Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Kirish

Xalqimizning boy ma’naviy merosi uzoq o‘tmishga borib taqalishi va uning serqat- lamligi ma’lum. Ularni atroflicha va xolis tadqiq etish istiqlol davri adabiyotshunosligining ham dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Zeroki, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi». Vatanimizning o‘z is-tiqlolini qo‘lga kiritishi, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosga to‘g‘ri yondashuv va xolisona o‘rganishga keng yo‘l ochib berdi. Istiqlol mafkurasi allomalarimizning merosini davr, zamon va haqqoniylik mezoni asosida tadqik etishni taqkozo qilmoqda. Asrlar mobaynida islom dini e’tiqodi asosida shakllangan olam va odam haqidagi falsafiy mushohadalar, ezgulikka da’vat qiluvchi, komil insonni tarbiyalovchi asarlarni tadqiq etishga yo‘l ochdi. Shular jumlasiga hozirgi kunda ilmiy muomalaga kiritilgan va nashr qilingan allomalarimizning asarlari- ni keltirish mumkin. Xususan, N.Komilov, H.Karomatov, U.Uvatov, Z.Islomov, A.Sh.Juzjoniy, B.Nazarov, O.Usmonov, A.Mansurov, R.Obidov va olimlarning buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy faoliyatlariga bag‘ishlangan ishlarini, xatto bu sohada maxsus ilmiy tadqiqotlar ham bajarilganligini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 

 Zahiriddin Muhammad Bobur jahon madaniyati va fani taraqqiyotiga ulkan hissal qilib ko‘rsatish mumkin. 

 Zahiriddin Muhammad Bobur jahon madaniyati va fani taraqqiyotiga ulkan v, R.Obidov va olimlarning buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy faoliyatlariga bag‘ishlangan ishlariniunda ilmiy muomalerosi orqali yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan insonni tarbiyalash, yoshlarni dinimiz asoslari orqali sog‘lom tafakkur va pok axloqqa targ‘ib qilish g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Shu nuqtayi nazardan, olimning diniy mavzuni qanday, qaysi manbalar asosida yoritganligi, e’tiqodining asosini, ichki dunyosini nima tashkil etganligini uning adabiy-diniy asarlari asosida ochib berish dolzarb masalalardan biridir. 

 Avvalo, Bobur fors tilidan turkiychaga she’riy tarjima qilgan Xoja Ahror Valiyning «Risolayi volidiya», so‘ngra o‘zi mustaqil qalamga olgan fiqhiy «Mubayyin» asarlari uning e’tiqodi, dunyoqarashi, hayot va tafakkur tarzi, fe’l-atvori, ijodiy tamoyillari asoslarini baholashda o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ayni shu xususiyatlari bois yurtimiz mustaqillikka erishguniga qadar bu asarlar e’tibordan chetda saqlab kelindi. 

 Sobiq sovet tuzumi davrida Bobur ijodiga bo‘lgan biryoqlama sinfiy-mafkuraviy munosabat uning hayoti va ijodiy faoliya- tiga xos bu tamal jihatlarni o‘rganishga qat’iy to‘sqinlik qildi. Nafaqat mahalliy tadqiqotchilar, hatto o‘zlarini siyosiy-mafkuraviy tushovlardan mutlaqo xoli, erkin hisoblab, bu ulug‘ shaxsga katta qiziqish bilan qaragan ko‘plab xorijlik olimlar ham o‘z tadqiqotlarida uning ijodi va faoliyatiga, turli sohalarda keng va teran bilim egasi ekaniga qoyil qolib, ajoyib fikrlar bildirgan bo‘lsalar-da, shu bilimlariga poydevor bo‘lgan e’tikdqiy qarashlarini ko‘rsatuvchi asarlariga to‘liq va har tomonlama tadqiqot manbai sifatida qaramadilar. (Go‘yo har qanday ma’naviy bo‘shliqda ham e’tiqodda yuksak va mustahkam shunday daholar unib-o‘saveradigandek). Bu asarlarning qo‘lyozma nusxalari haqida ayrim umumiy, ba’zida noto‘g‘ri ma’lumotlarni berish bilangina cheklanishdi. Qanday bo‘lmasin, o‘sha tadqiqotlarning ba’zilari doirasida, harqalay, «Mubayyin» ning ayrim boblari chop etilib, Boburning shunday asari ham borligi juda qisqa va yuzaki tarzda bo‘lsa-da, ma’lum qilib qo‘yilganining o‘ziyoq minnatdorlikka munosibdir. 

