Fransiyalik islomshunos, etnograf, tarixchi va adabiyotshunos olim, professor Jan Pol Runing «Buyuk Mo‘g‘ullar tarixi. Bobur» (Artyom Fayar bosmaxonasi. 1986 y.) asari dunyo boburshunosligida qimmatli manba sifatida e’tirof etilgan. Uning Bobur haqidagi qarashlari sodda, real, xalqona va asosli bo‘lib, muallif Boburni tavsif va tasvir etar ekan, kitobxon ko‘z oldida shoh va shoir siymosini borligicha namoyon etadi.
Universitetimizning fransuz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent Ahmadali Mamadaliyev boshchiligida ushbu noyob va ardoqli asarni fransuz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishday savob ishga qo‘l urganliklarini katta jasorat debochasi deb hisoblaymiz. Quyida asardan qilingan ilk tarjimani e’tiboringizga havola qilamiz. Tahririyat.
Jan Pol Ru 5 yanvar 1925 yili Parij shahrida tug‘ilib, 2009 yili 84 yoshida vafot etgan. U Osiyo yirik tillari milliy instituti va Luvr institutida o‘qigan. 27 yoshida milliy tadqiqot markazida ish boshlagan. Luvr institutida professor ilmiy unvonini olgan va u yerda islom san’atidan dars bergan. U Sharq, Osiyo va solishtirma din tarixiga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy asarlar yozgan. U turk va mo‘g‘ul xalqlari tarixi va mifologiyasining bilimdoni sifatida mashhurdir. U Parijda Katta Saroy va Oranjeriyda ikkita katta islom san’ati ko‘rgazmasini tashkil qildi. Shu tariqa jamoaning islom san’atiga bo‘lgan qiziqishini orttirib, 2003 yili Luvr muzeyida Islom san’ati bo‘limini tashkil qildi. Shuningdek, u «O‘rta Osiyo, uning tarixi va sivilizatsiyasi» (1997), «Temurlang» (1991), «Buyuk Mo‘g‘ullar tarixi. Bobur» (1986) asarlarining ham muallifidir.
Nega Bobur? Bu odamni G‘arbda haqiqatan ham kam bilishadi. U bizning tariximizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelgan shaxslardan bo‘lmay, uning ovozasi yoki shamoli, hech bo‘lmasa, uzoqdan bo‘lsa ham bizning ajdodlarimizni titroqqa solmagan va bizning dunyomizdan juda ham uzoqda bo‘lgan, hattoki u biz qanday qilib so‘roqlanishimizni ham bilmaydigan dunyoga (Bizningcha, manba’dagi «biz qanday qilib so‘roqlanishimizni ham bilmaydigan dunyo» jumlasi tahrirga muhtoj. (Sh.R.)) qarashlidir.
Lekin u meni o‘ziga, shubhasiz, rom qilgan shaxslardandir. Ishonchim komilki, yozuvchi o‘zini maftun qilmagan shaxsga o‘zining ko‘p yillik umrini baxshida qila olmaydi. Yoki unga nisbatan qalbida kuchli nafrati bo‘lishi kerak! Iliqlik tarixchiga xos emas. Men ko‘pchilikdan obyektiv bo‘lishlikka, tadqiqotchi nomiga sodiq qolishlikka harakat qilish kerakligi haqidagi chaqiriqlarni eshitaman. O‘ta betaraflik oxir-oqibatda faqat befarqlikdir va befarqlik esa tushunishga, bir qalbning to‘rigacha yetib borishga, voqelikka chuqur baho berishga imkon bermaydi. Bu yerda shijoat kerak, hech bo‘lmasa, ozroq bo‘lsa-da, muhabbat kerak bo‘ladi.
