XV asrda Markaziy Osiyo siyosiy sahnasida ro‘y bergan voqealar bu o‘lkada yuzaga kelgan uch hukmron sulola o‘rtasidagi hududiy talashlar natijasida ko‘garilgan mojarolar bilan xarakterlanadi. Ular Usmonli turk imperiyasi, Erondagi safaviylar sulolasi va Movarounnahrdagi Turon o‘zbeklari sulolasi edi.
Ular o‘rtasidagi hududiy talashlar ma’lum darajada diniy asosda yuzaga kelgan edi. Turklar bilan Turon o‘zbeklari sunniy mazhabda bo‘lib, ular doimo shia mazhabidagi eroniylarga qarama-qarshi edilar. Shia mazhabidagi eroniylar biroz o‘zini o‘nglab olgach, yana o‘z hududini qaytarib olish payiga tushardilar. Eron bilan Movarounnahr Akbarshoh saltanatiga hududan yaqin turgani sababli uning davlatni boshqarish siyosati uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Shu bois Akbarshoh bir necha bor elchilar yuborib, ular bilan yaxshi diplomatik aloqada bo‘lib turdi. Biroq Rumda usmonlilar bilan bunday aloqa o‘rnatilmadi.
Akbarshoh sunniy-shia mazhablari orasidagi nizolarni tugatmoqchi edi. Bu masalaga bag‘rikenglik bilan yondashardi. Bu uchala tarafkashlar orasida ularning kuch-qudratinigina etiborga olar va bir paytlar uning ajdodlarini o‘zining sevimli ona tuprog‘i bo‘lgan Movarounnahrdan quvib chiqarganliklari uchun dashtiy o‘zbeklarning adabini berib qo‘yishga qulay fursat kutardi. Eroniylar ham o‘z navbatida ko‘chmanchi o‘zbeklarni o‘zlarining osuda hayotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan g‘animlar qatorida ko‘rar, ularni hatto hindistonliklardan ham ko‘ra xavfliroq dushman deb bilardi. Akbarshoh bilan safaviylar o‘rtasidagi talash nuqtasi, asosan, Qandahor masalasiga kelib taqalardi. Lekin umumiy dushman bo‘lgan tahdidkor o‘zbeklarning xatti- harakatini nazorat ostida tutib turish uchun ular Qandahor masalasida o‘rtada janjal chiqarishdan o‘zlarini tiyib turardilar.
Movarounnahr sari yurishga Akbarshohda hech vaqt imkon bo‘lmadi. Buning o‘rniga qo‘shnilar bilan nizo talab qilmaydigan masalalar, ya’ni o‘z saltanati hududini chetdan bo‘ladigan tahdiddan saqlab turish tashvishi bilan ko‘proq band bo‘ldi. Uni bezovta qilib turgan bir masala – shoh nomidan Sulaymon va Shohruh boshqarib turgan Badaxshonning Abdullohxon tomonidan bosib olinishi edi.
1576-yilda Shoh Taxmasp vafotidan keyin Eronda anchagacha to‘s-to‘polon va boshboshdoqdiklar hukm surib turdi va 1587-yilda Shoh Abbos (1587-1629) o‘z sulolasi qudratini tiklab oldi. Eronda tartibsizlik hukm surib turgan o‘sha paytlarda isyonchi amir va beklarni tinchitishda shoh Abbosga yordam berish uchun Akbarshoh o‘z o‘g‘illaripan birini yuborish fikrini ham bir mulohaza qilib ko‘rgandi.
1561-yilda Abdullohxon o‘z otasini Turon zaminining bosh hukmdori sifatida e’lon qilib taxtga o‘tqazdi. O‘zi esa uning taxti ortida turib, otasining rejalarini amalga oshirib keldi. Otasi vafot etgach, Abdullohxon rasman hukmdorlik tizginini o‘z qo‘liga oldi. Kuch-qudrati ortib, eng yuqori pallaga ko‘tarilgan paytda Abdullohxon Eronning mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lishiga tahdid sola boshladi. Bu hol Akbarshohni o‘z poytaxtini vaqtincha shimoli-g‘arbiy chegaraga yaqinroq joyga ko‘chirib, shu yerda 13-yildan ortiqroq istiqomat qilishga majbur qilgan edi.
1576-yilda Shoh Taxmasp vafotidan keyin Abdullohxon Akbarshohga birgalikda Eronni mahv etishni taklif qildi. Agar bu yurish amalga oshsa, Eron birovga tahdid qilishi mumkin bo‘lgan mustaqil davlat sifatida o‘z mavqeini yo‘qotgan bo‘lardi.
