Har bir millat adabiyoti dunyo badiiy tafakkurining ajralmas qismini tashkil qiladi. Jahon xalqlarining qiziqishi va o‘qishi badiiy adabiyot ahamiyatini belgilovchi asosiy mezonlardan hisoblanadi. U yoki bu xalqning jahonda tanilishi, eng avvalo, o‘sha xalq madaniyati, san’ati va adabiyotining qanday miqyosda tarqalishi va tan olinishiga bog‘liqdir. «Biron-bir xalq ma’naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmat ifodasidir. Bunday e’tirof xalqning g‘urur va iftixori, milliy o‘zligini yuksaltirishga xizmat qiladi»
Jahon xalqlarining ma’naviy-madaniy yo‘nalishda hamjihatlikka intilishi, bir-birlarining adabiyoti va san’atini o‘rganishga qiziqishi allaqachon tabiiy jarayonga aylangan. Sharqning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotini yetarli darajada bilish ehtiyoji, sharqshunoslik ilmi taraqqiyotidagi asosiy omillardan biri bo‘lgan.
Keyingi yillarda ilmiy-adabiy tafakkur kundan-kunga yangilanmoqda, o‘zbek tili va ada- biyotining xalqimiz, jamiyatimizning ma’naviy rivojida, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va roli bilan bog‘liq dolzarb mavzularda muhim ilmiy tadqiqotlaramalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rgangan rus sharqshunoslarining izlanishlarini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilishga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berilmoqda.
O‘zga madaniyat o‘zga xalq nigohida yanada chuqurroq va to‘liqroq namoyon bo‘lishini nazarda tutsak, rus sharq- shunoslarining faktik ma’lumotlarga boy bo‘lgan ilmiy izlanishlari turkiy xalqlar madaniyati tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Rus olimlari o‘z davrida ilm ahliga taqdim etgan ayrim manbalar, adabiy-nazariy qarashlar hozirga qadar ilmiy muomalaga to‘liq kiritilgan emas. Mavzuga oid manbalarni qiyosiy jihatdan tadqiq qilish, birinchi navbatda, Rossiya fondlaridagi arxiv manbalarini yuzaga chiqarish tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Rus sharqshunoslarining o‘zbek mumtoz adabiyotiga doir tadqiqotlarini qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganish va baholash adabiyotshunoslikni yangi ma’lumotlar bilan boyitishi barobarida, ilmiy jamoatchilikni ayrim noma’lum manbalar, ijodi deyarli o‘rganilmagan shoirlar bilan tanishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu kabi yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar xalqaro adabiy aloqalar rivojiga ham xizmat qiladi. Zero, «...biz ma’naviyatimizni yuksaltirish, yoshla- rimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga intilayotgan ekanimiz, hech qachon o‘z qobig‘imizga o‘ralashib qolmasligimiz, boshqa sohalar qatori adabiyot sohasida ham xalqa ro aloqalarni kuchaytirish zarur» [2; 32-b.]. Chunki o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan xalq o‘zini-o‘zi dunyo millatlari bilan ijtimoiy-madaniy, ilmiy aloqa va hamkorlikdan mahrum qiladi, turg‘unlik, mahdudlikka yuz tutadi. Rus sharqshunoslarining o‘zbek mumtoz adabiyotiga doir tadqiqotlarini qiyosiy o‘rganar ekanmiz, ayni paytda o‘zimizning ma’naviy qadriyatlarimiz tarixini ham tadqiq qilamiz. Bu esa mavzuning zaruratini belgilaydi.
Rossiya sharqshunosligida o‘zbek mumtoz adabi- yotiga bo‘lgan qiziqish salkam 200 yillik tarixga egaligi va juda keng ma’lumotlar manbai mavjud bo‘lishiga qaramay, mazkur mavzu xanuzgacha maxsus tekshirilmagan. Ayniqsa, Rossiya ar- xivlaridagi materiallarga juda kam murojaat qilingan. Ilmda ta’kidlanganidek, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti masalalari bilan shug‘ullanish adabiyotshu- nosligimizda kam ishlangan, lekin katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir muammoni – rus-o‘zbek madaniy va adabiy munosabatlarini keltirib chiqaradi hamda bu masalani hal qishish uchun tegishli materialni beradi [158; 4-b.].
Shuningdek, tadqiqot mavzusi qiyosiy adabiyotshunos- likning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri – mikrokoparativistika nuqtayi nazardan tekshirilma- gan. Mikrokoparativistika bir ilmiy maktab doirasidagi olimlarning faoliyatini qiyosiy o‘rga- nishga asoslanadi [173; 25-b.]. N.I.Prutskov bunday tadqiqotlarning adabiyotshunoslikdagi o‘rnini alohida ta’kidlaydi [254; 3-b.] N.I.Konrad qiyosiy etyudlar naffaqat qiyosiy adabiyotshunoslik balki, milliy adabiyot tarixi uchun muhimligini qayd qiladi [169; 299-b.].
Rossiyadagi mavjud ishlarda mavzu umumiy tarzda yoritilgan [112; 166; 175; 195; 227; 335]. A.N.Kononov adabiy manba- larni maxsus o‘rganishni maqsad qilmagani uchun asosiy e’tiborni turkiy tillarning o‘rganilish tarixiga qaratgan [163]. Akademik A.N.Samoylovichning tadqiqotlarini yuzaga chiqarishda G.F.Blagova alohida o‘rin egallaydi, ammo olima masalaga tilshunoslik nuqtayi nazaridan yondash- gan [70; 290; 13-50b.]. L.D.Dmitriyeva maqolasida A.N.Samoylovichning Rossiya arxivlaridagi qo‘- lyozmalariga qisman tavsif berilgan [111]. N.I.Konrad va I.G.Neupokoyeva tadqiqotlarida adabiy aloqalarning adabiyotshunoslik rivojidagi o‘rniga ahamiyat qaratilgan [168; 52-53-53-b; 238; 214- b.]. Ayrim horijiy430 izlanishlarda rus sharqshunoslarining tarjima, talqin, turkiy adabiy manbalarning tekstologik tahlili bo‘yicha metodologik qarashlari o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqi- ga tatbiq qilingan [421; 429].
