Zahiriddin Muxammad Bobur atoqli lirik shoir va tarixnavis sifatidagina emas, yirik davlat arbobi sifatida ham xalqimiz tarixidan munosib joy egallaydi. Uning jozibali sheʼriyati o‘z zamondayoq yuksak kadrlangan edi. Zamondoshlari Bobur sheʼriyatini Alisher Navoiy nazmi bilan qiyoslab, unga «Alisherni soniy» laqabini bergan edilar. «Turkiy adabiyotning yuksak namunasi» (V.V. Bartold) hisoblangan «Boburnoma» esa o‘zining mazmuni, voqealar tafsilotining mukammalligi va haqqoniyligi bilan Movarounnahr, Xuroson va Hindicton haqida yozilgan boshqa tarixiy asarlardan farq qiladi. Bobur so‘zlari bilan aytganda, uni yozishdan maqsad «o‘zining taʼrifi emas, bayoni voqeʼdirkim, tahrir qilubdirman».
Boburning sheʼriyati va nasriy asarlari, shu jumladan «Boburnoma» O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar olimlari tomo- nidan ancha keng o‘rganilgan, tarjima va nashr etilgan. Shu sababdan biz ushbu maqolada Boburningdavlat arbobi sifatidagi faoliyatining ayrim qirralariga, davlatni boshqarishdagi tadbirla- riga, xususan savdo-sotiq va solig‘lar tizimi masalalariga nazar tashlab o‘tamiz.
Maʼlumki, temuriy shahzodalardan bo‘lgan Bobur Sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin uning saltanatida ko‘tarilgan temuriyzodalarning o‘zaro kurashlari, jangu jadallardan qochib, «Hindiston tomon yuzlangan» va u yerda yangi bir saltanat – Boburiylar davlatini barpo qilgan. Jahon adabiyotida «Buyuk mo‘g‘ullar» nomi bilan «g‘alati mashhur» bo‘lgan bu sulola Hindistonda 330 yil hukmronlik qildi va Boburning avlodlari (Akbarshoh, Shohjahon) davrlarida taraqqiyotining yuksak cho‘qqilariga erishdi.
Boburiylar davlatining asoschisi Boburning o‘zi juda qisqa muhlatda podsholik qildi, biroq ayni shu davr ichida u mamlakatni boshqarish tizimlarini tartibga keltirish, boshqa o‘lkalar bilan bordi-keldi va savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yo‘llarda karvonsaroylar qurdirish, soliqlar tizimini ishlab chiqish kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Bu muammolar haqidagi fikrlar «Boburnoma»da ham ko‘plab topiladi; soliqlar tizimiga Bobur o‘zining maxsus bir asarini ham bag‘ishlagan.
«Boburnoma»da Kobul, O‘rta Osiyo, Balx, Qunduz va Badaxshon o‘rtasidagi savdo va boshqa yo‘llar tafsili beriladi. Bobur maʼlumotlariga qara- ganda, ular uchta bo‘lib, birinchisi Xovak ko‘talidan o‘tgan, ikkinchisi – Tul ko‘talidan, uchinchisi esa Bazorak Parvandi ko‘talidan o‘tgan. Boburning fikricha Tul ko‘tali orqali o‘tadigan yo‘l boshqalarga qaraganda, uzoq bo‘lsa ham xavfsiz yo‘l hisoblangan. Parvon orqali o‘tadigan yo‘l esa eng qiyin va murakkab yo‘l bo‘lgan.
Bundan tashqari Gurbanddan Kobulga yana uchta yo‘l bo‘lgan: Yangi yo‘l, Qipchoq yo‘li va Shibertu yo‘li. Shibertu yo‘li eng qulayu yo‘li eng yo‘l bo‘lgan: Yangi yo‘l, Qipchoq yo‘li va Shiber. Yana boshqa bir yo‘l Kobulni Qandahor orqali Xuroson bilan bog‘lagan. Bu yo‘l ham qulay va xavfsiz yo‘llardan hisoblangan.
Boburning karvon yo‘llari haqidagi maʼlumotlari Kobulning Movarounnahr bilan Hindiston o‘rtasidagi savdo markazi bo‘lganligidan dalolat beradi.
Maʼlumki, «Boburnoma»ning uchinchi qismi 1519-1526 yillarda Hindistonda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy, tarixiy va iqtisodiy hodisalar bayoniga bag‘ishlangan. Shu jumladan unda Hindistonning ichki va tashqi savdo munosabatlarining tafsili ham beriladi.
Bobur Hindistonda tinchlik va hamjihatlik ruhini barpo qilish niyatida nozik ichki siyosat olib bordi. Bu esa ayrim guruhlar qalbida bu siyosatga nisbatan xayrixohlik hislarini uyg‘otdi. Shu maqsadda Bobur savdodan olinadigan «tamg‘a» solig‘ini bekor kildi. Boburning «tamg‘a»ni bekor qilish haqidagi farmoni Hindiston shaharlaridagi ichki bozorni qo‘shni davlatlardan to‘xtovsiz olib kelinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari va boshqa mollar bilan to‘ldirib yubordi. Bu hol nafaqat Xindistonning savdo ahliga, balki oddiy xalq ommasiga ham manzur bo‘ldi. Shunday tadbirlar Boburning Hindistondagi davlatini mustahkamlab olishiga imkon berdi.
