(Bismillohir Rahmonir Rahiym) O‘zining Zoti va ulug‘vorligi bilan yagona bo‘lgan hamda sifatlari va ismlari bilan tanho bulgan Alloh [jalla jaloluhu]ga (Manba’dagi: «Alloh [jalla jaloluhu]» kalimasi quyiroqda yana bir necha «Asmoul-husno» – go‘zal ismlar orqali ifoda etilgan. Chunonchi: al-Kofiy; Alloh; Alloh azza va jalla; Janobi Haq ta’olo; Zot; U; Hazrati Parvardigor; Hazrati Haq; Hazrati Haq jalla va alo; Hazrati Haq ta’alo; Haq; Haq jalla jalolohu; Haq subhonahu; Haq subhonahu va ta’olo; Haq ta’olo kabi. (Sh.R.)) hamdlar bo‘lsin. Va salovatlar bo‘lsin shunday Zot, ya’ni Muhammad alayhissalomgakim, (Manba’da: «Muhammad alayhissalom» kalimasi ham yana bir necha sifat-murodif (sinonim) atoqli otlar orqali ifoda etilgan. Chunonchi: Muhammad alayhi[s-]salom; Muhammad Rasullohu sallallohu alayhi va salam; Nabiy; Nabiy sallollohu alayhi va sallam; Payg‘ambar alayhis salom; Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam; shunday Zot; Hazrati Muhammad sallalohu alayhi va sallam; hazrati Risolat; Hazrati Risolat sallalohu alayhi va sallam, kabi; Ammo, «Muhammad Rasullohu sallallohu alayhi va salam» xato, to‘g‘risi – «Muhammad Rasulullohi sallallohu alayhi va salam»; «sallallohu» so‘zi gohida «sallollohu» tarzida yozilgan. (Sh.R.)) uni fanoga yetkazgandan so‘ng, barcha sifatlari bilan unga tajalliy qildi va ummatning barcha toifalarini mukammal qilish va barcha xaloyiqni hikmat bilan orasta qilishi uchun unga mukammal hikmatlarni ato qildi. Yana uning oilasi, do‘stlariga (Manba’da: «do‘stlariga» tarzida so‘zma-so‘z o‘girilgan. Deyarli barcha islomiy manbalarda «as’hoblariga» so‘zi ishlatiladi. (Sh.R.)) ham salovatlar bo‘lsinki, ular Uning boqiy jamoli chehrasidan pardalarni ko‘tardilar. Shundan so‘ng (ma’lum bo‘lsinki), bu muxtasar (risolaning) yozilish sababi shu ediki, bu faqir (ya’ni Xoja Ubaydulloh Ahrorning)ning otasi, Alloh uning va bizning amallarimizni qabul qilsin, menga nisbatan bo‘lgan ishonchi tufayli bu faqirga amr qilib («Risolai volidiya» (Toshkent, «Yozuvchi», 1999)ning noshiri S. Hasanov risolaga yozgan So‘z boshisida «Xoja Ahror ushbu risolani o‘z otasining iltimosiga binoan...» deb yozadi. Xoja Ahrorning o‘zi esa «...menga nisbatan bo‘lgan ishonchi tufayli ... amr qilib...», deb yozganining guvohi bo‘lib turibmiz. (Sh.R.)): «Bizga avliyolarning so‘zlaridan bir narsa yozib berginki, unga amal qilish o‘qish va dalillar bilan hosil bo‘lmaydigan ulug‘ maqomotlarga yetilish va haqiqiy ilmlarni hosil qilishga sabab bo‘lsin. Chunonchi, Nabiy sallollohu alayhi va sallam ayttilar: «Qolan Nabiyyu alayhis-salomu man amila bilda (Manba’da: «bilda» tarzida xato yozilgan va «amila bihi» { عمِلَ بِهِ }– [‘amila bihi] – unga amal qilsa, – degani. (Sh.R.)) alima va rasahullohu (Manba’da: «alima va rasahullohu» tarzida xato yozilgan. Aslida «allama varasahullohu» {علّم ورثه الله}bo‘lishi kerak. (Sh.R.)) ilma mo lam ya’lam» («Risolai Volidiyya»ning tarjimasi. Sharqshunos M.Hasanov bilan hamkorlikda tayyorlandi; Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Kimki bilganiga amal kilsa, Allohu ta’olo bilmagan ilmini ham bildiradi». (Ushbu maqola muallifining izohi)). Biz faqir bu amrga bo‘ysunishni o‘ziga vojib deb bildi. Chunki Hazrati Parvardigorga adabda bo‘lish shuni taqozo qiladi. Zeroki, Haq ta’oloning bu faqirga iltifoti, avalo, ular, (ya’ni, ota)ning vositasi tufaylidir. Ba’zi (olim)larning adab tahqiqi haqida aytishlaricha, Hazrati Parvardigorga nisbatan bo‘lgan adab shundaki, kimki Parvardigorning ko‘magini qabul qilgan bo‘lsa, bu ko‘mak ta’siri tufayli u (ota)ning ta’zimini vojib deb biladi. Chunki bu ta’zim ham: «Va ilayhi turja’ ul-umur» (Va barcha ishlar unga qaytarilur. (Ushbu maqola muallifining