 XVI asr o‘zbek adabiyotining nodir namunalaridan bo‘lishi bilan birga, turkiy tilda she’riy usulda bitilgan adabiy-diniy (yoki fikhiy-ta’limiy) asar bo‘lgan «M-ubayyin»ni Bobur farzandlari Humoyun va Komronga bag‘ishlagan. Asar hanafiya mazhabiga oid mo‘tabar manbalar asosida, badaiy mahorat bilan sodda va tushunarli tilda bayon qilingan. Muallif diniyarkonlar haqida ma’lumot berish barobarida ma’lum ma’noda ularga oid o‘z qarashlari, munosabati, bilim va ko‘nikmalarini ham badiiy so‘z yordamida izhor qilib boradi. Asarni tadqiq etishda, nazarimizda, eng avvalo, uning adabiy manba sifatidagi qiymatini aniqlash lozim, chunki u birinchi galda badiiy ijod mahsuli. Ikkinchidan, Boburning islom dini va uning qonun-qoidalarini bayon qilishda qaysi manbalarga asoslangani va ularni qay darajada badiiy talqin qila olganini baholash ham muhim. O‘z navbatida, bu asar xalqimizning asrlar davomida shakllangan diniy e’tiqodini targ‘ib qilishda, unga tayangan holda, yuksak fazilatlarga ega insonni tarbiyalash, yoshlarni sof dinimiz asoslari orqali sog‘lom tafakkur va pok axloqqa da’vat qilishda hamisha dolzarb bo‘lib qolaveradi. 

 Boburning bizgacha yetib kelgan ilmiy merosi ba’zi xorijiy va mahalliy tadqiqot- chilarni qiziqtirib kelgan. Muallif yashagan davr, uning faoliyati va merosi haqida xorijlik olimlardan J.Leyden, U.Erskin, A.S.Beverij, U.Tekston, F.G.Talbot P.M.Kaldekot, L.U.King,  Leyn  Puul,  E.Xoldin,  Harold  Lemb,  S.Edvards,  B.Grammon, Eyji Mano, M.Elliot, Pave de Kurteyl, D.Ross, F.Ko‘prulu, Z.V.To‘g‘on, B.Yujel, R.A.Nadviy, P.Tripathi, Muhibbul Hasan, N.I.Ilminskiy,N.Pantusov, V.Vyatkin, V.Bartold, A.N.Samoylovich, M.Sale, A.Semenov, I.V.Steblevalarning ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovor. Ushbu tadqiqotchilar asarlarida Bobur hayoti va ilmiy merosiga oid ko‘plab boy ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa-da, biroq ularda «Mubayy- in» asari har jihatdan to‘liq va maxsus o‘rganilmagan. 

 Mazkur tadqiqotlarda Boburning e’tikodiy qarashlari, «Mubayyin» asari va uning ayrim boblari matni chop qilinganilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovor. Ushbu tadqiqotchilar asarlarida Bobur hayoti va ilmiy merosiga oid ko‘plab boy ma’lumotln. Bu asarlarni ingliz sharqshunos olimasi A.Beverij va o‘zbek olimlari S.Mirzayev, P.Shamsiyev va S.Hasanovlar nashr etishib, ilmiy muomalaga kiritishgan. 

 Olimlarimizning tadqiqotlari tufayli ilmiy muomalaga kiritilgan Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkir ul-ahbob» va boshqa tarixiy-adabiy asarlarda Bobur hayoti va merosi, jumladan «Mubayyin» haqida biz uchun yangi, qimmatli ma’lumotlar uchraydi. 

 A.Samoylovich, I.Berezin, D.Ross, F.Ko‘prulu, S. Hasanov, S.Azimjonova, S.Shukrullayeva kabi olimlarning tadqiqotlari va nashrlarida ham Boburning «Mubayyin» asari haqida ayrim ma’lumotlarni kuzatish mumkin. 

 Yuqorida aytib o‘tganimizdek, «Mubayyin» haqida dastlabki ma’lumot «Boburnoma» va «Aruz risolasi» asarlarida uchraydi. Xususan ularda quyidagi jumlalar bitilgan: «Tarix to‘qquz yuz yigirma sekkizda men dag‘i imom Ab-u Hanifa mazhabida Tengri tavfiqi bila bir fiqhe nazm qildim. «Mubayyin»g‘a mavsum». «Ushbu kun Chaqmoq bila Shohiy Agradin chiqtilar. Bu kuruhlarni mil bila muvofiq ta’yin qilindi. Nechuk-kim, «Mubayyin»da mazkurdurur». «Boburnoma» asarini ko‘chirgan kotib bu risola haqida shunday yozadi: «Va fazilat bobida kamligi yo‘q erdikim, nazm va nasr-u turki-yu forsiyni bebadal aytur erdi. Alalxusus turkiy devoni bordurkim, anda toza mazmunlar topib, bitibtur va masnaviy kitobi ham borkim, oti «Mubayyin» dur». 