Bu kitobni yozish uchungina Bobur bilan rishtalarni bog‘lamadim, eng birinchi ishim uning nevarasi Akbarning siyosiy faoliyatlariga bag‘ishlangan edi. So‘ng ko‘zlarim qamashib, men uning ajdodlari Hindistonda bunyod qilgan, ta’rifi yo‘q yodgorliklarni: (Manba’dagi «uning [Akbarning] ajdodlari Hindistonda bunyod qilgan, ta’rifi yo‘q yodgorliklar» jumlasi mazmunan xato, zero, Akbarning otasi Humoyun va bobosi Boburshohlardan biron-bir tarixiy yodgorlik qolgani ma’lum emas, zero ularning buyuk xizmati – Hindistonni birlashtirishga asos solgan edilar, xolos. Darhaqiqat, Boburiylar sulolasidan bo‘lmish Jahongir, Shohjahon va Avrangzeb Olamgirlar davrlarida «ta’rifi yo‘q yodgorliklar» bunyod etilgani tahsinga loyiqdir. (Sh.R.)) turk dahosi, islom dahosi va hind dahosini zavq-shavq ila tomosha qildim.
So‘ng uni uchratdim. Qobulda (Manba’da: «Qobul» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Kobul» [ كابل ]; ming afsuslar bo‘lsinkim, Respublika ommaviy axborot vositalari, radio va televideniyeda ham shu kabi xatolar takror-takror uchrab turibdi. Yana:: «Quvayt» – «Kuvayt» [ الكويت ] va boshqalar. (Sh.R.)) kuzning bir kuni edi. Bu davrda shaharning qoq o‘rtasida svetofor chiroqlari, ayniqsa, eshak yoki baland, oyoqlari kerik, beo‘xshov tuyalar karvonini to‘xtatar edi. Men uning qabriga piyoda birin-ketin bejirimgina bog‘lar uchrab turadigan chang tepalik orqali bordim. Men o‘zimni o‘zim aldab, bilmadim, nimagadir bog‘lanib qolib, balki butunlay burkanib olgan bu ayollar yoki quyoshda qorayib butun yuzini chuqur ajinlar bosgan muloyim va jilmayib turuvchi bu chol tufaylimi, yana kim bilsin? Oxirat va jannatni kutib yotgan Bobur qabri ustidagi tosh tufaylimi, uzoq sukutda turdim.
O‘shandan buyon uni hech qachon tark etmadim, uni o‘qidim, uning ba’zi bir she’rlarini yod olishga harakat qildim, ayniqsa, u bosgan izlarni bosishga harakat qildim. U o‘z umri davomida qo‘ygan qadamlarni, uzoq yo‘llarni bosib o‘tishga urindim, xayolini doimo o‘ziga tortib kelgan Samarqandga, uni maftun qilgan Hirotga, zabt qilish xayoli ko‘p qiynagan Qandahorga, orzulari ro‘yobga chiqishini besamar kutgan Qunduzga, Buxoroga, Toshkentga bordim, u tug‘ilgan kichik Andijon shahrini o‘z bag‘riga olgan Farg‘onaga kirishga ruxsat ololmay jig‘i biyronim chiqib, noumid yana Samarqandga qaytdim. Bobur o‘zining Hind sari birinchi yurishlarini amalga oshirgan Chvatning g‘aroyib shahri Ko‘xat (Manba’da: «Ko‘xat» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Ko‘hat». Kobuldan Hindistonga boradigan yo‘l ustidagi kent (hozir Pokiston Islom Respublikasi hududida). (Sh.R.)) orqali Xanbarni (Manba’da: «Xanbar» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Xaybar». Hozirgi Afg‘oniston bilan Pokiston chegarasidagi tog‘ tizmasi. Boburshoh Hindiston tomonga yurishlarida bir necha marta Xaybar dovonidan o‘tgan. (Sh.R.)) kezib chiqdim. Men Dehliga, Agraga, Loharga (Manba’da: «Lohar» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Lohur yoki Laho‘r». Panjobdagi yirik qadimiy shahar nomi. Kobuldan G‘azniga boriladigan yo‘lda joylashgan. Hozirgi Afg‘oniston Islom Respublikasining Vardak viloyati hududida («Boburnoma», 145a, 157b). (Sh.R.)) qaytib bordim. Boburda katta taassurot qoldirgan G‘aznaning janubidagi katta ko‘lni borib ko‘rdim, Maydon vodiysini («Maydon vodiysi». Kobuldan G‘azniga boriladigan yo‘l. Hozirgi Afg‘oniston Islom Respublikasining Vardak viloyati hududida. («Boburnoma», 145a, 157b). (Sh.R.)) kezib chiqdim. Ko‘pincha men Istalif bozoridan chiqib, daraxtlari hozirda juda keksayib, yarim qurigan, aytishlaricha, Bobur tomonidan ekilgan boqqa dam olish uchun borar edim.