izohi); Qur’oni karim, Baqara surasi (2:210): «Va barcha ishlar Yolg‘iz Allohga qaytarilajak» deb, tafsir qilingan. Ushbu va undan keyin Qur’oni karim oyatlari Shayx Alouddin Mansur hazratlari tarjimasidan foydalandik. (Sh.R.)) hukmi bo‘yicha ul Hazrat (ya’ni, ota)ga tegishlidir. Bu muxtasar (risola)da ma’rifatning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan narsalar zikr qilindi: Bu muxtasar (risola)ga nazar qiluvchilardan iltimos shuki, muallifni o‘rtada ko‘rmasinlar va qalam kotibning ko‘lida bo‘lganidek, uni ham Haq ta’oloning tasarruf qo‘lida deb bilsinlar. Uni orada ko‘rmasinlar, o‘zlarini bir toifa qatorida ko‘radilarki, bu toifaning ilmlari Haq ta’olodan bevosita hosil bo‘lgan bo‘ladi. Chunki majoziy vujud ular uchun yo‘q hukmidadir. Chunonchi, ba’zi oriflar ilm ahli bo‘lgan donolarga xitoban aytdilar: «Sizlar rasmiy (diniy va dunyoviy) o‘lik ilmlaringizni o‘liklardan olgansizlar. Biz esa ilmlarimizni o‘lmaydigan, doimo tirik Zot, ya’ni, Allohdan olganmiz. Kimki ilmni Undan o‘zgadan olgan bo‘lsa, uning hukmi bizning nazarimizda hech narsa hukmidadir. Orif uchun, albatta, Allohdan o‘zga ko‘makdosh yo‘q. Allohdan ko‘mak tilayman va Unga tavakkal (Manba’da: «tavakkal» tarzida xato yozilgan va «arabcha {تَوَكُّلٌ} (tavakkul) so‘zi ba’zi lug‘atlarda ko‘rsatilganday «bo‘lsa-bo‘lmasa» degani emas, balki «suyanish; ishonish, ishonib topshirish» kabi ma’nolarga egadir. (Sh.R.)) qilaman. Allohdan o‘zga kuch va qudrat yo‘q». «Qolallohu ta’olo: «Mo xalaqtul-jinna insa (Manba’da: «Mo halaqtul jinna va insa...» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Va mo xalaqtu-l-jinna va-l-insa...» {... وما خلقت الجنة والإنس}. (Sh.R.)) illa liya’buduni» (Va-z-Zoriyot, 56-oyat: «Jinlarni va odamlarni O‘ziga ibodat kilish uchun yaratdim». (Ushbu maqola muallifining izohi); Tarjima xato, zero Qur’oni karim, Voz-Zariyot surasi (51:56), Mufassir tafsiri: Men jin va insni faqat O‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. (Sh.R.)). Mufasirlarning (Mufassir – Kur’on oyatlarini tafsir qiluvchi kishi. (Ushbu maqola muallifining izohi)) aytishlaricha, oyatdagi ibodatdan murod ma’rifatdir, chunki ibodat zohiriy amallar(Ma’nosi: «ko‘zga ko‘rinib turgan ishlar». (Sh.R.))ga taalluqlidir. Ammo uni zohirga ta’min qilinsa, to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki xilqat (yaratish)dan murod zohir amallar emas, balki zohiriy amallar ma’rifatga tobe’dir va maqsud aslida shudir. Ba’zi so‘fiylar «liya’buduni» (Ma’nosi: «O‘zimga ibodat qilishlari uchungina». (Sh.R.)) (so‘zi)ni o‘z asl ma’nosida qoldirganlar, chunki ularning nazarlarida ibodat zohir amallar va botin amallar(Ma’nosi: «[ko‘zga ko‘rinib turgan ishlarning] ichki mazmuni; murod-maqsad». (Sh.R.))ni o‘z ichiga oluvchidir. Ma’rifat esa faqat botiniy amal bo‘lib, bunday ta’vil(Ma’nosi: «tushuntirib berish, sharhlash». (Sh.R.))ga muhtoj emas. Barcha haqiqatni tahqiq (Ma’nosi: «tadqiq qilish». (Sh.R.)) qiluvchilar shunday fikrda yakdildirlarki, ma’rifat Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga tobe’liksiz hosil bo‘lmaydi va tobe’ bo‘lish esa tobe’ bo‘lish zarur bo‘lgan narsani bilishga bog‘liqdir. Bas, Payg‘ambar alayhis salom so‘zi, fe’li va holati bor. Uning so‘zi tilga bog‘liq, fe’li zohirga bog‘liq, holi bor. Uning so‘zi tilga bog‘liq, fe’li zohirga bog‘liq, holi esa botinga bog‘liq. So‘zda Nabiy sallalohu alayhi va sallamga tobe’ bo‘lish shundayki, so‘zda Uning shariatiga xilof nima narsa bo‘lsa, uni aytmaydi, masalan, g‘iybat, yolg‘on hamda birorta musulmonga aziyat beruvchi so‘z va boshqalar. Bordi-yu, biror so‘z aytsa, bu so‘z uning qalbini nurli qiladigan bo‘lsin, masalan, Qur’onda o‘qish, hazrati Risolat (Ya’ni, Rasululloh, Payg‘ambar. (Sh.R.)) sallalohu alayhi va sallam ta’yin qilgan ma’sura duolar ([Arabcha]: ad’iyai ma’sura – alayhis salom va sahobalar o‘qitgan va ta’yin qilgan duolar. (Ushbu maqola muallifining izohi)), Alloh bandalarini Uning shariatiga tobe’ qilish uchun aytilgan targ‘ib so‘zlari. Kur’on va duolarni o‘qishda shunday yo‘l tutsinki, uning tili dilidagi narsani izhor qilsin, bordi-yu shunday bo‘lmasa, bu yolg‘on guvohlikdir. Agar Kur’on o‘qishda savodi yo‘q bo‘lsa, ko‘nglida bu Alloh azza va jallaning kalomi deb e’tiqod qilsin va to‘liq ta’zim bilan o‘qishga kirishsin. Fe’lda Nabiy sallalohu alayhi va sallamga tobe’lik shundayki, zohirini shariat bilan muayyan qilsin, sunnat va odoblarni tark etmasin, uni qanchalik tark etsa, shuncha nuqson paydo bo‘ladi. Qo‘li va boshqa a’zolari bilan mo‘min birodarlar nimaga muhtoj bo‘lsa, shu sohada yordam berishning barchasi, xususan, tavajjuhi Janobi Haq ta’ologa bo‘lgan toifaga yordam berish nur va safodir. Chunki Hazrati Haq ularni o‘z muhabbati uchun yaratgandir. Va ularni do‘st tutsinki, ularning diqqati hamisha janobi Haqqa qaratilgandir. Chunki ularning qalblarida Uning jamolini ko‘rsatuvchi oynadir. Bashariyatlik sababli ularda yeyish, ichish, manzil va libosga diqqatlari jalb bo‘lsa, bu paytda shu narsalarga bog‘liqlik miqdoriga qarab, ularning dil oynalarida g‘ubor paydo bo‘ladi va g‘uborning miqdoriga muvofiq o‘shal jamolni mushohadasidan uzoqqa tushadilar. Har bir sohib davlatga Haq subhonahu va ta’olo tavfiq berib, ularning ehtiyojlarini qondirsa, ularga bu zotlarning ma’naviy olamidan nasibalar yetadi. Chunki ular muhtoj bo‘lgan narsa qo‘llariga yetsa ularning dillari yana o‘z holiga qaytadi. Shunday qilib, go‘yo u kishi bu zotlarning diqqatini yana Haqqa qaytargan bo‘ladi. Bu so‘zning yanada yaxshiroq ta’rifi shuki, muhtoj bo‘lgan bunday zotning hojatini chiqargan kishi Allohning al-Kofiy ismi ta’siriga yetishgan bo‘ladi. Biroq, sharti shuki, bu sifatning sodir bo‘lishi uchun shukr qiluvchi bo‘lishi kerak, chunki shukr bu holda o‘zini o‘rtada ko‘rmaganlikka dalildir. Hadisda ham kelginkim, har kim ilohiy xalqlardan biri (Manba’da: «ilohiy xalqlardan biri» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «ilohiy xulqlardan biri». (Sh.R.)) bilan xulqlangan bo‘lsa, do‘zax olovining u kishi bilan ishi yo‘q. Nabiy sallalohu alayhi va sallam botinida nafs, dil, sir va boshqa martabalar bo‘lib, bu martabalardan har bir martabaga Hazrati Haq bir kamol ato qilgandir. Shu martabaga yetishishda va Nabiy sallallohu alayhi va sallamga tobe’ bo‘lishda modomiki, qaysi narsaga tobe’ bo‘lishga anbiyolar va avliyolardan hech biri qodir bo‘lmasa-da, biroq har bir kishida tobe’lik miqdoriga muvofiq Nabiy sallalohu alayhi va sallam kamolotidan nasiba bordir. Nabiy sallalohu alayhi va sallamning nafs martabasiga tobe’lik havoyi nafsga qarshilik qilish va shariatga xilof narsalarga mayl qilishdan o‘zini tiyishdir. Agar bu ishda davom etsa tobe’ bo‘lgan nafs Nabiy sallallohu alayhi va sallamning nafsiga munosabat hosil qiladi. Va munosabat miqdoriga muvofiq tobe’ naf sifatlarini o‘zi tomon tortadi, chunonchi, pilik dud (kuya)( Forscha «dud» so‘zining «kuya»dan boshqa «tutun» ma’nosi ham bor. (Sh.R.))ga ega bo‘ladi, dud orqali esa otashga munosabat hosil qiladi va bu munosabat tufayli olovni o‘ziga tortadi. Uning sifatlaridan o‘ziga qancha miqdor tortsa, shuncha miqdor taqlid darajasidan taraqkiy topadi. Shu qiyosda har bir martabaga tobe bo‘lsa, tobe’lik miqdoricha o‘sha martabaga munosabat hosil bo‘laveradi. Va shu martabaga nisbatan bo‘lgan munosabati miqdoriga qarab shu martabaning kamolotidan unga nasiba yetishadi. Agar tobe’lik kamolga yetsa: «Qul ni (Manba’da: «ni» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «in». (Sh.R.)) kuntum tuhibbunalloha fattabi’uniy yuhibbikumullohu...» (Oli Imron. 