 Ilk bora sharqshunos Ilya Berezin risolaning zakot qismini 1857-yili chop qildirgan. Ingliz sharqnunos va diplomat Ervard Denison Ross esa Bobur devonini birinchi marta to‘plab 1910-yilda Hindistonda chop etdi. Ushbu nashr asarning tuliq faksimile nusxasini o‘z ichiga olgani sababli alohida e’tirofga loyiqdir. Aleksandr Nikolayevich Samoylovich ingliz sharqshunosi nashri asosida «Sobraniye stixotvoreniy imperatora Babura» nomli kitobida (1917-yil) «Mubayyin» matnini nashrga tayyorlash ishiga kirishganligini ma’lum qiladi. 

 Tadqiqotimiz davomida «Mubayyin»ning eslatib o‘tilgan nashrlaridan tashqari 1905-yili noshir Mullo Mir Mahdum Toshkandiy tashabbusi bilanToshkentdagi O.A.Porsev tipolitografiyasida asarning yana bir to‘lik litografik nashri amalga oshirilgani aniqlandi. Kitobning yorliq varag‘i noshir tomonidan «Mubayyin ul-islom» (Islom dini qoidalari bayoni) nomi bilan chop etilgan. Shu bilan birga, noshir yorliq varaqni ushbu asar ahamiyatini, unda yoritilgan masalalar Islom dini ustunlariga oid ekanini ko‘rsatish maqsadida mashhur sahobiy Ibn Umar rivoyat qilgan hadis bilan boshlagan. Shundan keyin aynan mazkur ki- tob qimmatli manbalardan biri bo‘la olishi quyidagi so‘zlar bilan bildiriladi: «In kitob rofe’ ul-xavos va nofe’ ul-avom al-musammo bi-Mubayyin ul-islom» («Mubayyin ul-islom» deb nomlanuvchi bu kitob xoslarni yuksaltiruvchi va avomga foyda beruvchidir). 

 Turk olimi Fuat Ko‘pro‘lining 1934-yilda nashr etilgan «Milliy tatabbu’lar majmuasi» to‘plamida Bobur she’rlari bilan birga «Mubayyin» asaridan parchalar keltirildi. «Mubayyin» risolasi haqidagi ba’- zi ma’lumotlarni afg‘onistonlik olima Shafiqa Yorqin nashrlarida ham kuzatish mumkin. 


 ASARNING NOMI XUSUSIDA. 

 XX asrning o‘rtalarigacha G‘arb sharqshunoslari orasida bu asar turli xil nomlar bilan atalib kelindi. Xususan, Mubin (Ko‘prulu 1934) va (Ilya Berezin 1857), Fiqh-Boburiy (Sprenger) Mubayyan (Islom enqiklopediyasi 1960), Mubayyin (S.Hasanov 1993), Mubayyin dar fiqh (Tanju Oral Seyhan 2004), Mubayyan (Mirzo Kenjabek 2014) tarzida nomlanib kelindi. 

 «Boburnoma»ni ingliz tiliga turkiy tildan tarjima qilgan va ilk bora 1922-yil chop etgan Annet Susanna Beveridj, hind tarixchilari Abul Fazl va Badaunilarning so‘zlarini xato o‘qigani oqibatida asar nomini «Mubin» deya e’tirof etadi. Vaholanki, Abul Fazl va Badauni, asar nomini «Mubayyan» deb atashadi. Boburning kotibi Shayx Zayn esa fors tilida «Mubin» nomi bilan «Mubayyin»ga atab sharh yozgan. Bu fikrni Fuat Ko‘prulu ham tasdiqlab:«Abul Fazl va Badauni Mubayyan deb o‘qigani va Sprenger esa asarni «Fiqhi-Boburiy» deb nom- lab, Mubin aslida Boburning kotibi Shayx Zayn tomonidan fors tilida Boburning asari «Mubay- yin»ga yozilgan sharh ekanini e’tirof etadi409. Sharqshunoslar orasida nufuzli hisoblangan Gollandiyaning Leyden shahridagi Brill nashriyoti tomonidan 1960-yilda nashrdan chiqqan «The Encyclopaedia of Islam» Islom ensiklopediyasi ham Boburning asarlari haqida (ba’zi hollarda yuzaki) ma’lumot berib Mubayyan sarlavhasi ostida shunday yozadi: «Asar Hanafiya huquqidagi ba’zi muammolarni, shu bilan birga targ‘ibot bilan bog‘liq bir qancha masalalarni yoritadi. Bu oddiy didaktik ish, badiiy ahamiyatga ega emas, biroq u Boburning fiqh bilan qiziqqani va sof Hanafiy bo‘lganini ko‘rsatadi. Yaqin kunlargacha asar Sharqshunoslarga Mubin nomi bilan ma’lum edi; A.S. Beveridj ham asarni shu nom (Mubin) bilan e’tirof etgan, garchi olimaning eslatib o‘tishicha, hind tarixchilari Abul Fazl va Badauni asar nomini Mubayyan deya o‘qishgan (va Sprenger esa uni Fiqh-i Baburi deb aytadi). Mubin aslida bu ishga yozilgan sharhning nomidir, Boburning kotibi (ish yurituvchisi) tomonidan yozilgandir». 