Nega Bobur? Tarixga taalluqli bo‘lgan eng buyuk tarixiy shaxslar, shu jumladan, Bobur ham eng barhayotdir. To‘rt yarim asrda hayot tarzi, ijtimoiy va etnik muhit va hayotning yuzlab ikir-chikirlari kam o‘zgardi.
Napoleon haqidagi asarni na Vaterlooga, na Sent Elenga bormasdan turib yozish mumkin. Jizexni («Jizex» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – } جيزه - «Giza». Hozirgi Misr Arab Respublikasining Qohira yaqinida qadimiy ehrom (piramidalar) joylashgan mintaqa. (Sh.R.)) ko‘rmasdan turib «Bu piramidalarning yuksak cho‘qqisidan...» – deb takrorlash mumkin. Afsuski, bunda asar biroz mavqeini yo‘qotishi mumkin, chunki muallif bunda ko‘p narsa yo‘qotadi. Ko‘pincha xonada ishlashga majbur bo‘ladilar, chunki o‘tmish butunlay unutilgan, xaroba toshlar, vayrona shaharlarda birorta ham tirik guvohni topish umididan yiroqda bo‘ladilar, vaholanki yonginalaridagi juda noyob imkoniyatlarni borib ko‘rishni o‘zlariga ep bilmaydilar. Agar voqea sodir bo‘lib o‘tgan bir ish bo‘lsa-da, agar tarix uni qayta jonlantirishga erisholmasa, agar u bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli ekanligini, biz u orqali barhayot ekanligimizni va bizning nabiralarimiz ham o‘z hayotlarini shular orqali davom ettirishlarini tarixchi his qilmasa, tarixning ahvoli ne kechadi?
Bobur hayotini bunchalar ehtirosli qiluvchi jihat bugunda bo‘layotgan, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan narsalarning hozirda ham o‘zaro shunchalar yaqin bog‘liqligidadir. Shaharlar o‘zgargan, lekin hammasi ham to‘la hududlari bilan emas, lekin qishloqlar asl holida qolgan. Men qashshoq, quvg‘in qilingan Bobur yashagan yerdagi odamlarni topa olmadim, lekin qolganlari asliday edi. Choyxonalarda aynan Bobur tanavvul (Manba’da: «tanavvul» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «tanovul» } تناول . (Sh.R.)) qilgan taomlardan yedim, somonli uylarda (Manba’da: «somonli uylar» iborasi chalaroq; to‘g‘risi – «somon suvoqli uylar». (Sh.R.)) uxladim, xuddi o‘sha odamlar bilan suhbatlashdim, Bobur sevgan o‘sha nozik yashil teraklarni va Afg‘on tog‘larida ajabtovur o‘sayotgan ulkan chinorlarni ko‘rdim. Bobur yurgan, onda-sonda uchrab qoladigan to‘rt g‘ildirakli aravalar yonidan ulkan karvonlargina o‘tadigan yo‘llarni yurib o‘tdim. Qopag‘on itlar qo‘riqlayotgan bir necha o‘tovlar joylashgan tepalikka tirmashib chiqdim. Bobur chodir olishga qurbi yetmagan vaqtlarda shunday o‘tovlarda boshpana topgan edi. Men tepaliklar ortidan kutilmaganda chiqib qoladigan, beliga pichoq, yelasiga (Manba’da: «yelasiga» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «yelkasiga». (Sh.R.)) miltiq osgan odamlar qo‘riqlayotgan qora uylarni ko‘rdim. O‘sha qoyalarga biqinib olib, Bobur o‘tganda hujum qilishga shay turgan pistirmadagi odamlarni uchratdim. Bu yerda to‘p-to‘p bo‘lishib, to‘y munosabati bilan o‘zlarining eng go‘zal liboslarini kiyib, raqsga tushayotgan, kuylayotgan odamlar to‘dasi bor edi. Tuyalarning mungli o‘kirishlari ostida ulkan poda ko‘char edi. Bu o‘sha ertasi kuni Bobur talon qiladigan poda edi. Uning chavandozlari hali ham o‘sha yerda, men ularning podsho buzqachisi (Bizningcha, Manba’dagi «podsho buzqachisi» tarzida yozilgan ibora tushunarsiz. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, izoh berilishi lozim, bu nimani anglatadi? (Sh.R.)) ustida yoki cho‘lda yopirilib, qudratli, to‘sib bo‘lmas, o‘z yo‘lida hamma narsani supurib ketishlarini ko‘rdim.