31-oyat. «Aytingki, ey insonlar, sizlar Allohu ta’oloni sevsangizlar, menga tobe’ bo‘linglarki, Allohu ta’olo sizlarni ham do‘st tutadi». (Ushbu maqola muallifining izohi); Shu oyati karimaning oxirgi kalimasi arabiyda: «yuhibbikumullohu» tarzida emas, balki اللهُ يُحْبِبْكُمُ shaklida yozilgan va u «yuhbibkumullohu...» deb o‘qiladi. Qur’oni karimga boqib ko‘ring. Mufassir tafsiri: Ol-i Imron (3:31). (Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam), ayting: «Agar sizlar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. (Shunda) Alloh sizlarni sevadi...». (Sh.R.)) oyatining hukmi bo‘yicha Hazrati Haqni do‘st tutadi va o‘z sirlariga mahram qiladi. Darhaqiqat, bu do‘stlik Hazrati Muhammad sallallohu alayhi va sallamga oiddir, chunki Haq ta’oloning bu bandini do‘st tutishi va bandaning Nabiy sifatlari bilan bezanishi esa Allohning fazlu karami tufayli bo‘lib, agar sen yaxshilab qarasang, Hazrati Haq jalla va alo bu martabalarning har biri martabasida o‘zidan o‘zgani do‘st tutmagandir. Yuhibbuhum va yuhibbunahu chi iqror ast, Ba zeri parda magar xeshro xaridor ast. U ularni sevadi va ular Uni sevadi» kalimasi qanday iqrordir? Parda ostida nahotki O‘ziga xaridor bo‘lsa! Chunki sohibjamol kishining oynai do‘st tutishi oyna bo‘lgani uchun emas, balki unda o‘zini mushohada qilgani uchundir. Demak, aslida U o‘zini do‘st tutganidir. Hazrati Haq ta’olo anbiyo va avliyyolarning vujud oynalarida ularning iste’dodlarining miqdoricha zoti va sifoti bilan tajalliy qilgandir. Tajalliyot asarlarining zuhur qilishi har bir oynaning iste’dodiga muvofiq ko‘proq bo‘ladi. «Va laqad fazzalna ba’za-n-nabiyyina ala ba’zin» oyati mana shu fazilatga ishoradir. Muhammad Rasullohu (Manba’da: «Rasullohu» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – {رسول الله} [Rasūlu-l-lāhi] – «Rasulullohi». (Sh.R.)) sallallohu alayhi va sallamning iste’dod oynasi barcha nabiylardan mukammal bo‘lgani uchun Zot, ismlari va sifatlarning tajalliyot sifatlarining zuhuri barcha nabiylarnikidan mukammalroq zohir bo‘ldi. Nabiyning ummatlari uchun tobe’lik ummatlari uchun tobe’lik (Manba’da: «ummatlari uchun tobe’lik» iborasi ikki marta takroran yozilgan. (Sh.R.)) tufayli boshqa ummatlarga nisbatan ortiqroq nasiba bo‘lib, «Kuntum xayra ummatin» (Oli Imron. 110-oyat. «Ey musulmonlar, sizlar insonlarning hidoyatlari uchun yuborilgan jamoaning nihoyatda yaxshisidursizlar». (Ushbu maqola muallifining izohi); Mufassir tafsiri: Ol-i Imron (3:110). «(Ey ummati Muhammad), sizlar odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz».(Sh.R.)) xil’atini ularga kiydirganlar. Shuning uchun ham Payg‘ambar sallalohu alayhi va sallam buyurdilar: «Ba laqad (Manba’da: «Ba laqad» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Va laqad» { لقد و } (ûa laqad). (Sh.R.)) tamanna isna ashara nabiyyan annahum konu min ummatiy» (Va batahqiq o‘n ikkita nabiy meniig ummatimdan bo‘lishini orzu qildilar».(Ushbu maqola muallifining izohi); Manba’da ushbu hadis kim tomonidan rivoyat qilingani va «sihohi sitta»ing qaysi birlaridan olingani haqida ma’lumotlar yo‘q. (Sh.R.)). Chunki bu nabiylar Uning, ya’ni, Muhammad alayhi salom(Manba’da: «Muhammad alayhi salom» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi: Muhammad alayhi-s-salom. (Sh.R.))ning barchadan komilroq ekani va boshqalarda yo‘q kamol Unda mavjudligini bilgan edilar. Va yana bu kamolning hosil bo‘lishi Unga tobe’ bo‘lishda ekanini bilgan edilar. Ularning ulug‘ himmatlarini bunday kamol ularda ham bo‘lishini taqozo qildi. Demak, ma’lum bo‘ldiki, Hazrati Risolat sallalohu alayhi va sallamga