 Tadqiqotchi olim Mirzo Kenjabek ham «Zahiruddin Muhammad Bobur xazinalari. «Mubayyan va nasriy bayoni». Risolayi Volidiyya nazmiy tarjimasi va sharhi» nomli kitobida asarning nomlanishiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Olim ikki manba, Abdulhay Lakhnaviyning «Nuzhat ul-xavotir» va Pokiston «Islom ensiklopediyasi»da (1972) keltirilgan fikrlarga tayanib, Bobur asarining nomlanishi «Mubayyin» emas «Mubayyan» degan fikrga keladi. Jumladan, muallifning yuqoridagi ikki manba asosida xulosa qilishicha, Bobur «Mabayyan» nomli asar yozgan, Boburning kotibi Shayx Zayn esa fors tilida «Mubayyin» nomli sharh yozgan va ushbu asar Boburning asariga sharh ekanini ma’lum qiladi va «shunga ko‘ra, asar nomi «Mubayyan» ekanligi anikdir» deb xulosa qiladi. 

 Bobur davrida yaratil- gan e’tiborga loyik yana bir manba Hasanxo‘ja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» tazkirasidir. Unda muallif Mubayyin haqida ta’rif beradi: «Fiqhiy masalalarni bir risolada bayon qilgan-ki, u turkiy til tajribasidan bir nishonadir. Yaxshi forsiy she’rlari ham bor. Risolaning nomi, shuningdek, «Mubayyin»dir. Unga atab bir kimsa asar (sharh) yozgan ekan, u «Mubiyn» nomiga ega». 

 Bizning fikrimizcha, asar nomining turli shaklda o‘qilishiga asosiy sabab esa barcha man- balarda asar nomining fatha yoki kasra harakatisiz yozilganidadir. Shuningdek, 30-yillik tadqiqot tajribasidan kelib chiqib, bu asar 2014-yil «Zahiriddin Muhammad Bobur. Mubayyin» nomi bilan «Movarounnahr» nashriyotida nashrdan chiqdi. Ushbu kitob hozirda dunyoda mavjud va ma’lum asarlarning qo‘lyozma nusxalari asosida so‘nggi tuzatishlar bilan yirik tilshunos, sharqshunos olim, marhum akademik Alibek Rustamov tahriri ostida nashrga tayyorlandi. 

 Bobur risolasining «Mubayyin» deb nomlanganini isbotlovchi eng ishonchli dalillardan biri sifatida Tehron milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma asarni keltirish mumkin. Ushbu qo‘lyozma Bobur asarlari to‘plamidan iborat bo‘lib, unga Mubayyin, 504 vazn taqti’si, Aruz risolasi, Boburnoma va Risolayi volidiya asarlari kiritilgan. Har bir asarning o‘zbekcha matni ost qismi va hoshiyasida ularning fors tilidagi tarjimalari keltirilgan. Forsiyzabon o‘quvchilar arab va o‘zbek tilidagi so‘zlarni to‘g‘ri o‘qishlari uchun bunday so‘zlarga zer-u zabarlar qo‘yib borilgani ham katta ahamiyat kasb etadi. Qo‘lyozmaning 183 sahifasida, «Mubayyin» asarining xotima qismida, bu asarning qanday nomlanganligiga zer-u zabarlar qo‘yilgan so‘zlarning o‘qilishidan oydinlik

tarji- tilidagi fors Baytning 

 {چون بيان قيلديم اَ ْن َده شرعيات * نى عجب گر ديد ْم مبين آت} mumkin: kiritish

مبين tarjimadagi tilidagi fors Yuqoridagi 

 {چون بيان كردم اَنجا شرعيات * چى عجب اگر گفتم مبَيِّن نام} masi:

so‘zining «yoy» harflari ustidagi tashdid va «yoy» harfining ostidagi kasra alomatlari bu so‘zni «Mubayyin» deb o‘qish uchun asos bo‘la oladi. Qolaversa, she’riy san’atlar va qofiya talablariga binoan «shar’iyyot» so‘zidagi «yoy»ning ham tashdid va kasra hollarida o‘qilishi «Mubayyin ot» so‘zlaridagi «yoy»ning ham tashdid va kasrada kelishi o‘zaro ohangdoshlik nuqtayi nazaridan ham asar nomini «Mubayyan» emas, «Mubayyin» deb o‘qilishini talab qiladi. 

 Chun bayon ettim anda shar’iyyot, * Ne ajab, gar dedim «Mubayyin» ot. 

