Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Akbarshohning ajdodlari va bolalik yillari

“Bundan 400-yil ilgari Ost Indiya kompaniyasi o‘z nizomini qabul qilganida, Hindistonda sizlarning buyuk podshohingiz Akbar taxtda hukmdorlik qilayotgan edi. Bu buyuk zotning davlatni boshqarish siyosati tarixda siyosiy va diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida olib borilgan eng oliymaqom hukmdorlik namunasi bo‘lganligini eslatib o‘tishga ruxsat bergaysizlar. Ishonchim komilki, bizning bugungi ma’muriy va siyosiy arboblarimiz ham undan namuna olganlar. Yaqin tarixdan ma’lumki, britaniyalik yoki hindistonlik hukumat rahbarlari har doim ham Akbar tamoyillariga to‘la rioya qilib keladilar. Lekin men, biz yashab turgan dunyo xalqi haqqi-hurmati, Yaratgandan shuni tilardimki, bundam buyon ham ana shu buyuk hukmdor bizga o‘rgatgan tamoyillarga sodiq qolsak”.


(Lord Maunt Batten, Buyuk Britaniya qirolining Pokistondagi bosh voliysi. Pokiston davlati tashkil etilib, unga hokimiyat topshirilishi marosimida so‘zlagan nutqidan. 1947-yil, 14-avgust).


“Zamon va makonning barcha shart-sharoitlarini hisobga olgan holda mulohaza qilib ko‘rsam, adiblar davrasida Shekspir qanday mavqeda tursa, o‘tmishdagi hukmdorlar davrasida Akbarshoh ham ana shunday mavqeda turadi. Shu bois men Akbarshohning hoki avaylab saqlanayotgan maqbarani chuqur hurmat va ehtirom bilan ziyorat qildim”. (U.X. Sliman, ingliz sayyohi va tarixnavisi).


Humoyun keyin bir chinni likob chiqartirib, kissasidagi mushkdonni oldi va undagi mushkni likobga to‘kdi-da, atrofidagi hamrohlariga ulashib dedi: “O‘g‘limning tavalludi munosabati bilan sizlarga beradigan suyunchim mana shu, xolos. Xudo xohlasa, bir kun kelib, mana shu mushkning hidi uyni to‘ldirgani kabi o‘g‘limning shon-shuhrati ham butun olamga taraladi”.


(Xumoyunning shaxsiy xizmatkori bo‘lgan Javhar Oftobachining Humoyun Sind vohasi cho‘llarida quvg‘inda yurgan paytida o‘g‘li Akbarning tug‘ilgani haqida xabar kelganda, bu quvonchli voqeani qanday nishonlagani xususida bayon etgan xotirasidan)


Akbarshohning ajdodlari kim edi? Ular Hind zaminiga qayerdan kelib qolishgan va qanday insonlar edi?


Hindistonga fotih sarkarda sifatida kelib, u yerda boburiylar saltanatiga asos solgan Akbarshohning bobosi Boburshoh o‘zining “Boburnoma” deb atalgan mashhur asarida “Hindistonni fath etish ishtiyoqi hamisha yuragimni o‘rtab kelardi”, degan edi. U o‘z fikrida davom etib, bu o‘lkaning ma’lum qismi bobokaloni Temurbek va uning valiahdlari mulki bo‘lganini ta’kidlab, “Men bu mulkni o‘z mulkim deb bildim va uni yo tinch yo‘l bilan yoki kuch bilan olishga qaror qildim”, deb yozadi.


Berk S.M. Akbarshoh – Boburiylarning eng buyugi / ingliz tilidan G‘. Sotimov tarjimasi; mas’ul muharrirlar: H. Boltaboyev, M. Mahmudov. –T. : MUMTOZ SO‘Z, 2009. – B. 9-10. (O‘zbekcha);

Предки Акбаршаха и его юношеские годы. В кн.: Берк С.М. Акбар-шах – самый Великий из Бабуридов.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0