tobe’ bo‘lmay, ulug‘ martabalardan birorta martabaga yetib bo‘lmaydi. Bas, bilmoq kerakki, Unga mukammal tobe’ bo‘lish dinni Haqdan o‘zgaga bog‘liq bo‘lmasligidadir. Aloyiq Garchi muhabbat Allohning atosi bo‘lsa-da, biroq bu otaning zohir bo‘lishi (Manba’dagi: «Garchi muhabbat Allohning atosi bo‘lsa-da, biroq bu otaning zohir bo‘lishi...» iborasida «ato» va «ota» so‘zlari ikki xil shaklda xato yozilgan-u, avvalgisi to‘g‘ri edi. Zero, {عَطَاءٌ } (‘atā ’un) – «ato» so‘zining lug‘aviy mazmuni: «hadiya, sovg‘a; xayriya» bo‘lsa-da, kontekst mazmuniga binoan «berilgan ne’mat» ma’nosiga yaqindir. Mazkur iborani: «Garchi muhabbat Allohning bergan ne’mati bo‘lsa-da, biroq bu ne’matning paydo bo‘lishi...» deb izohlasak to‘g‘ri bo‘lur, deb o‘ylaymiz. (Sh.R.)) darajama-daraja sharoitga qarab hosil bo‘ladi. Buning sarmoyasi esa dilni Undan boshqa narsalardan xoliy qilishdir. Buning esa yo‘li bor va u shundayki, avvalo, mahbubning nomi tilga olinadi va dilda bu Uning nomi ekani haqida fikr qiladi. Bu shunday bo‘lishi kerakki, hech vaqt bu holdan g‘olif [?! – (g‘ofil?) Sh.R.] bo‘lmasligi lozim. Oxiri shu holda yetdiki, uning dilida nafs hadisi (so‘zlari) o‘rniga shu fikr hokim bo‘lsin (Manba’dagi ushbu jumlani «Oxiri shu holatga yetsinki, uning dilida nafs hadisi (so‘zlari) o‘rniga shu fikr hokim bo‘lib qolsin», - deb tushunsak, to‘g‘ri bo‘lurmikan? (Sh.R.)). Agar bu holga yetsa, buni aslo tark qilmasin va bunga doimiy mashg‘ul bo‘lsin, oxiri shu holda yetdiki, bu fikrdan qalbiga lazzat hosil bo‘ladi. Uning dili boshqa barcha lazzatlardan kesilib, to shu lazzat qolmaguncha bu ishga doimiylik ko‘rsatsin. Shunda diling (Manba’da: «diling» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «dilning». (Sh.R.)) bog‘liqligi Undan o‘zga narsaga bo‘lmaydi va hamma vaqt Dili unga mashg‘ul buladi. Chunonchi u ko‘nglini majburan boshqa narsaning muhabbatiga qaratmoqchi bo‘lsa, buning uddasidan chiqmaydi. Shu paytda unga mukolama (o‘zaro so‘zlashuv) va munojot (sirlashuv) muyassar buladi. Chunonchi, agar so‘zlasa, U bilan so‘zlashadi, har bir narsaga nazar solsa, guyo Uni ko‘radi. Nazm: Az baski du diyda dar xayolot doram, Dar har chi nazar kunam tu mepindoram. Mazmuni: Ikki ko‘zum Sening xayolingda bo‘lgani uchun, Nimaga qarasam, uni Sen deb o‘ylayman. Bu martabada uning uchun g‘oyib bo‘lmaydigan huzur hosil buladi va uning dil ko‘ziga Uning jamolidan to jamoling (Manba’da: «jamoling‘» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «jamolini». (Sh.R.)) ko‘ra olsin uchun bir quloq ato qiladi, sirlashish uchun bir til ato qiladi. Shu holda (Manba’da: «holda» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «holga». (Sh.R.)) yetganda zohiriy mashg‘ulotlarga ma’naviy aloqalar to‘sqinlik qilmaydi. Chunki botinda Haq subhanuga (Manba’da: «subhanuga» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «subhonahuga». (Sh.R.)) yetishib. mushohada va munojotda u bilan, zohirda xalq bilan bo‘ladi. Va solikning balog‘ati shunga ishoratki, chunonchi Robi’a raziyallohu anho aytadi: Inniy ja’altuka fi-l-fuvodi muhaddasiy (Manba’da: «fi-l-fuvodi muhaddasiy» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «fi-l-fuodi muhaddisiy». (Sh.R.)), Va abahtu jismiy li man aroda julusiy. Fa-l-jusmu (Manba’da: «Fa-l-jusmu» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Fa-l-jismu». (Sh.R.)) minniy li-ljalisi muvonisun, Va habibu qalbiy fi-l-fuvodi anisiy (Ushbu ruboiydagi: «fuvod», «muvonisun», «anis(iy)» kabi so‘zlarning arabiy yozilishi va o‘qilishi biroz noaniqroq. Transkripsiya qoidasiga amal qilsak, quyidagicha yoziladi: {فؤاد، مؤانس،أنيس }{fu ‘ād, mu ‘ānis, aniys(iy)}. (Sh.R.)). Mazmuni: Seni yuragimda suhbatdoshimga aylantirdim, Jismimni esa