 Vatanimizda «Mubayyin» risolasi haqidagi dastlabki ilmiy ishlar sharqshunos Sabohat Azimjonova nomi bilan bog‘lik. U o‘zining «K istorii Ferganы II polovinы XV v.» monografiyasi va «Indiyskiy divan Babura» xamda «Bobur. Tanlangan asarlar» kitoblarida «Mubayyin» asari haqida ma’lumot beradi va namuna sifatida «Zakot» bobining matnini keltiradi. Yana bir maqolasida asarning bu kismi soliq yig‘ish tizimi sifatida talqin qilingan. 

 «Mubayyin» asarining qo‘lyozma nusxalari haqida S.Shukrullayeva «Adabiy meros» ilmiy to‘plamida keltirgan (unda O‘zR FA QI va SHQM fondlarida saqlanayotgan nusxalarning to‘liq tavsifi va tasnifi berilgan). 

 So‘nggi yillarda o‘zbek va xorijiy olimlar- ning Bobur qo‘lyozma merosini o‘rganish bo‘yicha yana qator jiddiy izlanishlari amalga oshirildi. Ularning natijasida yangidan yangi qo‘lyozma nusxalar haqida gap yuritilmoqda. Shulardan biri yapon olimi Eyji Manoning Tehrondagi «Kutubxonai davlati oliyi Eron» kitob xazinasida saqlanayotgan Bobur asarlari to‘plamining qo‘lyozma nusxasi haqidagi maqolasidir. Bu maqola Toyo Bunko nomidagi ilmiy izlanishlar markazi tomonidan 1999-yilda nashr etilgan to‘plamning 57 soniga kiritilgan bo‘lib, mazkur kutubxonadan topilgan Bobur asarlari to‘plamining tarixi va ilmiy tavsifiga bag‘ishlangan. Bu qo‘lyozma haqidagi dastlabki ma’lumotlar esa turkiyalik olim Z.V.To‘g‘onning Tehronda saqlanayotgan turkiy qo‘lyozmalar haqidagi ilmiy axboroti va eronlik olim B.Otabeyning Tehrondagi saltanat kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar katalogida bayon qilingan. Ularga ko‘ra mazkur qo‘lyozma haqida Eyji Mano va keyinchalik rossiyalik olim Tursun Sultonov o‘z fikr mulohazalarini matbuot orqali bildirdilar.obyektium bo‘lishicha, 1994 yili prof. Kazyuki Kubo o‘zining Eronga qilgan safari natijasida mazkur qo‘lyozmaning mikrofilmini olishga muvaffaq bo‘lgan. Professor Eyji Mano ushbu mikrofilm orqali qo‘lyozmani o‘rganib chiqib, batafsil maqola tayyorlab nashr ettirgan. Unda ta’kidlanishicha, qo‘lyozma Eron Shoh kutubxonasiga kelib tushgan kunidan boshlab hozirgacha «Vaqoyi’i Boburiy» deb nomlanib kelingan. 

Eyji Mano qo‘lyozmaning raqamlanishiga alohida e’tibor berib shuni aytadiki, To‘g‘onning bergan ma’lumotiga ko‘ra nusxa Saltanat kutubxonasi inventarida 671 raqam ostida yozilgan, lekin qo‘lyozma muqovasida 2936 raqami ko‘rsatilgan va unda Eron Shoh kutubxonasi (Kitobxona-yi davlat-i oliyi Eron)ning muhri bosilgan. Inqilobdan so‘ng kutubxona Milliy Madaniy Meros Agentligi ixtiyoriga o‘tganligi sababli qo‘lyozmaning so‘ngi raqami hozirda 2249 belgilangan. Qo‘lyozmaning tartiblanishi quyidagicha: 

 1. Mubayyin 1-184 bet; 

 2. 504 vazn taqti’si 187-303; 

 3. Aruz risolasi 304-455; 

 4. Boburnoma 457-1010; 

 5. Risolai volidiya 1013-1036. 

 Ko‘rinib turganidek, qo‘lyozma sahifalarining tahminan yarmini «Boburnoma» ning o‘zi egallagan. 

 «Mubayyin» asari va uning maxsus tadqiq etilmaganligini turk olimi Bilol Yujel o‘zining «Bobur devoni» nomli asarida alohida ta’kidlab o‘tadi. Asarni matnshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishda Nazrulloh Rasulzodaning xizmati katta. Olim «Mubayyin» qo‘lyozmalari nusxalarini tadqiq qilib, ular asosida ilmiy-tanqidiy matn yaratdi. D.Rajabova esa, o‘z ilmiy ishida Boburning masnaviy janridagi she’rlari va qisman «Mubayyin» asarini ham tadqiqot doirasiga kiritgan. Yo.Is’hoqov o‘zining «Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti» nomli monografiyasida maxsus bobni XVI- XIX asr o‘zbek adabiyoti va naqshbandiya ta’limotiga bag‘ishlab, unda Zahiriddin Muhammad Bobur va uning ajdodlarining diniy e’tiqodlarini tafsiloti bilan bayon qiladi. Boburning boshqa asarlari qatori «Mubayyin» va «Risolai volidiyya» ustida ham mulohazalar yuritadi. 