Nega Bobur? Chunki Boburning badiiy asari bizga uning yaxshi sifatlari va kamchiliklari, ayniqsa, kundalik o‘z yaqinlari bilan muomalasi, hayot tarzi, ko‘pincha bizniki ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan chuqur mulohazalarini to‘laligicha namoyon qiladi.
Aytishadiki, Xotiralar (memuarlar) eng yomon tarixiy manbalardir; chunki ular asosan yolg‘ondir (Ma’lumki, Boburshohning «Vaqoye’» } وقايع yoki «Boburnoma» asari Sharq Islom adabiyotida eng birinchi «Xotiralar (memuarlar)» janrida bitilgan asar hisoblanadi. Uning muallifi Boburshoh esa, chin mu’min-musulmonlardan bo‘lgani haqida bahs-munozaraga o‘rin yo‘q ekani dunyo tanqidchi va adabiyotchilari tomonidan tan olingan. Zero, chin mu’min-musulmon yolg‘on gapirmasligi to‘g‘risida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan sahiyh hadislar bordir. Boburshoh bunga to‘liq amal qilgani ham ayni haqiqatdir. Bizningcha, Jan Pol Ru janoblari Yevropa adiblariga tegishli «Xotiralar (memuarlar)» asarlariga baho berayotir. Darvoqe’, uning o‘zi ham «Bu o‘rindagisi unday emas», - deb tan olayapti-ku!... (Sh.R.)). Bu o‘rindagisi unday emas. Yo‘q, chunki Bobur o‘z xatolarini, kamchiliklarini, ojiz tomonlarini tan oladi. Odam Allohga gunohlarini kechirishni so‘rab iltijo qilganda yoki maqtanganda (Odam, (agar u o‘zini banda hisoblasa), Allohga gunohlarini kechirishni so‘rab iltijo qilishi, ya’ni tavba-tazarru qilishi joiz, ammo qanday qilib maqtanishi mumkin? Axir, U Zot bandasining hamma amalidan xabardor-ku? Balki minnat qilishi ko‘zda tutilayotgandir? Ha, noshukr bandaning minnat qilishi ham mumkin... Balki, nasoro dini (xristian)larda shunday qilinar? (Sh.R.)), yetarlicha sofdil bo‘lmasligi mumkin. Lekin u bu yerda aldamaydigan ochiq urg‘u bilan gapiradi. Albatta, unga ba’zibir iqrorlarida biroz tortinishga ham to‘g‘ri keladi, lekin odatda aniq-ravshan, yorqin tili bu o‘rinda voqiylikni (Manba’da «voqiylik» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi - «voqeiylik». (Sh.R.)) hikoya qilishda chalkashliklarga ham yo‘l qo‘yadi, rangsiz bo‘lib qoladi. U o‘zining xolisligini yo‘qotganda, his, ehtiroslarga berilib ketganda – ayniqsa, gap nafratga kelib taqalganda – unda noo‘rinlik yoki bo‘rttirib yuborish ko‘zga tashlanadi. Shunda uning qahr-g‘azabi, orttirib yuborishi uni fosh qilib qo‘yadi. Shu bilan birga, u ko‘plab eng muhim vaziyatlarda nohaqliklarni fosh qilganligi haqidagi o‘z davri guvohliklari yo‘q emas. Agar ular buni qilishmagan bo‘lsa, o‘ylash mumkinki, ular aytishni xohlamagan narsalari tafsilotlari haqida bu ishni qilishmagan edi, deb o‘ylash mumkin (Manba’da «o‘ylash mumkin» iborasi takroran g‘alat yozilgan. Jumla tahrir qilishga muhtoj. (Sh.R.)). Xulosa qilib aytganda, uning xotiralari («Voqiat» yoki «Boburnoma») (Shoh va shoir, qomusiy