Abdullohxonga yozgan xatida Akbarshoh uning taklifini ikki muhim sabab tufayli qo‘llab-quvvatlay olmasligini aytgandi: birinchidan, safaviylar shia mazhabiga itoat etsalar ham, ular Payg‘ambar (s.a.v.) avlodiga mansubligi bilan hurmatga sazovor kishilar (Safaviylar sulolasiga 1501 yidda Shoh Ismoil tomonidan asos solingan bo‘lib, u o‘zini Payg‘ambar (s.a.v.)ning kuyov o‘g‘li Hazrat Ali avlodiga mansub bo‘lgan Ardabil hukmdori (1252-1334) Safi ad-Din sulolasiga mansub deb bilardi) bo‘lsa, ikkinchidan, Eron bilan Akbarshohning ota-bobolari ham qadimdan yaxshi do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan edi.
1585-yilda Abdullohxon Eronni birgalikda mahv etish rejasi bilan Akbarshohni yana hamkorlikka chaqirib, unga tazyiq o‘gkazishga ham urinib ko‘rdi. Bu safar Akbarshoh o‘zining Eron xavfsizligini saqlashga moyil ekanini ancha aniq bayon etdi. Bunda turk sultoni otasi va bobosining Eron shohlari bilan ilgari tuzgan bitimlariga qaramasdan Eronning hozirgi kundagi tang ahvolidan foydalanib, uni mahv etish uchun qo‘shin yuborayotganiga ishora qilib, g‘azabga kelganini ma’lum qildi. Shu bilan Akbarshoh Eron shohini himoya qilish uchun otlanmoqchi ekanini bildirib, Abdullohxonni Xurosonda uchrashishga va uchrashuvda Eron hukmdoriga qay tarzda himoyalanishni taklif etish masalasini muhokama qilishga chaqirdi.
Shuningdek, eroniylar sunniy mazhabi o‘rniga shia mazhabi ko‘rsatgan yo‘ldan borishni tanlagan bo‘lsalar ham, harqalay, ular Payg‘ambar (s.a.v.) avlodidan ekanini yana bir bor eslatdi. Bu bilan Abdullohxonga bordi-yu, u Eronga yurish qilguday bo‘lsa, Akbarshoh Eron shohi himoyasida bo‘lishi mumkinligiga ishora qilib qo‘ygan edi. Albatta, Akbarshohning Eronni himoya qilishining aytilmagan, lekin asosiy hisoblangan sababi shu ediki, Eronning o‘zbekxonlariga qarshi turadigan raqib sifatida o‘z qudratini yo‘qotishi bilan o‘zbekxonlari Akbarshohning Hindistondagi saltanatiga ham tahdid solishi mumkin edi.
Akbarshohning Abdullohxon bilan bo‘lgan muloqotidan erishilgan aniq bir kelishuv shu bo‘ldiki, ular o‘z saltanatlari o‘rtasidagi chegara qilib Hindikush tog‘ tizmalarini qabul qiladigan bo‘ldilar. Buning oqibatida Badaxshon mulkiga Akbarshoh da’vo qilmaydigan bo‘ldi. Abdullohxon ham o‘z navbatida, Akbarshoh mulki bo‘lgan Kobul va uning atrofiga ko‘z olaytirmaydigan bo‘ldi.
Lekin Akbarshoh Movarounnahrni fath etish fikridan hech qachon voz kechgan emas. 1591-yilda Eron shohi Shoh Abbos o‘zbekxonlardan Xurosonni tortib olish maqsadida Turonga yurish qilganda boburiy podshohdan unga hamkorlik qilishini so‘rab iltimos qilgandi ham. O‘shanda Akbarshoh o‘zbekxonlar bilan do‘stona tinch-totuv yashash haqida bir necha bor tuzilgan bitimlarga ishora qilib, ehgiyotkorlik bilan bu bosqinchilik yurishidan o‘zini tiygandi.
Berk S.M. Akbarshoh – Boburiylarning eng buyugi / ingliz tilidan G‘. Sotimov tarjimasi; mas’ul muharrirlar: H. Boltaboyev, M. Mahmudov. –T. : MUMTOZ SO‘Z, 2009. – B. 121-124. (O‘zbekcha);
Внешняя политика Акбар-шаха, Установление отношений с Ираном и Мавераннахром. В кн.: Берк С.М. Акбар-шах – самый Великий из Бабуридов.
Fikr qoldirish#