 Bular- dan tashqari Boburning «Mubayyin», «Risolai volidiya» asarlarining diniy-adabiy va tarixiy asar sifatidagi ma’lumotlar Z. Kutiboyev, V. Zohidov, B.N. Lunin, D. Ross, A.K. Sinkx Banerji, Rushin Oro Begim, Bilol Yujel, Tanju Seyhan, A. Hayitmetov, A. Qayumov, B. Valixo‘jayev, H. Qudratullayev, S. Jamolov, A. Abdug‘afurov, N. Nizomiddinov, R. Inog‘omxo‘jayev va boshqa olimlarning tadqiqotlarida ham uchraydi. Ammo ularda «Mubayyin» asari va uning maxsus tadqiq etil- maganligini alohida ta’kidlab o‘tilgan. 

 «Mubayyin» matni to‘liq nashrini birinchi bor boburshunos olim S. Hasanov amalga oshirdi. Olim «Mubayyin»ning birinchi bobi «E’tiqodiya»ni «Sharq yulduzi» jurnalida, «Salot», «Savm» va «Haj» qismlarini «Meros» nashriyoti orqali chop etib keng jamoatchilikka ma’lum qildi. 

 2004 yil olima Tanju Oral Seyhan «Mubayy-n dar fiqh»nomli ilmiy ishida bu asarni qiyosiy tahlil qildi. U tadqiqotiga asarning Berlindagi Staatsbiblioteke (XVI asr) kutubxonasi va Toshkentdagi Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan (XVI asrga oid) nodir qo‘lyozmalarni asos qilib olgan. Ulardan Toshkent -usxasi asosiy (A) nusxa sifatida tanlangan. Ikkala nusxaning qiyoslanishi asosida «Mubayyin» matni to‘ldiriladi. Lekin Berlin nusxasidan olib kiritilgan to‘rt bayt Toshkent nusxasining xotima qismidagi) kutubxonasi va Toshkentdagi Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan (XVI asrga oid) nodir qo‘lyozmalarni asos qilib olgan. Ulardan Toshkent nusxasi asosiy (A) nusxa sifatida tanlangan. I qo‘lyozmaga mos kelmasligi ham ko‘zga tashlanadi. Shunga qaramay, mazkur tadqiqot umuman «Mubayyin» asari bo‘yicha hozirgi kungacha amalga oshirilgan va uni ilmiy o‘rganish doirasiga olib kirgan yagona yirik ish bo‘libqolmoqda. 

 Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Boburning «Mubayyin» risolasi adabiy-diniy yo‘nalishdagi asar va manba sRisolayi maxsus tadqiqot obyekti bo‘lmagan. Shu bois asarni maxsus ilmiy jihatdan o‘rga-ish, avvalo, Zahiriddin Muhammad Boburning falsafiy va diniy-axloqiy qarashlarini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ikkinchidan, bu asarning ma’naviy hayotimizda tutgan o‘rni -a uning diniy va badiiy adabiyotning yorqin namunasi sifatidagi tarixiy ahamiyatini belgilash uchun muhimdir. 

 «Mubayyin»ni adabiy, diniy-ma’rifiy va shu bilan birga badiiy adabi- yotning yuksak namunasi va islom diniga oid asarlar talqinini o‘zida mujassam etgan muhim adabiy-diniy manba ekanligini, «Mubayyin»ning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rnini ochib berish va bu asarning hozirgi kunimiz uchun ahamiyatli jihatlarini yoritish tadqiqotning bosh maqsadidir. 

 Yuqorida qayd qilinganlarga ko‘ra, ushbu monografiyaning vazifalari etib kuyidagilar belgilandi: 

 – «Mubayyin» asarining mumtoz adabiyotimiz tarixidagi o‘rni va ahamiyatini atroflicha tahlil qilish; 

 – Boburning e’tiqodiy-falsafiy va axloqiy qarashlarini ochib berish, Bobur shaxsiyatiga davr munosabatini ko‘rsatish; 

 – Adabiy va tarixiy manbalar asosida Bobur- ning siyosiy faoliyatining muhim tomonlarini yoritish; 

 – «Mubayyin»ning manbalarini oydinlashtirish, uni Hanafiya mazhabiga oid ilk manbalar asosida qiyoslash; 

 – «Mubayyin» asarining nazm xususiyatlarini tahlil etish; 

 – Asarning badiiy jihatlarini o‘rganish; 

 – «Mubayyin» asarining tugal ilmiy matnini nashrga tayyorlash. 

