Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Kishm

Toharistonning qad. shaharlaridan biri. Badaxshonning Ko‘kcha daryosining irmog‘i Mashhad daryo bo‘yida joylashgan. K. tarixiy manbalarda ilk o‘rta asrdan boshlab (6-7-a.lar) uchraydi. 8-a.da bu yerda Toharistonning turkiylardan bo‘lgan bosh hukmdori – jabg‘usi Qutluq tardu (boshqa manbalarga ko‘ra, Xumorbek) yashagan; u, shuningdek, «eftalitlar shohi» unvoniga ham ega bo‘lgan... 14-a. oxirida Amir Temur Badaxshonni egallaganda K. uning poytaxti bo‘lib, Badaxshon shohi shu yerda yashagan... 1469 – 1505 y.da K.ni Xusravshoh idora etgan, so‘ngra uni Shayboniylar qisqa muddatga egallashgan. K. Boburning ukasi Nosir mirzo qo‘liga o‘tgan; temuriylarning Badaxshondagi hukmronligi 1584 y.gacha, yaʼni uni Abdullaxon II egallaguncha davometgan. 16-17-a.larda – K. Badaxshon poytaxti. Ashtarxoniylardan Nodir Muhammadxon davrida K. Abdulaziz sulton, so‘ngra Xusrav sulton mulki bo‘lgan. Hoz. K. shahri Toliqon va Qunduzdan sharqda joylashgan alohida viloyatning maʼmuriy markazi hisoblanadi. 


O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 12 tomlik. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat milliy nashri- yoti, T, 2000-2006, t.4, 2002, 704 b. – B. 628. (O‘zbekcha); Кишм, древний город в Таджикистане.

Fikr qoldirish#


O‘qish tavsiya qilinadi
Yosh shoirning shakllanishi yoki Bobur Mirzo Farg‘ona viloyati podshohi (1494-1504)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Farg‘ona...

Hukmdorlarga o‘rnak bo‘ladigan, dunyo olimlari havas qiladigan umr e’tirofi

This article explores the historical significance of Babur and the...


Maqolani baholang
0.0