men bilan suhbatdosh bo‘lishni xohlovchi[ning ixtiyori – Sh.R.]ga qo‘ydim Demak, jismim suhbatdosh uchun ulfat, Qalbim muhbubi esa dilimga ulfatdir. Az darun shav oshinovu v-az durun begonavash, Inchunin zebo ravish kam mebuvad andar jahon. Mazmuni: Ichdan do‘st bo‘l, tashdan begona, Bunday yo‘l jahonda kam bo‘ladi. Har bir sohib davlat uchun Haq subhanuhuga (Manba’da: «Haq subhanuhuga» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «Haq subhonahuga». (Sh.R.)) bunday aloqa hosil bo‘lib, ruhi badanidan judo bo‘lgach, hech bir mo’neliksiz (Manba’da: «mo’neliksiz» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «mone’liksiz» - {مانع ليكسيز}. (Sh.R.)) ittisol (yetishish) hosil bo‘ladi, chunki dil doimiy tirikka aylanadi. Garchi unga visol hosil bo‘lsa-da, biroq bashariyat taqozosi bo‘yicha, goh-goh bir nozik parda uning dilida paydo bo‘ladi. Ruh badandan ajralgach, bashariyat sababli yuz bergan parda yo‘q bo‘ladi. Demak, ruh badandan judo bo‘lgach, to‘siqsiz ittisol (yetishish) hosil bo‘ladi. Buning uchun bir misol bor va u shundayki, asar (Manba’da: «asar» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «agar» {أگر}. (Sh.R.)) birorta kishini bir sahibjamolga oshiq qilmoqchi bo‘lsalar, buning yo‘li shuki, unga: «Falon shaharda yoki falon mahallada undog‘u bundog‘ sohibjamol bor, uni sevishing kerak, chunki u bilan do‘stlikda ko‘p lazzatlar mavjud» deydilar. Bu so‘zni eshitishi bilanoq unda sevishga mayl paydo bo‘ladi. Chunki odam lazzat mavjud bo‘lgan biror narsani sevishga majburdir. Biroq u o‘sha narsani qanday sevishga majburdir. Biroq u o‘sha narsani qanday sevish yo‘lini bilmaydi. Buning yo‘li shunday, unga aytiladi: «Do‘stlashish quyidagicha bo‘ladi: uning nomini ko‘p takrorlaysan, dilni undan o‘zga narsaga mashg‘ul qilmaysan». Agar shunday qilsa, unga nisbatan mayl hosil bo‘ladi. Shu sifatda davom ettirsa uning mayli yanada ziyoda bo‘ladi va bu mayldan lazzat hosil bo‘ladi. Lazzat hosl (Manba’da: «hosl» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «hosil» {حاصل }. (Sh.R.)) bo‘lganda esa uning mayli yanada oshadi. Agar bu aloqani qo‘ldan bermasa inon-ixtiyori qo‘ldan ketadi. Xohlasa ham, xohlamasa ham, uni sevishga majbur bo‘ladi. Shu yerga yetgach, shunday hol paydo bo‘ladiki, dili to‘lig‘icha uni do‘st tutadi va o‘zga narsaning fikri aslo qolmaydi. Mahbubga mashg‘ullikning haddan tashqariligi sababli endi mahbubning nomini ham unutadi. Bu paytda muhabbat saltanati uni butunlay istilo qiladi. Muhib (sevuvchi) va mahbub (sevilgan)ning har ikkovi haqiqiy vahdat (Mazmuni: «birlik, bus-butunlik, yagonalik». (Sh.R.)) rangida zohir bo‘ladi. Muhabbat Uning nomini takrorlashdan hosil bo‘lar ekan, endi bilginki, zikrlarning afzali «lo iloha illalloh»dir. Chunki bu kalima nayf (inkor) va isbotdir. Bandada hosil bo‘lgan hijob olam suvratlarining dilda naqsh topishi sabablidir va bu naqshda g‘ayrining isboti va Haqning inkori mavjud. Demak, hijobni yo‘q qilmay turib (Alloh)ga yaqinlik hosil bo‘lmaydi. Bu shundayki, Haqni isbot va g‘ayrini inkor qilasan, bu esa aytilgandek, zikr qilishdir. Demak, agar boshlovchi kishi bunga mashg‘ul bo‘lishni xohlasa, hoyu havaslarni qisqartirishi va o‘z hayotini oxirgi nafasdan deb bilishi kerak. O‘zining oxirgi nafasi bo‘lgan shu nafasda «lo iloha illalloh» zikriga quyidagicha mashg‘ul bo‘ladi: «lo ilaha»da g‘ayri Haq bo‘lgan har qanday narsani dilidan chiqaradi va ilalloh»( Manba’da: «ilalloh» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «illalloh» - {إلا الله } . (Sh.R.))da Haq azza va jallani ma’bud va mahbub sifatida mulohaza qiladi. Chunonchi, har martaba «lo iloha ilolloh» (Manba’da: «ilolloh» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «illalloh» - { إلا