Bobur Hindistonda ekan, Movarounnahr, Xuroson va Eron bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalarni mustahkamlashga urindi. Biroq Movarounnahr va Xurosonda Shayboniyxon mavqeining mustahkamlanishi bunga imkon bermadi. Shu bois Bobur Hindistonning ko‘proq Kobul ulusi bilan savdo va madaniy aloqalarini mustahkamlashga kirishdi. Kobul ulusidan Hindistonga o‘tadigan yo‘llarni xavf-xatardan holi qilmay turib, Kobul-Hindiston savdo aloqalarini rivojlantirib bo‘lmasligini Bobur yaxshi bilar edi. Bobur o‘zining Chaqmoqbek nomli amiriga Agradan to Kobulgacha bo‘lgan masofani o‘lchab buyurgani haqida «Boburnoma»da maʼlumot bor. Chunki Bobur bu yo‘ldagi mavjud hamma kamchilik va to‘siqlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan edi. U yozadi: «har to‘qqiz kuruhda minor qo‘pg‘oy- larkim minorning balandligi o‘n ikki qari bo‘lg‘on. Ustida bir chodra qo‘pg‘oylar. Har o‘n sakkiz quruhda olti yom ot bog‘lag‘oylar. Yomchi va sayisga ulufa va otlarga oliq taʼin bo‘lg‘oy. Andoq farmon bo‘ldikim, bu yom oti bog‘latur yer agar bir xolisag‘a yovuq bo‘lsa, bu mazkur bo‘lgonlarni andin saranjom qilsunlar, yo‘q ersa har bekning parkonasida voqeʼ bo‘lsa, aning uhdasida qilsunlar. Ushbu kun chaqmoq bila Shohiy Agrodin chiqqdilar. Bu kuruhlarni mil bila muvofiq taʼin qilin- di. Nechukkim «Mubayyin»da, mazkurdur» deb yozadi Bobur.
Bobur davlat tomonidan yer-mulkdan, daromaddan yig‘iladigan xiroj, ushr kabi soliqlarning hajmi va to‘lanadigan vaqtini ko‘rsatish bilan bir qatorda zakot to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk turlarini sanab o‘tadi. Bu soliq turlari to‘rt xil: naqd puldan, chorva mollaridan, tijoratdan va yer mahsulotlaridan olinadigan so- liqlar. Bu holni muallif «Mubayyinda» quyidagicha ifodalaydi.
To‘rt qism o‘ldi barcha moli zakot, * Tut quloq, dey barig‘a bir-bir ot. * Biri naqdina, biri savoim bil, * Yana moli tijorat, eshitgil. * Yana yerdan chiqor zakotin ber, * Bilki, sharh ahli bularda ne der.
Bobur «Mubayyin»da yuqorida nomlari keltirilgan hamma soliqlarning hajmlarini aniq bayon etadi va u «agar yerdan bir yilda dehqon ikki marta ekin yig‘ib olsa, soliqlarni ham ikki marta, yil boshida va oxi- rida to‘lash lozimligini qayd qiladi.
Bobur kitobning xotimasida Movarounnaxr olimlariga sheʼriy murojaat qilib, «Mubayyin»da mavjud bo‘lgan kamchiliklarni unga yozib yuborishlarini iltimos qiladi. Boburning bu sheʼriy iltimosnomasi, Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik in- stituti bo‘limidagi Qo‘lyozma fondida A-104 raqami bilan saqlanayotgan «Mubayyin» nusxasida mavjud. Bizga maʼlum bo‘lgan «Mubayyin»larning boshqa nusxalarida Boburning bu sheʼriy murojaati yo‘q. «Movarounnahr faqihlari»ga degan sarlavhaning o‘zi bu iltimosning asar mazmuniga aloqasi yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu hol «Mubayyin»ning Sankt-Peterburgdagi nusxasi Boburning o‘z qo‘li bilan Movarounnahrga yuborilgan yagona nusxa ekanligidan dalolat beradi. Basharti shunday bo‘lsa, biz foydalangan bu nusxa XVI asrga oiddir.
Movarounnaxr faqihlariga deb atalgan bu sheʼrning matni quyidagicha:
Movarounnahrning faqihlari, * Go‘sh qilsunlar ushbu so‘zni bari.Fiqhdan men bu nazmkim qildim, * Bu masoilki dedimu bildim, * Bo‘lsa muft ushbu masalalar,Fiqh eliga pisand tushsa agar, * Fiqh ilmida ushbu xitta aro, * Qimki ul bo‘lsa olimu ulamo, Iltimosim budur maning andin: * Bitkay sharh o‘qib «Mubayyin»din, * Forsi til bila bayon etkay; * Anda der nuktani ayon etkay. * Qilsa bu yo‘lni qatʼ oning oyog‘i, * Mujda tobqoy xudo-yi muzd dog‘i.
Bundan ko‘rinadiki, Zahiriddin Muxammad Boburning nafaqat tarixnavis olim bo‘l- gan, balki yirik shoir, shu bilan bir yetuk huquqshunos bo‘lganligiga ham ishonch hosil qilamiz.
Sabohat AZIMJONOVA
Sharqshunoslik. № 7, 1996. - 208 b. B. 139-143. (O‘zbekcha); Торговая и налоговая политика Бабура в Кабуле и Индии.
Fikr qoldirish#