olim Z.M.Boburning shoh asari aslida «Vaqoye’» وقايع } deb atalgan. Keyinchalik, turli nomlarda aytilib, va nihoyat, «Boburnoma» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. (Sh.R.)) bizgacha yetib kelgan holatida dunyo tan olgan shoh asardir. U Hindistonni eng mukammal ta’riflagan eron geografi Al-Beruniydan (Manba’dagi «eron geografi Al-Beruniy» atamasi biroz bahs va munozarali ko‘rinadi. Balki, fransuzlar yoki yevropaliklar shunday atashsa kerak, ammo Abu Rayhon Al-Beruniyning vatani Movarounnahr ekani aniqku. Beruniyning «Hindiston» asari ona tilimizga tarjima qilingan. Sharqshunos S.Azimjonovaning «Beruni i Babur ob Indii» – «Abu Rayhon Beruniy va Bobir nazarida Hindiston» (Toshkent, 1972, 1973 y.) maqolalari ham mavjud. (Sh.R.)) so‘ng moziydan o‘zi haqida, davri haqida va shu davrda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida eng sara ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan asardir.
Nega Bobur? U har tomonlama ustunlikka ega bo‘lgan davr, Temuriylar uyg‘onish davrida tug‘ilib yashadi. U o‘z davrining mahsulidir. Ayrim zamondoshlarining aytishicha, u hammasidan ko‘ra ham iqbolliroqdir. Sharqiy Eronda (mumtoz Eron, xuddi qadimiy Eron kabi, Movarounnahr va hozirgi Afg‘onistonni to‘la egallagan) XV asrda fan va madaniyat gullab yashnadi va sivilizatsiya musulmon dunyosini o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga chiqarib qo‘ydi. Shubhasiz, doimo quloq eshitmagan mo‘l-ko‘lchilik bo‘lgan davrlarda, ulkan yaratuvchilik bo‘lganidan, ko‘pincha, urf-odatlar buzildi, jamiyat tahqirlandi yoki shubha ostida qoldi va harbiy va siyosiy hayot aql bovar qilmaydigan darajada tanazzulga uchradi. Lekin, albatta, dunyoning bu qismida (boshqa joylarida-chi?) o‘ta nozik did, buyuk chuqur g‘oyalar va usullar, hech qachon ko‘rilmagan bunday hayot zavqi, bunchalar shavq-zavqqa intilish va bunday g‘aroyib jo‘shqinlik hech qachon ko‘rilmagan. Fanda, san’atda, rasomchilikda, qurilishda, raqs, musiqa, adabiyot, hunarmanchilikda (Manba’da «hunarmanchilik» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «hunarmandchilik». (Sh.R.))... bunday cho‘qqilar zabt etilmagan.
Bu muhit, yana bir bor, o‘sha davrda yashagan odamlarga xos edi. Uyg‘onish davrining ko‘p narsalari yo‘qolib ketdi, lekin uning shuhrati bo‘lgan, bugunda ham qad ko‘tarib turgan Samarqand unga dalil bo‘lib turibdi. Hirotning salobati u tufaylidir. Ammo bizning kutubxonalarimizda, muzeylarimizda jilo taratib turgan miniatyuralar mo‘l. Bobur esa o‘z asarida ularga qayta hayot baxsh etdi. Ammo Boburning hayoti o‘z davri uchun, ko‘plar o‘ylaganday, oson bo‘lmagan. Agar ular boshdan kechirilmagan bo‘lsa, bu o‘ylab topilgan narsa bo‘lsa kerak deyish mumkin bo‘lgan davomiy, uzluksiz, aql bovar qilmaydigan sarguzashtlardan iborat.