الله }. (Sh.R.)) deganda qalbida: «Nest hech ma’bude magap Haq» (Haqdan o‘zga hech [bir – Sh.R.] ma’bud yo‘q)» deydi. Bunga shunday mashg‘ul bo‘lsinki, aslo tark qimasin (Manba’da: «qimasin» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «qilmasin». (Sh.R.)) va barcha holatda shunga mashg‘ul bo‘lsin. Bordi-yu, agar g‘ofil bo‘lgan bo‘lsa, chunonchi, bir odam qimmatbaho durini yo‘qotib qo‘yib, nigoh (Mazmuni: «birdan, to‘satdan". (Sh.R.)) yodiga tushsa, qanday holatga tushgandek, unda ham shunday holat bo‘lsin. Shunday holga tushishi uning dili zikrdan ta’sir olayotganiga dalil bo‘ladi. Agar buni davom ettiraversa, shu darajaga yetadiki, o‘zi tark qilsa ham, dili davom ettiraveradi. Bunga mag‘rurlanmaslik kerak va Haq yodi boshqa barcha narsalardan g‘olib bo‘ladigan darajaga yetguncha davom etaverishi kerak. Shunday davom ettiraversa, shu darajaga yetadiki, dili to‘liq Haq subhonahuga mashg‘ul bo‘ladi. Shunday vaqt bo‘ladiki, muhabbat sultoni uning dilini istilo qilib, dilni boshqa narsaning muhabbatidan xoli qiladi. Bu paytda uning dilida boshqa narsaga bog‘liqlik qolmaydi va faqat Haqqa bog‘liq bo‘lib qoladi. So‘z aytsa U bilan aytishadi, nimaga nazar qilsa, U deb o‘ylaydi. Zeroki, Haq subhonahu va ta’olo dilni shunday yaratganki, u hech qachon biror narsaga bog‘liqsiz turmaydi. Uning boshqa narsaga bog‘likligi tamom bo‘lgach, endi uning bog‘likligi Haqqa bo‘ladi. Xohlasa ham, xohlamasa ham uning dili doim so‘zlovchi, eshituvchi va ko‘ruvchi bo‘ladi. Uning so‘zlashish, eshitishi va ko‘rinishi boshqa narsalardan uzilsa uziladi. Har doim U bilan so‘zlashadi, Undan eshitadi, Uni ko‘radi, ohista Haq bilan munojot (sirlashuv) martabasiga yetadi. Bu martabada zikr dilining asl sifatiga aylanadi. Harf va ovozdan ozod bo‘lgan zikr haqiqati dil javhari bilan birlik hosil qiladi va dilning hammasini do‘st egallaydi. Dilning hammasini do‘st egallaydi bilan dilni do‘stning yodi egallaydi deyishning orasidagi farq shuki, dilning hammasini do‘st egallasa muhabat natijasi haddan ortiq bo‘ladi va buni ishq deb ataydilar. Shu joydan asta taraqqiy qila boradiki, zokir (zikr aytuvchi)ning mavhum borlig‘i mazkur (zikr etilayotgan) ning haqiqiy borlig‘i ichida yo‘q bo‘ladi. Shu joyda zikr aytuvchining zikr etilayotganning ayni o‘ziga aylanadi va zokiriyyat (zikr aytishlik) mazkuriyyat (zikr aytishlik)ka (Manba’da: «(zikr aytishlik)ka» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «(zikr aytilishlik)ka». (Sh.R.)) o‘zgaradi. Va «lo yazkurulloha illalloh» (Allohni Allohsiz zikr etmaydi) kalimasining asl haqiqati oshkor bo‘ladi. O‘zining mavhum borlig‘ini yo‘q ko‘rgach, barcha ashyolarni ham yo‘q holda ko‘radi. Shu yerda «Kullu shay’ni (Manba’da: «shay’ni» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «shay’in» { شيءٍ }. (Sh.R.)) holikun illa vajhahu»ning (Al-Qasas. 88-oyat: «Uning zotidai boshka barcha narsa yuq bo‘lguvchidir». (Ushbu maqola muallifining izohi); Qasas surasi (28:88). Ulamolar tafsiri: «Barcha narsa halok bo‘lguvchidir, magar uning O‘zigina (mangudir)». (Sh.R.)) sirri ayon bo‘ladi va «li mani-l-mulku-l-yavma lillahil Vohidi-l-Qahhor» (Al-Mu’min. 16-oyat: «Bugun hukumat kimning ixtiyoridadir? Yolg‘iz va g‘olib Xudo ixtiyoridadir!» (Ushbu maqola muallifining izohi); G‘ofir surasi (40:16). Ulamolar tafsiri: «...Bu Kunda podshohlik kimnikidir? Yakka-yu Yagona G‘olib Zot Allohnikidir!». (Sh.R.)) jamoli chehradan niqob ko‘taradi. Tobe’lik bu ulug‘ martabaning hosil bo‘lish sababi ekani ma’lum bo‘lgach, demak, boshlovchi bunday saodat unga tez yor bo‘lishini xohlasa, suhbatdoshlikni shunday toifa bilan qilmoq kerakki, ularning zohiri Muhammad sallalohu alayhi va sallamning shariatiga muvofik, va botinlari