Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Kashmir vodiysi

Katta Himolay va Pir-Panjal tog‘ tizmalari orasidagi keng vodiy, Hindistonda. Uzunligi qariyb 200 km, kengligi 60 km dan ziyod. Bal. 1600 m ga yaqin. Ko‘l ko‘p, eng kattasi Vular ko‘li. Tog‘lardan oqib tushadigan mayda daryo va soylar vodiyning eng yirik daryosi Jalam (Jhalam)ga (Hind daryosi irmog‘i) quyiladi. Daryoda kema qatnaydi. Yo‘lovchilarni tashishda qayiqdan ham foydalaniladi. Iqlimi mo‘tadil, yanv.ning o‘rtacha temperaturasi, iyulniki 22-23°. Yozgi nam musson shamollarning kirib kelishiga Pir-Panjal tog‘ tizmasi to‘sqinlik qiladi. Shu sababli, yoz mavsumida yog‘in kam yog‘adi. Yillik yog‘in o‘rtacha 1000 mm. K. v. tuprog‘i allyuvial tuproq. Keng bargli o‘rmonlar, tog‘ yon bag‘irlarida igna bargli o‘rmonlar bor. Q.x. ekinlari, asosan, sholi va makkajo‘xori, shuningdek, zig‘ir, raps, xantal, qisman bug‘doy ham ekiladi. K.v.da turli mevalar yetishtiriladi. Ekinzorlar daryo suvidan sug‘oriladi. Mevali bog‘lar bor. Yiliga 180 ming tonnadan ziyod meva yetishtiriladi. Zaʼfaron Hindistonda, asosan, shu yerda ekiladi. Ipak qurti uchun tut daraxti o‘stiriladi. K.v.da aholi zich. Hunarmandchilikda gilam to‘qish, kashtachilik, yog‘och va metall o‘ymakorligi rivojlangan. Iqlim kurortlari bor. Srinagar, Paxalgam va Gulmarg shaharlari turizm markazlaridan. Boburiylar asos solgan Shalimar va Nashat bog‘larini ko‘rish uchun turistlar ko‘p keladi. Eng yirik shahri – Srinagar. 


 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. 

–T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. – B. 522-523. (O‘zbekcha); Кашмирская долина.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0