Bobur o‘n yillar davomida taqdirning hamma ko‘rguliklarini boshidan o‘tkazdi. Uch marta omad unga Osiyoning eng nufuzli Samarqand taxtini in’om etdi, so‘ng uni darbadar chavandozga, ta’qibdagi qochqin, bosqinchilar sardori, Toshkentdagi mo‘g‘ul xonining oldida kamsitilgan saroy ayoniga (Manba’da: «saroy ayoni» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «saroy a’yoni». (Sh.R.)) aylantirdi. Agar u Qobul mamlakatining Qobuliston (Manba’da: «Qobul, Qobuliston» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Kobul, Kobuliston». Yuqorida izoh bergan ham edik. (Sh.R.)) shohiga aylangan bo‘lsa, bu yana o‘zini xavf-xatarga qo‘yish, ko‘zini yanada xavfliroq yumishga (Manba’da: «yumish» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «yumush yoki ish». (Sh.R.)) urinish, aql bovar qilmaydigan qirchillama qish vaqtida Hindu Qush tog‘ini (Manba’da: «Hindu Qush tog‘i» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Hindiqush tog‘i». (Sh.R.)) kesib o‘tish, Hindistonga g‘arot qilish (Manba’da: «g‘arot qilish» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «g‘orat qilish». (Sh.R.)), bosh ko‘targan jangarilardan omon qolishdir.
U o‘z hayoti davomida – to umrining oxirigacha turli ehtiroslar, turfa xohishlar, turli xursandchiliklar va butunlay noumidliklar (Manba’da: «noumidliklar» tarzida g‘alat yozilgan; to‘g‘risi – «umidsizliklar». (Sh.R.)), aqlga sig‘maydigan havoyi orzular, o‘ta oshirib yuborishlar, hamma g‘ayrioddiyliklar, hamma chegaralardan chiqib ketishlar bilan yashadi, erta omadsiz uylanish, yosh yigitchaga ehtiros bilan ko‘ngil qo‘yish, o‘zi sevgan ayolga cheksiz muhabbat bilan bog‘lanib qolish – bu o‘z navbatida boshqa ayollari bo‘lishiga monelik qilmaydi – bir afg‘on qabilasi boshlig‘ining qizi bilan romantik uchrashuvlar, oilasiga fidoyi muhabbat, ayniqsa o‘z qondosh ayollarga, aql bovar qilmaydigan darajada do‘stlikka sadoqat; uni o‘lib qoladi deyishgacha olib boradigan og‘ir kasalliklar; hayratlanarli rostlik, musulmon dini aqidalariga sodiqlik, uyatli va bir muddat gunohli ishlarni boshidan o‘tkazishni boshidan o‘tkazgan (Manba’da «gunohli ishlarni boshidan o‘tkazishni boshidan o‘tkazgan» iborasi takroran g‘alat yozilgan (tovtologiya). Jumlani tahrir qilish zarur. (Sh.R.)). U gunohlardan qo‘rqib yashadi va ko‘p yillar davomida u bunga o‘zini tuta olmay berilib ketdi; qalb iztiroblarida va chin tavbalarida; uni ojiz qilib ko‘rsatadigan doimiy ko‘ngilchanlik va imperiya qurish yo‘lida dushmanlarining kesilgan boshlaridan minoralar tiklatgan to‘satdan kelgan qahr ichida yashadi. Jismonan va aqlan buyuklik ato etilgan Bobur o‘ta mag‘rur, ayniqsa, or-nomusli, g‘ayrioddiy odam edi.