 Ilmiy ishga asosiy manba qilib (ُمبَيِّن ) «Mubayyin» risolasining O‘zR FA Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozmasi (№ 103), TDSHI SHQM H. Sulaymonov nomidagi qo‘lyozmalar bo‘limi (№ 805, 8433, A-104)423, shuningdek, N.Rasulzoda tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tanqidiy matn (va «Mubayyin» asarining ommaviy nashrlari) tanlandi. Tadqiqotimiz davomida Qur’oni karim, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya» Imom Buxoriyning «Jome’ as-sahih», Faxriddin Ali Safiyning «Rashahot ayn al-hayot», Nuriddin Sobuniyning «Al-bidoya fi usul ad-din», Imom Moturidiyning «Tavhid», Alisher Navoiyning «Siroj ul-muslimin», Huvaydoning «Rohati dil» Sayqaliyning «Qissai Sayqaliy», va boshqa qator adabiyotlardan keng foydalanildi. 

 Hozirgi kunda «Mubayyin» asarining dunyo fondlarida saqlanayotgan quyidagi qo‘lyozma nusxalari ma’lum: 


 O‘ZBEKISTON NUSXALARI: 

 Alisher Navoiy no- midagi Davlat adabiyot muzeyi: * Inv. № 103, hajmi 13x18. 147 varaqdan iborat. Qo‘lyozma Qo‘qon qog‘ozida nasta’liq xatida 2 ustunda 9 satrdan yozilgan va paleografik belgilarga ko‘ra taxminan XVI asr oxirida ko‘chirilgan. 

 

SHARQ QO‘LYOZMALARI MARKAZI: 

 * Inv. № 8433, hajmi 14x21. Jami 152 varaqdan iborat qo‘lyozma 956 sahifada uzilib qolgan. Sahifa 13 satrdan yozilgan. Asarning boshlanish qismi ham yo‘q. Xati nasta’liq. XIX asr o‘rtalarida ko‘chirilgan. 

 * Inv. № 12990, hajmi 16x25,5. 121 varaqdan iborat. Sahifada 11 satrdan nasta’liq xatida 1303

1889 yili ko‘chi- rilgan. 

 

O‘SHA MARKAZ H. SULAYMON NOMLI QO‘LYOZMALAR BO‘LIMI: 

 * Inv. № 805, hajmi 8,5x15. 117 varaqdan iborat. Sahifa 11 satrdan iborat. XIX asrda ko‘chirilgan. 

 * Inv. № 2031, hajmi 13x20,5. 152 varaqdan iborat. Har bir sahifa 13 satrdan nasta’liq xatida ko‘chirilgan va 1205

1791 yili ko‘chirilgan. (Davlat adabiyot muzeyidagi 103 raqamli qo‘lyozmadan ko‘chirilgan bo‘- lishi extimoli bor). 


 ROSSIYA FA SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI S.-PETERBURG BO‘LIMI: 

 * Inv. № A-104, hajmi 11x17,5. 98 varaqdan iborat. Qo‘lyozma nasta’lik xatida 13 satrdan yozilgan va taxminan XVII asr oxiri XVIII asr boshida ko‘chirilgan. 


 TURKIYA NUSXASI: 

 Fuat Ko‘pro‘luning shaxsiy kutubxonasidagi nusxa. Uning yozishicha, «937 hijriy yili Marg‘ilonda kotib Muso bin Iso Marg‘inoniy tarafidan ko‘chirilgan». Hozirda mazkur nusxaning qayerda saqlanayotganligi haqida biron bir ma’lumot yo‘q. 

 Texron Milliy kutubxonasi nusxasi: 

 * Inv. № 2249, hajmi 11x17,5. 1036 varaqdan iborat. Mubayyin 1-184; 504 vazn taqti’ 187-303; Aruz risolasi 304-455; Boburnoma 457-1010; 5. Risolai volidiya 1013-1036 betlar; Qo‘lyozma nasta’liq xatida 13 satrdan yozilgan. 1613 yil ko‘chirilgan. 

 Berlin nusxasi: 

 * Staatsbibliothek, Inv. № 2212, hajmi 21,5x13,5.152 varaqdan iborat. Nasta’liq xatida 2 ustunda 11 satrdan yozilgan va 1539-40 yillarda ko‘chirilgan. 

