Kistin Qaro sulton (? - 1544.8.10, Balx) – shayboniylardan amalda mustaqil bo‘lgan Balx xonligi asoschisi va birinchi xoni (1526-44). Shayboniy sultonlar- dan Jonibek sultonning o‘g‘li. Bobur huzurida uning elchisi (Xoja Kamoliddin qo‘noq) bo‘lgan. Ubaydullaxonning Xurosonga qilgan yurishlarida (1528,1531) qatnashgan. Balxga tajovuz qilgan boburiylardan Humoyun (Kobul hokimi) va temuriylardan Badaxshon hokimi Sulaymonshoh b-n (1536) kurash olib borgan... Ubaydullaxon vafotidan so‘ng, K.Q.S. Buxoroga borib, 1541 y. iyulida Mo‘g‘ulcha xonimga (asli Oysha sultonbegim – Boburning tog‘asi Toshkent hokimi Mahmudxonning qizi, dastlab Shayboniyxon va u Marvda halok bo‘lgach, Ubaydullaxon xotinlikka olgan) uylanib qaytadi. Tarixchi Said Roqimning xabaricha, K.Q.S. umrining so‘nggi yillarida savdoyi kasaliga yo‘liqqan bo‘lib, ko‘pgina nojo‘ya ishlarni qilgan. Bu aholi va qo‘shin o‘rtasida g‘alayon ko‘tarilishiga olib kelgan.
Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1,2-j.lar, T., 1999, 2000.
Ad.: Axmedov B.A., Istoriya Balxa, T., 1982. // O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbe- kiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashriyoti, T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. – B. 615. (O‘zbekcha); Кистон Кора Султон, Кистин Каро султон.
Fikr qoldirish#