Bobur tarixning eng buyuk shaxslaridan edi. U eng nufuzli jahongirlardan; osmonda yarq etib nur sochib o‘tib, insoniyatni hayratda qoldirib qo‘yadigan yorqin yulduzlardan emas edi. Bu nuqtai nazardan qaraganda, u Iskandar Zulqarnayn (Sharq adabiyotida «Iskandar Zulqarnayn» nomi bilan mashhur bo‘lgan Makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi Iskandar Faylaqus (Makedoniyalik Aleksandr, (mil. av. 356, Pella – 323, Bobil) – fransuzlarda qanday nom bilan yuritilsa, shunday nom bilan tarjima qilish zarur, deb o‘ylaymiz, masalan, ruslar «Aleksandr Makedonskiy» deyishadi. «Boburnoma»da «Iskandar Faylaqus», deb tilga olingan. (Sh.R.)) va Sezardan ustun emas edi. U o‘z darajasi doirasida, Iskandar o‘z darajasida butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan bo‘lsa-da, Boburning tomirida mo‘g‘ul va turk qonlari oqayotgan bo‘lsa-da, uni Chingizxonga yoki Temurlanga (Manba’da: «Temurlanga» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Temurlangga». (Sh.R.)) qiyoslab bo‘lmagan bo‘lar edi. (Manba’da «qiyoslab bo‘lmagan bo‘lar edi» iborasi – tovtologiya; uni tahrir qilish zarur. (Sh.R.)) Biroq u buyuk jahongir edi. O‘z g‘alabalari shu’lasi bilan uni bosib ketadigan jahongirlaridan uning 12 mingdan oshmagan kishi bilan qirg‘inbarotsiz, katta vayronalarsiz, o‘ta tejamkorlik bilan qilgan amali abadiyroq va sermahsulroqdir.
U tamal toshini qo‘ygan, keyinchalik Buyuk Mo‘g‘ul imperiyasi nomini olgan turk yoki, aniqroq qilib aytganda, movarounnahrlik – eng uzoq hukm surgan, tarixning eng buyuk siyosiy va madaniy ro‘yobi bo‘ldi. (Manba’da «tarixning eng buyuk siyosiy va madaniy ro‘yobi bo‘ldi» iborasi g‘alatroq; bizningcha, «tarixdagi eng buyuk siyosiy va madaniy tarzda amalga oshishi bo‘ldi», deyilsa qanday bo‘larkin? (Sh.R.)) Uning o‘g‘illari va nabiralari uning ishini butun Hindiston bo‘ylab mustahkamladilar. Ularning nomlari hali ham hammaning yodida: Humoyun, Akbar, Jahongir, Shoh Jahon, Avrangzeb. 1756 yilgi Britaniyaning istilochilik yurishi Hindistonni talagan bo‘lsa, 1857 yilgi Sipay qo‘zg‘olonidan (Manba’da «Sipay qo‘zg‘oloni» iborasi xato; to‘g‘risi – «Sipohiylar qo‘zg‘oloni» tarixan ma’lum. (Sh.R.)) keyingacha nomigagina uni o‘z holicha qoldirdilar. Shunda, quloq eshitmagan narsa, u qulatgan tojni 1877 yili Angliya qirolichasi yerdan ko‘tarib olib, o‘z boshini bu toj ila bezadi va Boburning vorisi sifatida bu imperiyani tikladi. Bobur asos solgan imperiya barham topmaydi, faqatgina Hindistonning mustaqillikka erishishi va 1947 yili parchalanib, qulashigacha u tojdorni o‘zgartiradi, xolos.
Henri do‘ Manterlan (Manba’dagi «Henri do‘ Manterlan» ismi biz, o‘rtaosiyoliklar, uchun noma’lum shaxs. U kishi haqida izoh berish zarur, deb o‘ylaymiz. (Sh.R.)) «ko‘p hollarda buyuk odam bilan mashhur odamni almashtirib yuboradilar» (Ushbu joyda «almashtirib yuboradilar» iborasini «almashtirib qo‘yadilar» desak, ma’qulroqmikan? (Sh.R.)) deganda haq edi. Bobur biz tomonlarda mashhur odam emas, u oddiygina buyuk odamdir.
ADU dotsenti Ahmadali Mamadaliyevning fransuz tilidan tarjimasi. Andijon yoshlari. – Andijon yoshlari. Ijtimoiy-ma’rifiy gazeta. 2019- yil. 9- fevral, № 2-3, B.7. (O‘zbekcha); Жан Поль Ру. Просто Великий Человек.
Fikr qoldirish#