 Monografiyaning ilmiy yangiligi, avvalo, uning o‘zbek adabiyotshunosligida «Mubayyin» asari haqida amalga oshirilgan dastlabki monografik tadqidot; uM-uman, Boburning diniy-adabiy yo‘nalishdagi ijodini ilk manbalar asosida o‘rganishga bag‘ishlangan monografik izlanish natijasi ekanligidan kelib chiqadi. Yana ilmiy yangiligi quyidagilarda ko‘rinadi: 

 – Boburning «Mubayyin» asari orqali Bobur dunyoqarashi, shaxs sifatidagi xarakteri va adabiy, falsafiy-e’tidodiy va axloqiy qarashlarining nazmda aks etishi muammolari tadqiq etilganligida; 

 – Tadqiqotda qiyosiy tahlil uchun tanlangan tarixiy, adabiy va diniy manbalardagi mavzuga oid masala Bobur talqinida qay darajada aks etganligi kabi ilmiy-nazariy muammolarning tahlil markaziga qo‘yilganligida; 

 – Tadqiqotda Bobur poetik mahoratining takomilini ta’minlagan birlamchi manbalar, hayotiy muhit, adabiy sharoit, ijtimoiy-siyosiy voqelik tahlili orqali shoirning betakror uslubiga xos jihatlar orqali yaxlitlikda yoritilganliqda; 

 – Asarning shakl va mazmun uyg‘unligi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida san’atkorning betakror uslubi ilk bor ilmiy jihatdan ochib berilganligida; 

 – Zahiriddin Muhammad Boburning Ismoil Safa- viy bilan vaqtinchalik harbiy ittifoqi sabablari va shia mazhabiga munosabati yuzasidan bildi- rilgan xulosalarning umumiylashtirilganligida; 

 – «Mubayyin» ahli sunna e’tiqodiga oid qimmatli adabiy, diniy-ta’limiy asar ekanligi ko‘rsatilganligida; 

 – «Mubayyin» va boshqa manbalarda islom arkonlari bayonining qiyoslanganligida. 

 O‘zbekiston Respublikasi o‘z istiqloliga erishgandan so‘ng ma’naviy qadriyatlarga xolisona munosabatda bo‘lish va ularni xalqimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qildirishga qaratishday ulug‘ maqsadlar yo‘lida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu burilishdagi ilmiy izlanishlarning poydevorini Prezident I. Karimovning ma’naviy merosimizga munosabat to‘g‘risidagi asarlari tashkil etgani bois ushbu tadqiqotning metodologik asosini bayon etilgan xulosa va yo‘l yo‘riqlar belgilab berdi. 

 Tadqiqotning ilmiy-metodologik asosini tarixiy-qiyosiy metod tashkil qilib, adabiyotshunoslik, tasavvufiy adabiyotlar, shuningdek, Hamidulla Karomatov, Najmiddin Komilov, Orif Usmonov, Ibrohim Haqqulov, Bahodir Nazarov, Ubaydulla Uvatov, Zohidjon Islomov kabi olimlarning tajribalari va tadqiqotlari ilmiy-uslubiy vazifani bajardi. 

 

BOBURNING «MUBAYYIN» ASARI – MUHIM ADABIY-DINIY MANBA» mavzuidagi tadqiqot istiqlol davrida ma’naviy merosimizni o‘rganish sohasida erishilgan yutuqlar asosida o‘zbek adabiyotida diniy mavzularning yoriti- lishi yuzasidan yangi xulosalar chiqarishga imkon beradi. O‘zbek adabiyotida diniy ruhdagi asarlar kam o‘rganilgan. Shu bois Boburning «Mubayyin» va shu ruhdagi asarlarni ilmiy tadqiq qilish yangi kuzatishlar, yangicha fikrlash va qarashlarni ilgari surish uchun o‘ta muhimdir. Shuningdek, ilgari tadqiq doirasidan chetda bo‘lib kelgan, ma’naviyatimiz tarixida munosib o‘rin egallab kelgan bu singari asarlarning tarixiy taraqqiyot jarayonini chuqur o‘rganish, ularga hozirgi davr talabi asosida baho berishga, muhimi ulardagi falsafiy-diniy va axloqiy qarashlarni umumlashtirishga xizmat qiladi. 

 Tadqiqot materiallaridan XVI asr o‘zbek adabiyotining mukammal tarixini yaratish, shu davr she’riyati bo‘yicha tadqiqotlar olib borishda foydalanish mumkin. Shuningdek monografiya natijalari Boburning e’tiqod, mazhab masalalari bo‘yicha mavqeini aniqlash, «Mubayyin» tipidagi adabiy, diniy-aqidaviy asarlarning bayon usullari, ularni qiyoslash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadqiqotlarda umumlashmalar, nazariy xulosalar ishlab chiqishda muhim. Shu bilan birga oliy o‘quv yurti talabalari va maktab o‘quvchilari uchun Bobur shaxsiyati va asarla- ri bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ma’ruzalar yaratishda qimmatli ahamiyatga ega.


 HASANOV Hamidbek. 

 Zahiriddin Muhammad Boburning “Mubayyin” asari – muhim adabiy-diniy manba 

 Hamidbek Hasanov; mas’ul muharrir Zohidjon Ismoilov. – Toshkent: MUMTOZ SO’Z, 2015. – 152 b. B. 3-19. (O‘zbekcha); 

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
5.0