qo‘lyozmasi saqlanadi. Saqlanish raqami 698. Tarjimon Boburiylar avlodidan bo‘lmish Ali Baxt Mirzo Kalon Azfariy Kuragoniy (1760-1820): olim, shoir, lug‘atshunos, zamonasining fozillaridan. Boburga taqlidan «Vaqoyoti Azfariy», turkiy til grammatikasi, turkiy-forsiy lug‘at ham yaratgan. «Aruz» qo‘lyozmasi yaxshi saqlangan. 10 varaq, sathi 15x21, matn 7,5x14. Qo‘lyozma 1252 hijriy 1885-yil, kitobat etilgan, xati yirik nasta’liq.
Boburshoh asarlari orasida eng ko‘p tarqalgani «Boburnoma»dir. Bu asar – «Boburnoma», «Voqeoti Bobur», «Tuzukoti Bobur», «Tarixi tuzuki Boburiy» nomlari ostida tarqalgan.
7. «Boburnoma»ning forsiy tarjimalari orasida eng yaxshi saqlangan va zebo ishlangani Londonning Britaniya muzeyida OR 3714 raqami ostida saqlanmoqda. Qo‘lyozma Buyuk Akbarshoh davrida saroy kitobxonasida tayyorlangan. Kitob juda yaxshi saqlangan. Muqovasi Yevropacha jigarrang charmdan, asli eski muqovasi alohida qutida saqlanadi. Xattot nomi, ko‘chirilgan joyi va yili qayd etilmagan. Qo‘lyozma 528 varaqdan iborat, sathi 21x32,5 sm. Matn 17x28 sm. Qo‘lyozmada hindQo‘lyozmada muqovasning oliy namunalari hisoblangan 96 mo‘jaz suvrat bor, undan ikkitasi chala, ya’ni qora tush bilan chizib olingan, ammo bo‘yoq berilmagan. Qo‘lyozma novvotrang qalin ipak qog‘ozga ko‘chirilgan.
8. Xuddi ana shunday forsiy tilidagi yana bir qo‘lyozma Yangi Dehlidagi Milliy muzeyda saqlanmoqda. Saqlanish raqami 5083. Ushbu qo‘lyozma ham Akbarshoh davrida, saroy kitobxonasida tayyorlangan. 378 varaq, sathi 18x26 sm, matn 10x16, muqovasi yo‘q, oralarida ba’zi varaqlar, oxiri ham tushgan. Novvotrang ipak qog‘ozga bitilgan. Akbarshoh hukmronligining 41- yili kitobat etilgan degan xabarga binoan 1597-98-yillarda kitobat etilgan. Xattot nomi ko‘rsatilmagan, xati yirik nasta’liq, sathi 21x32 sm. Bu kitobda oliy darajada ishlangan 183 mo‘jaz suvrat bor. Rasmlar tematikasi asosan London qo‘lyozmasi mavzuini takrorlaydi, ammo ko‘pincha ikki sahifani egallaydi. Dehli qo‘lyozmasi miniatyuralarining ko‘plarida musavvir nomi ko‘rsatilgan. Bu yozuvlardan ma’lum bo‘ladiki, London qo‘lyozmasini ishlagan musavvirlar Dehli qo‘lyozmasi rasmlarini ham ishlagan.
9. «Boburnoma»ning yana bir mo‘tabar nusxasi Alvar shahridagi Davlat muzeyida saqlanadi. Bu ham forsiy tarjimasi. Saqlanish raqami 2. Qo‘lyozma Alvar rajasining kutubxonasida saqlangan. Oxirida hijriy 937 sana bor (1530). Bunday bo‘lishi mumkin emas, bu o‘rinda qandaydir anglashilmovchilik bo‘lsa kerak. Menimcha, bu sana, umuman, asarning tamom bo‘lish sanasidir. Miniatoralar uslubiga qaraganda, qo‘lyozma XVII asrga taalluqli, uslub jihatidan avvalgilardan mutloq ajralib turadi. Hoshiyalar abri bahor usulida bo‘yalgan, matn esa haft rang qog‘ozda. Xati nihotda go‘zal yirik nasta’liq, xattoti buxorolik Ali al-Kotib. Yaxshi saqlangan. 457 varaq. Sathi 20x31sm. Asarning ikkinchi Hindiston qismiga 18 yuksak saviyadagi miniatyura ishlangan. 8 dona ikki sahifalik bezak ham bor. Miniatyuralar faqat Boburshohning Hindistondagi faoliyatini yoritadi. Ular uslub jihatidan Akbarshoh saroyida ishlangan miniatyuralardan o‘zgacha, hind uslubiga yaqin. Musavvirlar nomi ko‘rsatilmagan.