O‘zbek adabiyotshunosligida rus sharqshunoslari haqidagi dastlabki ma’lumotlar N.Mallayev [206] va E.Rustamov tadqiqotlarida uchraydi. Jumladan, E.R.Rustamov o‘z monografiyasining kirish qismida A.N.Saoylovichning Atoyi, Lutfiy, Amiriy tuyuqlariga oid maqolalariga qisman to‘xtalib o‘tgan [279; 3-6-b.]. Rus olimining xalq og‘zaki ijodi [394; 6-28- b; 395], Turkistondagi yangi ijtimoiy-siyosiy, madaniy uyg‘onish davri haqidagi fikr-mulohaza- lari [368], ilmiy-pedagogik faoliyati [369] ham ma’lum darajada o‘rganilgan, hayotidagi ba’zi lavhalar bilan bog‘liq esdaliklar chop etilgan [408; 41-44, 90-b.].
A.Abdug‘ofurov va F.N.Boynazarovning maqolalarida N.P.Ostroumovning xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq qarashla- ri hamda Komil Xorazmiy bilan ijodiy muloqotiga doir lavhalar o‘rnatilgan [7; 76]. Ba’zi il- miy ishlarda rus-o‘zbek adabiy aloqalari, adabiy ta’sir masalalari yoritilgan [268; 377].
Navoiy ijodi yuzasidan yozilgan tadqiqotlarda Ye.E.Bertels asarlariga ham ko‘p murojaat qilingan. De- yarli barcha navoiyshunoslarning ilmiy ishlarida olimning ayrim fikr-qarashlariga suyanilgan [5; 73-b; 286; 96-b; 331; 9-12-b; 406; 411]. Ye.E.Bertelsning ayrim tadqiqotlari o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan [60; 61; 63].
Tadqiqotning maqsaddi XX asr Rossiya sharqshunosligida o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqini madaniy-adabiy, tarixiy-ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqlikda qi- yosiy jihatdan ochib berish va rus olimlarining adabiy-estetik qarashlarini obyektiv baholash- dan iborat. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar belgilandi:
XX asr davomida o‘zbek mumtoz adabiyoti bo‘yicha nashr qilingan ilmiy manbalarning xronologik bibliografik ko‘rstkichini ishlab chiqish;
rus adabiyotshunosligida o‘zbek mumtoz adabiyotiga qiziqish va ilmiy yondashuvning shakllanish bosqichlarini madaniyatlararo muloqot va retsepsiya rakursida ochib berish;
rus sharq- shunoslarini qiziqtirgan asosiy mavzu va muammolarni aniqlash;
rus filologiya maktablariga xos xususiyatlarni editsion adabiy tafakkur zaminida yoritish;
XX asrda yaratilgan tadqiqotlar tipologiyasi va spetsifikasini tahlil qilish;
rus sharqshunosligini integral obyekt sifatida madaniy-adabiy, ijtimoiy, kommunikativ aspektda o‘rganish;
Rossiya fondlaridagi mavzuga oid arxiv manbalarini tarjima va talqin qilish, ilmiy doiraga kiritish.
Monografiya obyektini XX asr Rossiya sharqshunosligida o‘zbek mumtoz adabiyoti bo‘yicha nashr qilingan ilmiy ishlar va arxiv materiallari tashkil qiladi. Mavzuni yoritishda tarixiy-genetik, tarixiy-funksional, qiyosiy-tarixiy va statistik metodlarga asoslangan. Ilmiy ish xronologik, tarixiylik va tizim- li yondashuv tamoyili asosida olib borilgan.
Tadqiqot davomida Rossiya Milliy kutubxonasi arxivi, Rossiya fanlar akademiyasi huzuridagi Markaziy arxivning Sankt-Peterburg filiali ar- xivi, Sharq qo‘lyozmalari instituti sharqshunoslar arxivi, O‘zbekiston Respublikasi markaziy ar- xivlaridan topilgan epistolyar namunalar va o‘zbek mumtoz adabiyotining o‘rganilishiga oid arxiv materiallari ilmiy doiraga kiritilgan, mikrokomparativistika va imagologiya nuqtayi nazardan ochib berilgan.
Monografiyaning amaliy ahamiyati undagi xulosalardan «Qiyosiy adabiyotshunos- lik», «Arxiv sharqshunosligi», «O‘zbek mumtoz adabiyoti», «Adabiyot nazariyasi», «Adabiy aloqa- lar», «Manbashunoslik», «Matnshunoslik» fanlarini va maxsus kurslarni o‘qitishda foydala- nish mumkinligi bilan belgilanadi.
Ushbu monografiyani yuzaga kelishida har jihatdan qo‘llab-quvvatlagan ilmiy rahbarim f.f.d. Ibrohim Haqqulovga xolis yordamini ayamagan barcha olimlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.
XOLLIYEVA Gulnoz
XX asr Rossiya sharqshunos- ligi va o‘zbek mumtoz adabiyoti [Matn]
G.Xalliyeva. – Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2018. – 276 b. – B. 6-10. (O‘zbekcha); Вступление.
Fikr qoldirish#