to’belik (Manba’da: «to’belik» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «tobe’lik» { ليك تابع } (tābi‘lik). (Sh.R.)) tufayli aytib o‘tilgan martabalarda kamolotga yetishgan bo‘lishi lozim. Chunki Haq jalla jalolohu (Manba’da: «jalolohu» tarzida xato yozilgan; to‘g‘risi – «jaloluhu» - {جَلالُهُ}. (Sh.R.)) dilni shunday yaratganki, odam kim bilan suhbatdosh bo‘lsa, o‘sha odamning suhbatidan ta’sir oladi. Bu narsa barcha odamga ma’lumki, agar kishi motamzada odamning oldiga o‘tirsa u ham g‘amgin bo‘ladi. Agar shodligi g‘olib odamning oldiga o‘tirsa unda ham shodlikning g‘olib sifatida yuz beradi. Agar shu ikki sifatli odamlarning har biri bilan o‘tirishni davom ettirsa, unda ham ikki g‘olib sifat paydo bo‘ladi va bu dilning komillik qobiliyati tufaylidir. Agar unda bu qobiliyat bo‘lganda edi, kamolotlarni hosil qilishi mumkin bo‘lmas edi. Demak, shunga o‘xshash, har qanday kishi bunday toifa bilan suhbatdoshlik qilsa, ularning botinidan uning botini ta’sirlanadi va unda Haqqa moyillik paydo bo‘ladi. Moyilligiga yarasha mosivo (o‘zga narsa)dan uzilish yuz beradi. Uzilishga yarasha uning mayli ziyoda bo‘ladi. Uzilish oldida maylning oshishi va mayl oldida uzilishning ko‘payishi bilan shu darajaga yetadiki, unda (o‘zga narsaga) hech qanday aloqa qolmaydi. Shunda to‘lig‘icha Haq subhonahuga yuz tutgan bo‘ladi. Shunday kishilar ham bo‘ladiki, bu toifaning bitta suhbatida, balki bir lahzaning o‘zida ularning botiniy g‘ayridan butunlay uzilish hosil qiladi. Uning botiniy g‘ayridan butunlay uzilganda esa to‘lig‘icha Haqqa yuzlanadi. Martabalardan bo‘lgan bir martabada Haqqa yetishishga mana bu bayt ishoratdir. On ki ba Tabriz did nazari Shamsi din, Suxan kunad bar deha, suxra kunad bar jumla. (Tabrizda Shamsiddinning bir nazarini topgan odam, Dehaga so‘z aytadi, jumlani masxara qiladi) (Deha – qishloq, jumlaning esa ma’nosi ko‘p bo‘lib, shulardan biri «ulug‘» demakdir. Bu yerda mashhur Jaloliddin Rumiyning ustozi Shamsi Tabriziyning bir nazarini topgan odam ulug‘ martabaga erishadi, degan ma’no bor. (Ushbu maqola muallifining izohi)) Biroq bu ishda sabot, chidamga ega bo‘lish mushkil ishdir. Ba’zi mashoyixlarning aytishicha, Haqqa yetishish oson, biroq chidash qiyin. Chunki odam qachonki botinini o‘zga narsalardan xoli qilsagina Haqqa yetishish hosil bo‘ladi. Chunonchi, aytib o‘tilganidek, dil biror narsaga bog‘liqsiz turolmaydi. Gohida bu holda kuchli diqqatning hamda iste’dodning zaifligidan visolga yetishishi yuz bermaydi. Gohida iste’dod quvvati va sabot tufayli yetishish yuz beradi. Bunga taalluqli narsa esa zohirda va botinda pir bilan doimiy suhbatda bo‘lish va pirga nisbatan odob saqlashdir. Agar odoblardan bo‘lgan pir odobni tark etsa, bu sababli pirning ko‘nglidan uzoq tushadi va unda (avliyolik.) holi qolmaydi. Chunki bu hol uniig diliga robita (qalbiy aloqa) orqali pir dilidan oqib kirgan edi. Robita qolmagach, hol ham qolmaydi. Ko‘p kishilarga bu toifaning suhbatidan zavq hosil bo‘lgan edi, bu zavqning qolmaganiga sabab shu edi. Beinoyoti Haqqu xosoni Haq, Gar malak boshad siyohatash varaq. (Haqning va xos bandalarning marhamatisiz, * Garchi u farishta bo‘lsa ham, badbaxtdir). Vallohu a’lam va lillahi-l-hamd va-l-minna (Alloh bilimdonroq va hamd va shukrlar Ungadir. (Ushbu maqola muallifining izohi); Tarjimada xatoga yo‘l qo‘yilgan va to‘la emas. Mufassirlar tafsiri quyidagicha: «Allohu taolo bilguvchiroqdir va Allohga hamdu sanolar bo‘lsin, minnat qilish faqat Unga xosdir». (Sh.R.)).
M.Hasaniy, D.Rajabova (forsiydan tarjima) Bobur masnaviylarida irfoniy ma’no, T, 2005. – B. 114-125. (O‘zbekcha); «Рисала-и Валидийя», пер. с персидского.
В кн.: Ражабова Д. Смысл познания в масневи Бабура.
Fikr qoldirish#