10. «Boburnoma»ning asli adib nusxasi saqlanib qolmagan. Asar ning eng qadimiy qo‘lyozmalari fors tiliga o‘girilgan nusxalaridir. Ularning eng qadimiylari Akbarshoh saroyida shoh kutubxonasi uchun tayyorlangan London va Dehli qo‘lyozmalari. Bularning har ikkalasi XVI asrning 90-yillarida kitobat etilgan. Asarning o‘zbekcha nusxasining bizgacha yetib kelganining eng qadimiysi Haydaroboddagi Salarjang muzeyida saqlanadi. Bu qo‘lyozmaning na tarix, na ko‘chirilgan joyi, na xattot nomi bor. Chunki kitobning oxiri tugallanmay qolgan. Aytishlariga qaraganda, bu nusxa Avrangzebning topshirig‘i bilan ko‘chirilgan. Dsmak, XVII asrning ikkinchi yarmiga taalluqli. Qo‘lyozma sifatli oq va hinorang qog‘ozga xushxat nasta’liqda qo‘chirilgan. Hoshiyalarida hech qanday yozuv, dog‘lar yo‘q, kitob yaxshi saqlangan. Yirtilgan, siyoh surkalgan, suv bosgan, qurt yegan qaraqlari ham yo‘q. Faqat 248b, 288b, 385a varaqlarda sarlavha yozilmay qolgan. Muqovasi yevropacha qirmizi charm. Sathi 15x26,5 sm., matn 10x19 sm. 382 varaq. Ushbu Haydarobod nusxasi Anneta Beverij xonimning inglizcha tarjimasi uchun asos bo‘lgan. Bu haqdagi ma’lumot qo‘lyozma muqovasining ich tomoniga yopishtirilgan qog‘ozda qayd etilgan. Qo‘lyozma «Shayx Go‘ran bilan Nurbekni Guvalyorg‘a yuborildikim, Guvalyorni bularg‘a topshurub...» so‘zlari bilan tugallanadi. Bu so‘zlarni nashrga muqoyasa qilsak, asarning so‘nggi sahifalariga to‘g‘ri keldi.
11. Salarjang muzeyida «Boburnoma»ning eng mo‘tabar forsiy nusxalaridan biri ham saqlanadi. Tarixi, kotib nomi yo‘q. Qog‘oz va xat uslubiga binoan qo‘lyozma XVI asrda Hindistonda ko‘chirilgan. Xati ravon, xushxat nasta’liq. Bezaklar yo‘q. Sathi 15,5x24,5 sm., matn 8,5x10,5 sm., 15 satr, 896 varaq. Qog‘ozi novvotrang hind 15 sat. Saqlanish raqami 52.
12. Madrasda «Boburnoma»ning forscha tarjimasi «Tuzukoti Boburiy» nomi ostidagi nusxasi ham saqlanadi. Saqlanish raqami D-301. XIX asrda Hindistonda kitobat etilgan. 129 v., sathi 15,5x26, matn 8,5x17sm. Ushbu qo‘lyozmada Farg‘ona va Samarqand voqealari o‘ta qisqartirilib, asosan, Hindiston voqealari berilgan.
13. Dehli Milliy muzeyida asarning «Tuzukoti Boburiy» nomli forscha varianti ham saqlanadi. Saqlanish raqami 906, kitobat tarixi 1257/1848 y., xattot nomi ko‘rsatilmagan, sathi 20x32, matn 14x24,5. 19 satr, 233 varaq. Yaxshi saqlangan, xati yirik nasta’liq. Bu qo‘lyozmada ham Farg‘ona va Samarqand voqealari qisqartirilgan.
14. Dehli Milliy muzeyida «Boburnoma»ning «Tarixi tuzukoti Boburiy» deb atalgan forscha tarjimasi saqlanadi: tartib raqami 907. Qo‘lyozma 1218/1803 yilgi Hindistonda ko‘chirilgan, kotibi Abdusamad. Qo‘lyozma boshi va o‘rtalariga Qur’on oyatlari ko‘shilgan. Bunday holat boshqa qo‘lyozmalarda uchramaydi. Qo‘lyozmaning sathi 20x34, matn 10x22 sm. sahifada 15 satr. Qog‘ozi och novvotrang hind qog‘ozi, xati yirik nasta’liq.
15. Aligarxdagi musulmon dorilfununi kutubxonasida «Boburnoma»ning «Voqe’oti Boburiy» deb atalgan nusxasi saqlanadi, saqlanish raqami 25. Bu – qo‘lyozma asarining forscha tarjimasining to‘liq nusxasi. Qo‘lyozma och novvotrang hindlyozma och bitilgan. Tarixi, xattot nomi, ko‘chirilgan joyi ko‘rsatilmagan. Qo‘lyozmaning hamma tomonlarini o‘rganib chiqqan rahmatli domla Hamid Sulaymon XVIII asr oxiri bo‘lsa kerak, degan fikrga kelgan edilar. Qo‘lyozma sathi 14,5x23, 5 sm., matn 9x16,5 sm., 481 varaq.
16. Ana shu kutubxonada asarning «Tuzukoti Boburiy» deb nomlangan yana bir qo‘lyozmasi saqlanadi. Bu nusxa ham forscha tarjima variantidir. Saqlanish raqami 12. Qo‘lyozma Akbarobodda 1887 yili ko‘chirilgan. Hindzmaqlanish yirik nasta’lik xatida ko‘chirilgan. Qo‘lyozma sathi 21x33 sm., matn 11x19 sm., 281 varaq. Xattot Muhammad Viloyat Ali. Bu qo‘lyozma ham asarning qisqartirilgan varianti (Sulaymonova F. Bobur qo‘lyozmalari xorijiy fondlarda. Zahiriddin Muhammad Boburshoh tavalludining 520 yillik yubileyiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman materiallari. - T.: Yozuvchi, 1994. - B. 272).
OTAJONOV N., HOSHIMOVA D.
Otajonov N. "Boburnoma" – sharq elchisi / Otajonov N., Hoshimova D. ; mas’ul muharrir: H. Boltaboyev, H. Qudratullayev; [O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati Davlat pedagogika in-ti]. – Tsh.: Mumtoz so'z, 2010. – B. 124-128. (O‘zbekcha); Рукописи Бабура и династии Бабуридов. В кн. Отажонов Н., Хошимова Д. "Бабур-нама" – посол Востока.
Fikr qoldirish#