Osiyodagi, Hind daryosining yuqori havzasidagi tarixiy viloyat. Hududining bir qismini Jammu va Kashmir shtati tashkil qiladi, bir qismi Pokiston nazoratida (1949 y. dan). K. qadimda va o‘rta asrlarda Hindiston ya.o.da mavjud bo‘lgan turli davlatlar (mas, mil. av. 3-a.da Ma uriyalar imperiyasi, keyinchalik, mil. 1-2-a. larda Kushon podsholigi) tarkibiga kirgan. 8-12-a.larda K. Hindistonning eng muhim davlatlaridan biri edi. 1586 y. K. Boburiylar davlati qo‘l ostiga o‘tgan, 1756 y.uni afg‘onlar, 1819 y. sikxlar bosib olgan. 1845-46 y. lardagi I- ingliz-sikh urushida ingliz mustamlakachilari tomonidan zabt etilgan K. 7,5 mln. rupiya tovon badaliga Jammu rojasi Gulob Singx tasarrufiga topshirilgan (1846) va inglizlar uni Jammu va Kashmir knyazligi maharojasi deb tan olgan. Ayovsiz ekspluatatsiya, milliy va diniy kamsitishlar natijasida kashmirliklar bir necha bor ko‘zg‘olon ko‘targan (ulardan eng yiriklari 1931-33 va 1946 y. larda ro‘y bergan). ...
Shunday qilib, K.ning g‘arbiy va shimoliy g‘arbiy qismlari Pokiston nazoratida, uning qolgan (katta) qismi esa Hindiston tasarrufida qoldi.
Ад.: Степанов Я., Конфликт в Индостане и соглашение в Ташкенте, М., 1966; Гопал Сингх, География Индии, М., 1980; Сдасюк Г. В., Штаты Индии, М, 1981. Темур ҒИЁСОВ.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensi- klopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. – B. 522. (O‘zbekcha); Kashmir.
Fikr qoldirish#